Qashqadaryo kadastr_press
3.3K subscribers
11.3K photos
1.58K videos
4 files
6.33K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
📹 Xodimlarimiz mini futbol musobaqasidagi 3-tur bahslarida ishtirok etdi ⚽️

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Қашқадарёда кадастр ходимлари томонидан 7 ой ичида мингдан зиёд қонунбузулиш ҳолатлари аниқланган

#ЖАМИЯТ

👉 https://darakchi.uz/uz/150591

Darakchi.uz расмий саҳифалари

Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
📌Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi holatlarda rad etiladi:

🔸ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlari mavjud bo‘lsa;

🔸vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilgan bo‘lsa;

🔸taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar bo‘lsa;

🔸birlamchi kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti) mavjud bo‘lmasa;

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa;

🔸yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilingan bo‘lsa;

🔸huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlar taqdim etilsa.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi. Qamashi tumani bo'limi va filialida profilaktik tadbir o'tkazildi.(VIDEO).

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Qashqadaryo viloyatidagi mingdan ziyod ko'p qavatli uylar haqidagi ma'lumotlar Uz KAD axborot tizimiga kiritildi

◽️BATAFSIL

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassislarimiz Toshkentda o'tkazilgan malaka oshirish kurslarini tamomlashdi.

O'quv yakunlariga ko'ra, belgilangan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarimizga sertifikatlar topshirildi. ULAR;

🔹Gulzoda Xo'jamurodova—Boshqarma Umumiy bo'limining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi

🔹Iroda Elliyeva— Mirishkor tumani filialining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi

🔹Qunduz Xusayinova— Muborak tumani filialining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi

🔹Sayyora Yusupova — Nishon tumani filialining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi

🔹Malohat Odilova — Chiroqchi tumani filialining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Yaylov yerlarini noqonuniy egallab olish javobgarlikka sabab bo'ladi.

Kadastr agentligi G’uzor tumani bo'limi inspektorlari tomonidan tumandagi Chaqar MFY "G’alcha" qishlog'i hududida nazorat tadbiri o'tkazildi.

O'rganishlarga ko'ra, mazkur hududda yashovchi fuqaro yaylov yer maydonini noqonuniy egallab olgani,yer maydoniga nisbatan hech qanday huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo'lmasada qurilish ishlarini amalga oshirayotgani holati aniqlandi.

Qonunbuzilish holatini keltirib chiqargan shaxsga nisbatan yer inspektorlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi (va fuqarolik sudiga yerni majburiy tartibda qaytarish bo’yicha da'vo ariza kiritildi).

O'zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkalariga tutash bo'lgan va tutash bo'lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish- fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa uch yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari faoliyatida hafta davomida ro'y bergan xabar va yangiliklar ketma-ketligi bilan KADASTR HAFTANOMASIDA tanishing.

@Qashkadastrpress
Қашқадарёда 2022 йилнинг етти ойида 25 минг кишига тегишли ер участкаси ва кўчмас мулкка кадастр паспорти берилган.

Батафсил — https://dy.uz/SGxyf
Muborakda sug'oriladigan yer maydoniga noqonuniy ravishda turar joy qurib olgan shaxsga sud hukmi o'qildi.

Sug'oriladigan ekin yer maydonlari bizni boqadi va kiyintiradi. Ularni kelajak avlodga bus-butun holatda yetkazish har birimizning burchimizdir.

Sug'oriladigan yer maydonlarini noqonuniy egallab olish javobgarlikka sabab bo'ladi.📹(VIDEOROLIK)

Kadastr agentligining Muborak tumani bo‘limi tomonidan tumandagi "Xitoy" hududida faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo'jaligiga ajratilgan sug‘oriladigan yer maydonining bir qismiga fuqaro E.X tomonidan o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurib olinganligi holati aniqlangan.

Kadastr xodimlari tomonidan aniqlangan ma’lumotlar "qo‘shma tartib" asosida tuman prokuraturasiga taqdim etilgan.

Batafsil— bu yerda o'qing

@Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
VIDEO: Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi📹

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#huquqiy_bilim

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari:

‼️ Turar joy bo‘yicha:
🏢 ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🏡 yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

‼️Noturar joy bo'yicha:
🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🔹 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🔹 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🔹 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🔹15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🔹50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha.

♦️ ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

Huquqiy asos

********

@Qashkadastrpress