Qashqadaryo kadastr_press
2.7K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.1K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
▪️Ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

Kadastr pasportida mulkdor va huquq belgilovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilmaydi.

Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:

🔷 ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;

🔷 yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;

🔷 noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;

🔷 yer uchastkasining kadastr pasporti;

🔷 qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

🇺🇿A'zolikt.iss.one/Qashkadastrpress
#Prezident

Shavkat Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

▪️Ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Davlat boshqaruvi, yangilanishlarning uzoq muddatli dasturini shakllantirish va innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tish borasida BAA ilg‘or tajribasini joriy qilish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#matbuot_anjumani

#Onlayn

Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiing “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjuman bo‘lib o‘tmoqda.


Matbuot anjumanini quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

▪️https://fb.watch/69jBIeryxC/
#DIQQAT #bugun

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi mutaxassislari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Mavzu: Kadastr agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati
Vaqti: 15:00
● Joyi: AOKA majlislar zali
● Ishtirok etadi: Kadastr agentligi mutasaddilari


🇺🇿 A'zolikt.iss.one/Qashkadastrpress
#Ayni_damda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi mutaxassislari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi

Matbuot anjumanini quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

https://fb.watch/69xI7oH0wy/
#MATBUOT_ANJUMANI #Davlat_kadastrlari_palatasi

Ayni damda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan Kadastr agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari mavzusida matbuot brifingi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur matbuot brifingida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ravshan Nishonov "Respublikada ko'chmas mulk obyektlarini hisobini yuritish va ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha ma'ruza bilan ishtirok etmoqda.
#Matbuot_anjumani #onlayn

RAQAMLAR

To'qqiz oy ichida 550 mingdan ziyod ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.


2020 yil 1 sentyabrdan 2021 yil 1 iyun sanasiga qadar jami 553 428 ta ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
(Shundan 192 153 tasi yangi ro‘yxatdan o‘tgan, 361 274 tasi qayta ro'yxatdan o‘tkazilgan). Shuningdek 287 932 ta obyektga kadastr yig‘majildlari tayyorlangan.

A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress