Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kadastr masalalari bo'yicha biz bilan bog'lanish

🌐 Dushanbadan, jumagacha...

Soat 09-00 dan, 18-00 ga qadar

▫️Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi 75-227-81-95

▫️Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi 75-227-51-13, 75-227-51-14

Hududingizdagi Kadastr filiallarining telefon raqamlari📲

Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan. Ushbu milliy ramz – davlat suverenitetining yuksak timsoli sifatida qonunda belgilangan bo‘lib, unga hurmat va sadoqat bilan qarash har bir yurtdoshimizning muqaddas burchi hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Hozirda yerga oid huquqlarning qanday turlari amal qilmoqda ?

📌 Hozirgi kunda yerga oid huquqlarning

🔹 doimiy foydalanish,
🔹 ijara
🔹 mulk huquqi turlari amal qiladi.

Maʼlumot uchun, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bekor qilingan.

❗️Bekor qilingan huquqlar bilan avval berilgan yerlar saqlab qolinib, ijaraga berilgan yerdagi binolar sotilganda yerga bo‘lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o‘tadi.

Asos: PF-6243, 08.06.2021 y.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastrda tanlov

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida “Eng faol kitobxon davlat fuqarolik xizmatchisi” ko'rik tanlovi o'tkazildi.

Unda boshqarma hamda uning tuman,shahar filiallarida faoliyat yuritib kelayotgan davlat fuqarolik ximatchilari faol ishtirok etishdi.

Tanlovning birinchi bosqichida faxrli 1-o'rinni olgan Qarshi shahri filiali xodimi— Mehriniso Anvarovaga tanlovning keyingi bosqichiga yo'llanma berildi.

“Eng faol kitobxon davlat fuqarolik xizmatchisi” tanlovi davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, davlat xizmatchilarida ma’rifiy va mafkuraviy tushunchalarni singdirib borish, ularda milliy va axloqiy tarbiyani, boy adabiy merosimizga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Mahallalarda Kadastr filiallari tomonidan sayyor qabullar o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining filiallari tomonidan shahar, tuman hududlaridagi mahallalarda sayyor qabullar o'tkazilib, sohaga doir murojaatlar o'rganildi.

Jumladan bu kabi qabullar noyabr oyida Qarshi va Shahrisabz shahri, Ko'kdala, G'uzor, Chiroqchi, Kasbi,Shahrisabz, Koson, Yakkabog', Muborak va Mirishkor tumani filiallari tomonidan o'tkazilishi ta'minlandi.

Tadbirda mas'ullar tomonidan murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordamlar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar

🔹Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🔹Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatda
▪️ yer uchastkasi ko‘rsatiladi
▪️ chegaralar belgilanadi
▪️ amal qilish muddati va to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

🖥Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

✉️Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💰Xizmat uchun to‘lov miqdori:
Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

Xususiylashtirish to‘lovi
viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

➡️To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Qarshi tumani filialida profilaktik tadbir o'tkazildi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari ma'sullari tomonidan Qarshi tumani filialida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda xodimlarga “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtildi.

Uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook
937-SONLI QONUNGA KO‘RA

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi quyidagi o‘lchamlarda e’tirof etiladi:

➡️ Agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa, — barcha hududlarda 0,24 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda;

➡️ Agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan bo‘lsa, — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda.

Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Koson tumani aholisi !

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Koson tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 12-dekabr kuni soat 12-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Koson tumani, Surxon ko'chasi, 3-uy. 24-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13
75-227-51-14

Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Mol-mulkdan foydalanishda atrof-muhitga zarar yetkazmaslik kerak

➡️ Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek,
fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook