Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Qashqadaryoda "Kadastr ayoli" ko'rik-tanlovi o'tkaziladi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida "Kadastr ayoli" ko'rik-tanlovi o'tkaziladi.

Bu haqda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha boshlang'ich tashkiloti Kengashi a'zolari ZOOM platformasi orqali o'tkazilgan yig'ilishda ma'lum qilishdi.

Kengash a'zolari filiallarda faoliyat yuritayotgan Kadastr ayollari bilan muloqot qilar ekan, ularga huquqiy va amaliy yordamlar berishga tayyor ekanliklarini aytib o'tishgan.

Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini, kasbiy bilimlarini aniqlash maqsadida "Kadastr ayoli" ko'rik-tanlovi 3 bosqichda tashkil etiladi.

Shuningdek yig'ilish ishtirokchilariga huquqiy ma'lumotlar ham berildi.

Kiyinish madaniyati va mehnat intizomiga amal qilish borasida kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida xodimlarning  OIV infeksiyasi bo'yicha xabardorligini oshirish maqsadida targ'ibot videoroliklari namoyish etildi

Telegram | Instagram | Facebook
Yer nazoratda. Shahrisabz tumani

Kadastr agentligining Shahrisabz tumani bo'limi tomonidan "Paxtakor" mahallasi hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

O'rganishlar davomida, fuqaro mazkur hududdagi 120 kv metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy ravishda devor qurgani holati aniqlandi. 

Huquqbuzarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMnig 150 baravari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Qonunbuzarlikning huquqiy oqibatini to'g'ri anglab yetgan shaxs noqonuniy qurilish holatini ixtiyoriy bartaraf etdi.

Telegram | Instagram | Facebook
Qarshi tumani filialida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning takliflari tinglandi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha boshlang'ich tashkiloti Kengashi a'zolari Qarshi tumani filialida bo'lishdi.

Xabaringiz bor, Kadastr sohasidagi xotin-qizlarning hayotda  bilim va tajribalarini yanada oshirish, ish tizimida va oiladagi o‘rnini yanada rivojlantirish maqsadida muloqotlar o'tkazib borilmoqda.

Tashrif davomida ayollarning hayotda va ish jarayonida faolligini oshirish, ma'naviy-axloqiy muhitini yanada yaxshilash mavzularida suhbatlashildi.

Tadbirlardan asosiy ko'zlangan maqsad xotin-qizlarning takliflarini tinglash, ularning muammolarini o'rganish va mutasaddilar oldiga qo'yish ekanligi ta'kidlab o'tildi.

Telegram | Instagram | Facebook
Qamashi tumani filiali xodimlari uchun o'quv seminari o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining filiallarida sohaga oid qonunchilik hujjatlari va axborot tizimlaridagi o'zgarishlar bo'yicha o'quv seminarlarini o'tkazib borish yo'lga qo'yilgan

Seminarlar reja asosida bir haftada bir marotaba tashkil etilmoqda.

Ikkinchi seminar, Qamashi tumani  filialida o'tkazildi. Unda filial bosh muhandisi Vazirlar mahkamasining 389-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida Kadastr muhandislariga atroflicha ma'lumotlarni berib o'tdi.

Navbatdagi huquqiy axborot berish bo'yicha seminar G'uzor tumani filialida bo'lib o'tadi.

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yosh kadastrchi

"Yosh kadastrchi" loyihasi  orqali Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va tuman, shahar filiallarida namunali faoliyat yuritayotgan yoshlar ishini yoritishda davom etamiz.

Bu galgi ishtirokchimiz Qarshi shahar filialining 25 yoshli mutaxassisi Odilbek Aralov

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook