Qashqadaryo kadastr_press
2.66K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.05K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qarshi tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Qarshi tumani filiali xodimlari tomonidan "Mevazor", "Jumabozor", "Kat" va "Fayzobod" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Qarshi tumani filialiga 400 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Barcha uchun muhim raqamlar

Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʼliq boʼlmagan chogʼdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʼlgan shaxslarga beriladigan
nafaqa – 920 000 so‘m;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir
pensiyalari –920 000 so‘m;

🔹zarur ish stajiga ega boʼlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chogʼdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʼshimcha toʼlovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.

Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Qashqadaryo

Ko‘chmas mulkni bo‘lish mulkdor arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi


🏠Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.

📝 Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.

🗂️Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

🔰Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

• Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kitob tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kitob tumani filiali xodimlari tomonidan "Varganza ", "Navbahor" va "Bektemir" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Kitob tumani filialiga 300 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr_Qashqadaryo

Qarshi shahrida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlarga to'liq tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi.

Huquqiy seminarda Adliya vazirligi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bilan birgalikda  manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy bo‘limlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga Qonunning asosiy jihatlari, tartib-taomillari haqida taqdimotlar orqali ma'lumotlar berildi.

Qonunni to‘g‘ri qo‘llash, yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tartibga solish bo‘yicha seminarlar reja grafik asosida viloyatning Kasbi, G'uzor va Shahrisabz tumanlarida ham o'tkaziladi.

Telegram | Instagram | Facebook
📑📑📑📑

Ko‘p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo‘shimcha obyekt qurish ta"qiqlanadi
.

📄O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2022 yildagi PQ-346-son qaroriga  muvofiq,

• ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi;

• uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi;

❗️qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qo‘shimcha obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish ta'qiqlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo #Kadastr

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha mutaxassislari tomonidan Nishon tumanidagi Kadastr boʻlim(filial)i xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Unda xodimlarga “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtilidi.

Uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kasbi tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kasbi tumani filiali xodimlari tomonidan "Maymanoq", "Qamashi" va "Mesit" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Kasbi tumani filialiga 300 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

Telegram | Instagram | Facebook
Qashqadaryo kadastrida ma'naviyat va ma'rifat soati! 

Xodimlarimiz davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etishdi.

Haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini xodimlarga keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_seminar #Qashqadaryo

O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunini keng jamoatchilikka targ'ib qilish maqsadida seminarlar o'tkazilmoqda.

Qarshi,Kasbi,G'uzor va Shahrisabz tumanlarida o'tkazilgan tadbirlarda qonunning mazmun-mohiyati xodimlarga to'liq tushuntirilib, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar haqida ma'lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda kadastr ayollari o'rtasida sport musobaqasi o'tkaziladi

Batafsil axborot videoda

Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining tuman, shahar bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

📍Navbatdagi davra suhbati Qamashi tumanida tashkil qilindi.

◾️Unda Kadastr boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari tomonidan xodimlarga korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, uning huquqiy oqibatlari aniq misollar yordamida tushuntirildi.

◾️Shuningdek, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtildi.

Uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook