Qashqadaryo kadastr_press
3.29K subscribers
11.3K photos
1.58K videos
4 files
6.33K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#kadastr_xizmatlari

⚡️Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✉️Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Xizmatdan foydalanish hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,03 baravar miqdorida (10 200 ming so‘m);

🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,027 baravari (9 180 ming so‘m).

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Koʼchmas mulkka doir elektron davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning:

🟢 Kadastr pasportini shakllantirish;

🟢 Turar joyning maydoni boʼyicha maʼlumotnoma olish;

🟢 Koʼchmas mulk obyektlariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

🟢 Davlat kadastr reyestridan koʼchmas mulk boʼyicha koʼchirmani tekshirish;

🟢 Oʼzganing yer uchastkasidan foydalanish uchun ruxsatnoma;

🟢 Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

🟢 Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish;

🟢 Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yoʼqligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma olish;

🟢 Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish va boshqalar;

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar eʼtirof etilmoqda 

🌏 Ayni damda, Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

◼️Taʼkidlanganidek, ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

◼️Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

◼️O‘z navbatida, senatorlar Qonunning mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib, huquqlarni eʼtirof etish borasida tegishli asoslar belgilanayotganligini aytib o‘tdi.

◼️Jumladan, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylar egallagan yer uchastkasiga, kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish asoslari belgilanmoqda.

◼️Bundan tashqari, Qonunga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlar va hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bosqichlarda kiritilishi nazarda tutilmoqda.

◼️Muhokama davomida senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishiga va bu orqali aholining ijtimoiy, iqtisodiy hamda ushbu bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon berishi taʼkidlandi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

🔹 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

📌 Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Сhiroqchi tumani filialida muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Chiroqchi tumani filiali xodimlari tomonidan Dam va Qahramon mahallalarida aholi va tadbirkorlarning soha bilan bog'liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma'lumot o'rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Chiroqchi tuman filialiga 60 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turar joy obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq turi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) haqidagi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

Agar yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
"E-auksion" platformasida koʻchma savdo joylarni sotib oling!

🔹 G'uzor tumanidan (ko'rish)
🔹 Dehqonobod tumanidan (ko'rish)
🔹 Qamashi tumanidan (ko'rish)
🔹 Qarshi tumanidan (ko'rish)
🔹 Koson tumanidan (ko'rish)
🔹 Kitob tumanidan (ko'rish)
🔹 Mirishkor tumanidan (ko'rish)
🔹 Muborak tumanidan (ko'rish)
🔹 Nishon tumanidan (ko'rish)
🔹 Kasbi tumanidan (ko'rish)
🔹 Ko'kdala tumanidan (ko'rish)
🔹 Chiroqchi tumanidan (ko'rish)
🔹 Shahrisabz tumanidan (ko'rish)
🔹 Yakkabog' tumanidan (ko'rish)
🔹 Qarshi shahridan (ko'rish)
🔹 Shahrisabz shahridan (ko'rish)

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning filiallariga 19-21-iyun kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️ Jami kelib tushgan murojaatlar soni – 107 ta

🔹Yer maydoni ajratish bo‘yicha 13 ta

🔹Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 18 ta

🔹Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 6 ta

🔹 Nizoli holatlar bo‘yicha 5 ta

🔹So‘rovnomalar 25 ta

🔹Boshqa masalalar bo`yicha 40 ta

📚Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida 40 ta ijobiy hal qilingan. 48 tasi ayni paytda o'rganilmoqda. 59 ta murojaatlarga o'z muddatida javob berilgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Туризм Энди Ғелондан Сарчашмага дор йўли орқали тезда етиб олишингиз мумкин

Ўзбекистон делегациясининг 2023 йил 4–6 октябрда Россиянинг Қозон шаҳридаги “Казань ЭКСПО” тадбирлар доирасида Қашқадарё вилоятида “Тоғ чанғи комплекси” лойиҳасини барпо этиш юзасидан меморандум имзоланган эди.

Бугун вилоят ҳокими Муротжон Азимов Шаҳрисабз туманининг Ғелон қишлоғида барпо этиладиган мазкур “Тоғ чанғи комплекси” лойиҳаси тақдимоти билан танишди.

Маълум бўлишича, 1-босқичда 5,9 км гондолали дор йўли (Ғелон-Сарчашма), 4 та тоғ-чанғи йўли, 35 та вилла, 1 та ташриф маркази, 4 юлдузли меҳмонхона, 5 қаватли автотураргоҳ, ресторан, вертолёт майдончаси, болалар шаҳарчаси ва дарё бўйлаб йўлакчалар барпо этилади ва бунга 100 млн. доллар инвестиция маблағи жалб қилинади.

Эндиликда меҳмонлар Ғелон ёки Сарчашма қишлоқларининг бирига автомашинада етиб олиб, кейинги манзилга тоғ ён-бағирларида қурилаётган 5.9 км.лик дор йўли орқали етиб олишади.

Лойиҳанинг 2 ва 3-босқичларига 200 млн. доллар инвестиция маблағи эвазига 3,8 км ўриндиқли ва 2,9 км гондолали дор йўли, 21 та тоғ-чанғи йўли, 3 та меҳмонхона (3, 4 ва 5 юлдузли), 2 та ресторан, 75 та вилла, кузатув минораси, аттракционлар (зиплайн, родельбан ва скайпарк) барпо этилади.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X