Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallaganlik uchun qanday javobgarlik bor?

📹Bu savolga javobni videorolik orqali bilib olishingiz mumkin.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📄"Qashqadaryoda joriy yilning 6 oyi davomida 25 mingga yaqin murojaatchi kadastr hujjatiga ega bo'ldi".

👉"DARAKCHI"maqolasida batafsil tanishing.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
▪️Qashqadaryo viloyatida kadastr xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 1038 ta holatda 1361,8 gektar yer maydonida qonunbuzarlik holatlarini aniqlashdi.

MAZKUR QONUNBUZULISH HOLATLARI:

🔹676 ta holatda 1339,5 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarida;

🔹317 ta holatda 17,6 gektar aholi punkti yerlarida;

🔹2 ta holatda 0,4 gektar tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda;

🔹12 ta holatda 3,0 gektar o‘rmon fondi yerlarida;

🔹31 ta holatda 1,3 gektar suv fondi yer toifalarida amalga oshirilgan.

Viloyatda yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonunbuzilish holatlarining 525 tasi 1197,0 gektari (50,6%) joyning o‘zida bartaraf etilgan.

Jasur USMONOVKadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Foydali

Kadastr o'zi nima ? Kadastr qilish uchun nima qilish kerak?

🎥 Ushubu videoda ko’pchilikni qiziqtiradigan savollarga javob berilgan.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

‼️ Kadastr sohasida muammolarga duch kelsangiz, bizga xabar bering.

VIDEO
. Agar sizda kadastr xizmatlari bo‘yicha muammolaringiz, hal etilmagan ishlaringiz bo‘lsa yoki byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 81 95

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 51 13 telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin ❗️❗️

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Qashqadaryoda kadastr xodimlari 6 oy ichida 500 dan ziyod yer qonunbuzulish holatlarini bartaraf etishdi.

Bu haqda batafsil Darakchida o'qing

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
VIDEO: Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi📹

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Kadastr #savol_javob

Uyimni kadastr qildirmoqchiman qayerga murojaat qilishim kerak Davlat xizmatlari markazigami yoki kadastr tashkilotiga ?

​​Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza bilan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilasiz. Kadastr idoralariga kelishingiz shart emas. Shuningdek, interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza berishingiz ham mumkin. Bugungi kunda kadastr agentligining quyidagi xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

1.Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun)

2.Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun)

3. Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

4. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

5.Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

6. Fuqarolar nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
7.Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish

8.Respublika hududidagi ko‘chmas mulk obyektida xatlov/taqiq mavjudligi haqida ma’lumot taqdim etish

9. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish

10. Kadastr pasportini tayyorlash.


https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Savol: Yakka tartibdagi turar joy uchun kadastr pasporti necha ish kunida tayyorlab beriladi ?
Anonymous Quiz
39%
3 ish kunida
55%
5 ish kunida
6%
8 ish kunida
Kadastr agentlgi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soati"da ishtirok etishdi.

Haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini xodimlarga keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📹 KO'RISH

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Murojaat izidan. Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqaroning murojaati hal etildi.

Aholining kadastrga doir murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning muammo va takliflari asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Qarshi shahrida sayyor qabul o'tkazgan edi.

Mazkur sayyor qabulda tadbirkorlik uchun yer uchastkasi so'rab ishtirok etgan Sobirovning murojaati kadastr xodimlarining sa'yi-harakatlari sabab ijobiy hal etildi.

Sayyor qabulda g'uzorlik fuqaroga auksion savdolarida ishtirok etishi tartibi tushuntirilib, Qorako'l mahallasi hududidan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari taklif etilgan edi

Auksion savdolarida qatnashgan murojaatchi yakunda o'z mahallasi hududidan yer uchastkasini yutib oldi.

Bugun Boshqarma axborot xizmati G'uzor tumanida bo'lib murojaatchi fuqaro bilan suhbatlashdi.

📹 Nasaf telekanali bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan lavhani tez orada e'tiboringizga havola etamiz.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
⚡️ 16 iyul (shanba) barcha xodimlar uchun ish kuni

Prezident farmoniga muvofiq, 16 iyul shanba dam olish kuni 12 iyul seshanba kuniga ko‘chirilgan.

Shu munosabat bilan 16 iyul shanba kuni barcha xodimlar (ish kunidan qat’iy nazar) uchun ish kuni hisoblanadi.

@Qashkadastrpress