Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Qashqadaryo #yer_nazorati

🔹Kadastr agentligi G'uzor tumani bo'limi yer inspektorlari tomonidan Mevazor MFY Qayirma qishlog'idagi qishloq xo‘jaligi xaritasining tuman zaxirasida bo‘lgan 814-konturidan 0,06 gektar yer maydonini fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda 40 kv.metr o‘lchamda qurulish qurganligi holati aniqlandi.

🔹Holat yuzasidan yer inspektorlari tomonidan fuqaroga tushuntirish targ'ibot ishlari olib borilib, qonunbuzarlikning yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlari tushuntirildi.

Shundan so'ng fuqaro o‘z ixtiyori bilan qurilishni bartaraf etdi va qishloq xo‘jalik yer maydoni daslabki holatiga qaytarildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Onlayn

🔹Kadastr agentligi direktori F.K.Umarov ishtirokida zoom orqali 2022 yil 11 yanvardagi o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishda berilgan topshiriqqa asosan, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tuzilgan ishchi-guruh Dehqonobod tumanida davra suhbati o'tkazdi.

Tadbirda soha xodimlarining korrupsiya illatidan uzoq bo‘lish va o‘z vazifasiga sidqidildan yondashib, faqat to‘g‘ri yo‘ldan yurish, firibgarlik, tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerakligi tushuntirildi.

Navbatdagi tadbir birozdan so'ng G'uzor tumanida tashkil etiladi.

📸 G'ulomjon Safarov

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🔹#Onlayn: Chiroqchi tumanida “Korrupsiya-millat taraqiyotining kushandasi” mavzusida davra suhbati boshlandi.

🔹Tadbirda korrupsiya islohotlar ildiziga bolta urishi,uni keltirib chiqaruvchi sabablar haqida batafsil tushunchalar berilmoqda.

Har bir xodimning ish stolida oilaviy surati turishi boshqarma boshlig'i tomonidan tavsiya etildi.

Mavzuga doir navbatdagi tadbir Yakkabog' tumanida tashkil etiladi.


Dehqonobod tumanidagi davra suhbati haqida bu yerda o'qing.


Mavzuga doir— Jasur Usmonov: "Bekorga ona vatan deyilmaydi. Ona yerni sotgan odam hech qachon baraka topmaydi"

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
▪️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tuzilgan ishchi-guruh G'UZOR tumanida ham davra suhbati o'tkazdi.

Mazkur tadbirda Komplayens-nazorat xizmati xodimi hamda kadrlar masalalariga masʼul xodim tomonidan korrupsion jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilgani tushuntirilib, kasb madaniyatiga amal qilishlari ta'kidlandi.

▪️Mavzuga doir tadbir Qamashi tumanida ham tashkil etilishi rejalashtrilgan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🔹#Onlayn:

Yakkabog' tumanida Boshqarma boshlig'i Jasur Usmonov boshchiligida “Korrupsiya-millat taraqiyotining kushandasi” mavzusida davra suhbati boshlandi.

"Bo'lim boshliqlari va filial rahbarlari haftaning har dushanba kunida xodimlarining ko'ziga qarab, muammolarini tinglashi, korrupsion holatlardan uzoqroq yurishi haqida suhbatlashishi kerak. Hamma xodimlar ijtimoiy tarmoqlarda chiqayotgan korrupsiya haqidagi xabarlardan xulosa chiqarishi lozim" deya ta'kidladi Jasur Usmonov.