Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Bayram arafasida Muborakda Kadastrning yangi binosi foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasining Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani bo‘limi va filiali yangi qurib bitkazilgan binoda ish boshladi.

Ochilish marosimida tuman hokimi, Davlat kadastrlar palatasi raisi, boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi. Mas'ullar yurtimizdagi oʼzgarishlar, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaralari haqida toʼxtalib, mehnat jamoasini samimiy tabrikladilar.

Aytish kerakki, muboraklik kadastrchilarning eski binoda o'z faoliyatini olib borayotganliklari bir qancha qiyinchiliklarni tug'dirib kelayotgan edi.

Yangi bino foydalanishga topshirilgach aholiga ham, xodimlarga ham zamonaviy shart-sharoitlar yaratildi.

Yangi binoda majlislar zali, arxiv xonasi, fuqarolarni qabul qilish xonalari qurilib, turli texnik vositalar bilan to'liq ta'minlandi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qarshi shahrida ham yangi qonun yuzasidan seminar o'tkazildi

Seminarda Qarshi shahri, Ko'kdala va Qarshi tumani Kadastr xodimlariga "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, batafsil ma'lumotlar berildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillari hamda mazmun mohiyati infografika ko'rinishida.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
HUDUDLARDA HUQUQIY TARG'IBOT TADBIRLARI

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Qashqadaryo viloyatida Kadastr xodimlari tomonidan targ'ibot tarbirlari olib borilmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastrda jonli muloqot

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkazildi.

Telegram platformasida o'tkazilgan jonli efirda "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, batafsil ma'lumotlar berildi va tinglovchilarning savollariga javob qaytarildi.

Murojaat va savollar uchun aloqa raqamlari bu yerda —https://t.iss.one/Qashkadastrpress/13312

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiyani to'xtatish mumkin

Pora olish va berishda qanday javobgarliklar belgilangan?

👆 Batafsil mazkur infografika orqali ma'lumotga ega bo'ling.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr agentligi Qamashi tumani bo'limi tomonidan Zafar mfy hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi

Unda fuqaro savdo do'konining oldi tomonini sim to'siqlar bilan noqonuniy o'rab olgani holati aniqlandi.

O'rganishlar davomida fuqaroda ushbu yer maydoniga nisbatan hech qanday huquqni belgilovchi hujjatning mavjud emasligi ma'lum bo'ldi

Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi MJTtKning 60- moddasi 2-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qonunbuzarlikni 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasmiy ogohlantirish berildi.

Ma'lumot uchun, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Xabaringiz bor, mustaqillik bayrami arafasida hududlarda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi bo'limi hamda filiallarining yangi zamonaviy binolari foydalanishga topshirilmoqda.

🏛 Muborak tumanidagi kadastrning yangi binosi ochilish marosimi haqida Nasaf TV telekanalining informatsion dasturida batafsil ma'lumot berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik inshootlari. Muborakda Kadastrning zamonaviy binosi

Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Muborak tumanida Kadastrning yangi binosi qurib foydalanishga topshirildi. Bu o'tgan 8 oy ichida Qashqadaryoda qurib foydalanishga topshirilgan ikkinchi Kadastr binosi.

Esingizda bo'lsa, Navro'z tantanalari oldidan Nishon tumanida ham kadastr xodimlar ana shunday yangi binoda bayram shukuhini his etishgan edi.

Muborakdagi Kadastr binosining ochilish marosimi quyidagi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi:

🔹Qashqadaryo xalqi
🔹Nasaf telekanali
🔹Muborak tumani hokimligi 1, 2
🔹Murojaat uz
🔹Kashka daily

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook