Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Qashqadaryo #yer_nazorati

Kadastr agentligining Yakkabog‘ tumani bo'limi tomonidan
tumandagi "Samaq" MFY hududida yerdan samarali foydalanish holati yuzasidan nazorat monitoringi o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida Turon hududidagi 0,02 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda egallanib, u yerda, 12x14 metr (168 kv.) o‘lchamda noqonuniy bino qurib olinib, foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

❗️O'rganishlar davomida fuqaroning ushbu yer uchastkasiga nisbatan hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud emasligi ma'lum bo'ldi.

O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi 3- qismi talablari asosida holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib , bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida ma’muriy jazo qo‘llanildi.

🌐 telegram | instagram | facebook
#Yer_nazorati

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

‼️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📝 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

✈️ telegram | 📷instagram | ™️facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limi tomonidan "G'ofur G'ulom" va "Gungon" MFY larida yer nazorati tadbirlari o'tkazildi.

O'rganishlar davomida yerga oid qonunbuzilishi holatlari aniqlanmoqda.

Tadbirlar davomida qonunbuzar shaxslarga yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilish qilishning huquqiy oqibatlari tushuntirilmoqda.

Olib borilayotgan ishlar natijasida qonunbuzilishi holatlariga barham berilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor.
Nazorati ham kuchli‼️

😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr #Nishon_tumani

Kadastr agentligining Nishon tumani bo‘limi tomonidan "Katta anhor" MFY, Guliston hududida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro tomonidan qishloq xo‘jaligiga tegishli bo'lgan 0,06 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani va 120 kv.metr o‘lchamda beton poydevor qurilgani holati aniqlandi.

Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Yer_nazorati

Kadastr agentligining Kasbi tumani bo'limi tomonidan "Mug'lon" MFY hududida nazorat tadbiri o’tkazildi.

Monitoring davomida fuqaro mazkur hududda joylashgan bozor oldidan 54 kv metr yer maydoniga noqonuniy ravishda yengil tipda ayvon qurganligi aniqlandi.

Ushbu yer uchastkasiga nisbatan fuqaroda hech qanday huquqni belgilovchi hujjatlar mavjud emasligi ma'lum bo'lgan.

Fuqaroga bo'lim xodimlari tomonidan yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.

Natijada, yerga oid qonunbuzarlik holati ixityoriy ravishda bartaraf etildi.

❗️Unutmang, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh barobari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook