Qashqadaryo kadastr_press
2.67K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
HUDUDLARDA HUQUQIY TARG'IBOT TADBIRLARI

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Qashqadaryo viloyatida Kadastr xodimlari tomonidan targ'ibot tarbirlari olib borilmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastrda jonli muloqot

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkazildi.

Telegram platformasida o'tkazilgan jonli efirda "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, batafsil ma'lumotlar berildi va tinglovchilarning savollariga javob qaytarildi.

Murojaat va savollar uchun aloqa raqamlari bu yerda —https://t.iss.one/Qashkadastrpress/13312

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiyani to'xtatish mumkin

Pora olish va berishda qanday javobgarliklar belgilangan?

👆 Batafsil mazkur infografika orqali ma'lumotga ega bo'ling.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr agentligi Qamashi tumani bo'limi tomonidan Zafar mfy hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi

Unda fuqaro savdo do'konining oldi tomonini sim to'siqlar bilan noqonuniy o'rab olgani holati aniqlandi.

O'rganishlar davomida fuqaroda ushbu yer maydoniga nisbatan hech qanday huquqni belgilovchi hujjatning mavjud emasligi ma'lum bo'ldi

Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi MJTtKning 60- moddasi 2-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qonunbuzarlikni 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasmiy ogohlantirish berildi.

Ma'lumot uchun, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Xabaringiz bor, mustaqillik bayrami arafasida hududlarda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi bo'limi hamda filiallarining yangi zamonaviy binolari foydalanishga topshirilmoqda.

🏛 Muborak tumanidagi kadastrning yangi binosi ochilish marosimi haqida Nasaf TV telekanalining informatsion dasturida batafsil ma'lumot berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik inshootlari. Muborakda Kadastrning zamonaviy binosi

Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Muborak tumanida Kadastrning yangi binosi qurib foydalanishga topshirildi. Bu o'tgan 8 oy ichida Qashqadaryoda qurib foydalanishga topshirilgan ikkinchi Kadastr binosi.

Esingizda bo'lsa, Navro'z tantanalari oldidan Nishon tumanida ham kadastr xodimlar ana shunday yangi binoda bayram shukuhini his etishgan edi.

Muborakdagi Kadastr binosining ochilish marosimi quyidagi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi:

🔹Qashqadaryo xalqi
🔹Nasaf telekanali
🔹Muborak tumani hokimligi 1, 2
🔹Murojaat uz
🔹Kashka daily

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Ko'kdala tumanida sayyor qabul

Ko'kdala tumanida Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Unda kadastr hujjatlari va noqonuniy qurilishlar masalalari yuzasidan jami 14 ta murojaatlar yo'llandi.

Shu kuni 9 nafar fuqarolarning murojaatiga huquqiy tushunchalar berish orqali ijobiy hal etildi. 5 ta murojaat o'rganish uchun nazoratga olindi

🔹Sayyor qabulga yig'ilgan jismoniy va yuridik shaxslarning muammolari boshqarma mas'ullari tomonidan birma-bir ko'rib chiqilib, yechimi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Qamashi tumani Kadastr filiali rahbari "Soha a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Kadastr agentligi mustaqillik bayrami arafasida tizimda faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarni "Soha a'lochisi" va "Soha iftixori" ko'krak nishonlari bilan taqdirladi.

Taqdirlanganlar qatorida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qamashi tumani filiali rahbari Botirov Rustam Nurillayevich ham bor.

Ko'krak nishoni va sovg'alarni Boshqarma boshlig'i Jasur Usmonov mukofot sohibiga bayram tadbirida tantanali ravishda topshirdi.

Eslatib o'tamiz, 2022-yil ham Rustam Botirovning mehnat faoliyati Davlat kadastrlari palatasi tomonidan e'tirof etilgan.

Yil yakunlariga ko'ra, 200 ziyod filial rahbarlari orasida Qamashi tumani filiali rahbarining mehnat faoliyati Respublikada yuqori baholangan edi o'shanda

Ma'lumot uchun, Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan pul mablag‘i bilan ham mukofotlanadilar

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook