Qashqadaryo kadastr_press
2.73K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.16K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kasbi tumanidagi Paxtakor va Maymanoq mahallalarida yer nazorati tadbirlari o‘tkazildi

Tadbir davomida 6 nafar fuqarolar tomonidan 0,37 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib 0,03 gektar yer maydoniga noqonuniy qurilish qurilganligi holati aniqlandi.

Misol uchun, fuqaro Tilovatov 0,0077 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy ravishda dala shiyponi qurgan.

Yana bir holatda esa 0,003 gektar yer maydoniga noqonuniy ravishda bino qurilganligi aniqlandi.

Ushbu hududlardagi boshqa noqonuniy qurilmalarni qurgan fuqarolarning shaxsiga ayni paytda aniqlik kiritilmoqda.

Aniqlangan holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60 moddasi 2 va 3 qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi sababli fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Yer nazorati

Qarshi tumanida o'tkazilgan nazorat tadbirlarida yerga oid qonunbuzarlik holati aniqlandi

Birozdan so'ng BATAFSIL

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi tumani

Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan "Uzumzor" MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazilganida Lag'mon qishlog'ida yashovchi fuqaro 0,06 gektar yer maydoniga nisbatan hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada, yerni o'zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda beton poydevor qurganligi holati aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi belgilandi.

Qonunbuzarlikning huquqiy oqibatini to'g'ri anglab yetgan shaxs noqonuniy qurilish holatini ixtiyoriy bartaraf etdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Dehqonobodda qonunbuzarlik holatini ixtiyoriy bartaraf etgan shaxs javobgarlikka tortilmadi

Kadastr agentligi Dehqonobod tuman bo'limi tomonidan Istiqlol MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

O'rganishlar davomida fuqaro R.T hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada, noturarjoy binoning oldi qismiga naves o'rnatganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi MJTtKning 60- moddasi 2-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qarori qabul qilindi

Fuqaro huquqbuzarlik oqibatlarini barataraf etib yerni foydalanish uchun yaroqli holatga keltirgani va yozma ko’rsatma talablarini o’z vaqtida bajarganligi sababli jazo qo'llash to'g'risidagi qaror ijrosi tugatildi

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh barobari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Mirishkor tumani filiali tomonidan “Jeynov’” MFY da sayyor qabul o’tkazildi.

Sayyor qabulda auksionda tadbirkorlik uchun yer uchastkasi olish, kadastr hujjatini tayyorlash, uy- joyga egalik huquqini olish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar yo'llangan.

O'tkazilgan tadbirda mas'ullar tomonidan murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordamlar ko’rsatilib, sohaga doir Qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR #NASAF_tv

Qarshi tumanida aniqlangan yerga oid qonunbuzarlik holati bartaraf etildi


Aytish kerakki kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida viloyat bo'yicha  (1-20-may kunlari) yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish, huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmaslik, noqonuniy qurilish qilishga oid 500 dan ziyod qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Qonun buzilishlar bo‘yicha planshetlardan foydalangan holda “E-YER NAZORAT” tizimi orqali huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rib borilmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Yer hisobini yuritishning yangi tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2023-yildagi 578-sonli qarori asosida "Yer hisobot" AAT dasturi ishga tushirilishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida seminar o'tkazildi

Yer hisobini yuritishga mas'ul mutaxassislarga UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Qarshi tumanida dronlardan foydalangan holda Kat va Chorgumbaz mahallari hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi

Aniqlangan holatlar yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib tegishli choralar ko'rilmoqda.

🔶 Hurmatli fuqarolar!

⚠️ Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli asabbuzarlik, ortiqcha xarajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asragan bo'lasiz.

Ze'ro yer doim nazoratda !

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy hujjatlaringiz mavjud bo'lganda uy-joyning kadastr hujjatini tayyorlash muammo bo'lmaydi

Nishon tumani Yuksalish mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati Davlat kadastrlari palatasi Nishon tumani filiali tomonidan ijobiy hal etildi.

Murojaatchi shunchaki huquqiy hujjatlari bilan borib, Davlat xizmatlari markazi orqali ariza qoldirdi.

Arizaga muvofiq, Elmurodovlar xonadoniga oid hujjatlar o'rganib chiqildi va o'lchov ishlari bajarilgach, 5 ish kuni ichida uy-joyning kadastr hujjati tayyorlab berildi.

❗️Ma'lumot uchun, fuqarolarimizda yer ajratish qarori, oldi-sotdi shartnomasi, meros guvohnomasi, hadya shartnomasi mavjud bo'lganda Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali kadastr hujjatini rasmiylashtirish uchun murojaat yo'llashlari mumkin.

KADASTR PASPORTI

🔷ko‘p qavatli uydagi kvartiraga – 3 ish kunigacha;

🔷yakka tartibdagi turar joylarga – 5 ish kunigacha bo'lgan muddatda tayyorlab beriladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning ikkinchi sonida:
📍 Farg'ona viloyati hamda 📍Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #2_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM