Qashqadaryo kadastr_press
2.67K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.05K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

Kasbi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ravshan Nishanov boshchiligida fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o'tkazildi.

Shuningdek, qabulga yig'ilgan fuqarolarga eng avvalo hozirgi kundagi dolzarb mavzu: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun boʻyicha asosiy tushunchalar berildi.

Muloqotda aholi tomonidan bildirilgan muammolarga viloyatdagi mas'ullar bilan birgalikda yechim izlandi.

Bugungi sayyor qabulda kadastr hujjatini tayyorlash, tadbirkorlik uchun yer olish, uy-joyga egalik huquqini olish masalalarida qilingan murojaatlar ko'rib chiqildi hamda ularga mas'ullar tomonidan huquqiy va amaliy yordamlar ko'rsatildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Chiroqchida kadastrga oid masalalar yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Chiroqchi tumani filiali rahbari boshchiligida ochiq muloqot tadbiri o‘tkazildi.

Aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi murojaatlari yechimi yuzasidan choralar ko‘rish, shuningdek bugungi kunda hukumatimiz tomonidan sohaga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati bo‘yicha kerakli tushunchalar berish maqsadida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan ochiq muloqot tadbirlarida aholi roziligiga erishish maqsad qilingan.

Tadbirlar davomida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari o‘rganildi. Kelib tushgan murojaatlarni qonun doirasida ijobiy hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kasbi tumanida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlari o'rganildi

Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari, viloyat boshqarmasi boshlig'i ishtirokida o'tkazilgan qabulda fuqarolar va tadbirkorlarga murojaatlari yuzasidan huquqiy va amaliy yordamlar ko'rsatildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo #Kadastr

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha mutaxassislari tomonidan Nishon tumanidagi Kadastr boʻlim(filial)i xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Unda xodimlarga “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtilidi.

Uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda yer nazorati

🔹8 oy ichida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 3237 ta holatda 1081 gektardan ziyod yer maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌍 “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya - taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovi bo'lib o'tadi.

➡️Tanlovdan ko'zlangan maqsad sohada korrupsion holatlarni oldini olish, sohada faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarning kreativ g'oyalarini o'rganishdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan video roliklar Agentlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limiga taqdim etiladi. 🌟Kadastr agentlik buyrug‘iga muvofiq tuzilgan maxsus komissiya tomonidan kelib tushgan barcha video roliklar mavzu dolzarbligi, go‘yaning mukammalligi, ijro mahorati hamda boshqa bir qancha mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Komissiya aʼzolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra finalga munosib deb topilgan videoroliklar saralab olinadi.

#Kadastr_agentligi #video_roliklar_tanlovi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR

Kasbi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari boshchiligida fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Tafsilotlar QASHQADARYO AXBOROTI" informatsion dasturi lavhasida

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi ?

Javob:
- Buning uchun ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

✉️ Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

📄 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

📎 So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr sohasiga qiziqqan talabalarga imkoniyatlar yaratilmoqda

🇺🇿 Prezidentimiz tomonidan kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo'nalishlar bo'yicha yo'l xaritasi ishlab chiqilgan

Ushbu yo'l xaritasiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan mahalliy ta'lim muassasi bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilib, bir qancha ishlar amalga oshirib kelmoqda

Xususan, Boshqarmada oliygohning kafedrasi filiali tashkil etilib, o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilgan va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan

Soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabalari uchun dars jadvali asosida  mashg'ulotlar Kadastr boshqarmasida tashkil etilmoqda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
RASMIY MUNOSABAT

"Facebook" ijtimoiy tarmog'ida Qamashi tumani "Qo'shkapa" mahallasidagi yer maydoni bilan bog'liq mojaroli holat haqida ma'lumot e'lon qilingan.

Ma'lumotda fuqaro tomonidan ekilgan daraxtlar o'rnidan tadbirkor yo'l o'tkazmoqchi bo'layotgani bayon etilgan.

❗️Ta'kidlash kerakki, nizoli ekani aytilayotgan yer maydoni huquqiy jihatdan tadbirkorga ham, murojaat muallifiga ham tegishli emas.

"Qo'shkapa" hududidagi mazkur holat kadastr xodimlari tomonidan
shu yilning may oyida joyiga chiqqan holda o'rganilgan hamda yerga oid qonunbuzarlik holatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan vakolat doirasida choralar qo'llanilgan.

"Qo'shkapa" mfyda o'tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida fuqaro H.Z. o'zining yashash uyiga tutash bo‘lgan, huquqiy jihatdan o'ziga tegishli bo'lmagan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallagan holda foydalanib kelayotganligi holati aniqlangan.

📌 Shuningdek, mazkur hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkor O.M. ham o'ziga tegishli bo'lmagan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilma qurib foydalanib kelayotganligi ma'lum bo'lgan.

Aniqlangan yerga oid qonunbuzarlik holatlari bo'yicha har ikki nafar shaxsga nisbatan vakolat doirasida jarima jazosi qo'llanilgan.

Bugungi kunda yer maydonini noqonuniy egallab olish hamda noqonuniy qurilgan qurilmani bartaraf etish bo'yicha Kadastr bo'limi tomonidan Sudga da’vo arizalari kiritilgan.

❗️Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Shahrisabz tumani aholisi !

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Shahrisabz tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 27-sentabr kuni soat 12-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Shahrisabz tumani, Yangibog' mfy, 19-maktab binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13

Telegram | Instagram | Facebook
Qashqadaryoda "Kadastr ayoli" ko'rik-tanlovi o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar filiallarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning kasbiy bilimlarini oshirish va aniqlash maqsadida o'tkazilgan "Kadastr ayoli" ko'rik-tanlovi o'tkazildi

Tanlovga xizmat vazifalarini bajarishda faollik ko'rsatayotgan, ish samaradorligi yuqori bo'lgan 25 nafar kadastr ayollari saralab olindi.

Sohaga oid va mantiqiy bo'lgan test savollari hamda belgilangan mavzularda insho yozish sinovlaridan yuqori ball jamg'argan 3 nafar ishtirokchi tanlov g'oliblari sifatida e'tirof etilishdi.

🥇Zulxumor Normamatova— Shahrisabz shahri filialining Murojaatlar bilan ishlash shu'basi bosh mutaxassisi. 1-O'RIN

🥈Shaxlo Hamidova— Qarshi shahar filialining Yerlarni auksionga qadar aniqlash va dasturga joylashtirish sho'basi mutaxassisi. 2-O'RIN

🥉Mehriniso Anvarova—Qarshi shahar filiali Kadastr muhandisi. 3-O'RIN

Telegram | Instagram | Facebook