Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
"Yer vaqti" kuni munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi ham “Sayyoramiz soati” respublika aksiyasida faol bo'ldi.

Aksiya doirasida Boshqarmaning bino va inshootlarida chiroq, kompyuter texnikalari, sovutish va isitish uskunalari bir soatga o'chirildi.

🔹Bu vaqt ichida barcha xodimlar yig‘ilib, hafta davomida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish, ma’maviy-ma’rifiy va obodonlashtirish ishlarini muhokama qilib oldilar.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassisi tomonidan G'uzor tumani bo'limida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Unda yer nazorati inspektorlari bilan yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishda, noqonuniy egallangan yerlar aniqlanganda vakolat doirasida ish tutish borasida suhbatlashildi.

Muloqot davomida xodimlarga yer bilan bog‘liq bo'lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarga aralashib qolmaslik tushuntirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
⚡️Dehqon xo‘jaligi yeriga bino va inshoot qurish taqiqlanadi

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi.

⚠️Yengil konstruksiyali issiqxonalarni va boshqa imoratlarni, shuningdek sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

❗️Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

Huquqiy asos: O‘RQ–680, 01.04.2021 y.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

‼️ Xabaringiz bor 🌟Kadastr agentligi vakillari 🇰🇷Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi LX korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirayotganligi to'g'risida xabar bergan edik.

🟢 Malaka oshirish davomida 🌟Kadastr agentligi vakillari 🇰🇷Koreyada yer boshqaruvi va geofazoviy axborot yo'nalishi bo'yicha bilim va tajriba almashishmoqda.

➡️24-mart kuni:

💠 Fazoviy ma'lumotlar yo'nalishida kadrlarni tayyorlash siyosatini joriy etish;
💠 Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati yuzasidan seminar bo’lib o’tdi.
Shuningdek,
Agentlik mas'ullari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

💬 Kunning ikkinchi yarmida LX fazoviy ma'lumotlar akademiyasi sharoitlari bilan tanishildi va talabalarning dars jarayonlari kuzatildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shahrisabzda o'ziga tegishli bo'lmagan yer maydoniga noqonuniy qum-tosh to'kilganligi holati aniqlandi

Kadastr agentligi Shahrisabz tumani bo'limi tomonidan Xontepa mfy hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi

Unda fuqaro 0,04 kv metr yer maydoniga qurilish qilish maqsadida qum va tosh to'kkani holati aniqlandi.

O'rganishlar davomida fuqaroda ushbu yer maydoniga nisbatan hech qanday huquqni belgilovchi hujjatning mavjud emasligi ma'lum bo'ldi

Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi MJTtKning 60- moddasi 2-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qonunbuzarlikni 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasmiy ogohlantirish berildi.

Ma'lumot uchun, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryoda Kadastr filiallari rahbarlari mart oyida ham sayyor qabullar o'tkazishadi

Aholining sohaga doir muammolarini o'rganish va ularga yechim topish maqsadida Qashqadaryo viloyatida Kadastr filiallari mas'ullari aholi bilan uchrashib, muloqot qilayotgani haqida ma'lumot bergan edik. Mazkur tadbirlar mart oyida ham davom etadi

Mart oyidagi dastlabki sayyor qabullar Qarshi va Kasbi tumanida o'tkaziladi. Davlat kadastrlari palatasi Kasbi tumani filiali rahbari Sh.Maxmudov 27-mart kuni soat 10:00 da Mushqoqi MFY Qamashi qishlog'idagi "Obod mahalla markazi" binosida tuman aholisining sohaga doir murojaatlarini o'rganadi

Oradan bir kun o'tib 28-mart kuni 10-00 da Qarshi tumani filiali rahbari J.Primov Istiqlol MFY binosida sayyor qabul o'tkazadi

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish borasida murojaatlari bor bo'lgan Kasbi va Qarshi tumani aholisini ushbu sayyor qabullarda ishtirok etishga taklif etamiz.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryolik kadastr xodimlari 20 ga yaqin zamonaviy geodezik o'lchov vositalari bilan ta'minlandi

Yer va binolar o'lchovini amalga oshirish va hisobini yuritishda zamonaviy texnikalar ish samaradorligini oshiradi.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning filiallariga soha xodimlarining ishini sezilarli darajada yengillashtirishga yordam beradigan 20 ga yaqin geodezik o'lchov vositalari taqdim etildi.

Endilikda xodimlar o'lchov ishlarini bajarishda Kalida, stec, chcnav, shtativ, reka, treger kabi vositalardan foydalanishadi.

I 90, Stec, Kalida, Baza va rover: Ushbu yangi texnikalarning ishlash quvvati ko‘p vaqtga yetishi, har qanday ob-havo holatida va internet aloqasi past yoki umuman yo‘q bo‘lgan hududlarda ham ishlashi bilan oldingi texnikalardan farq qiladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟 Kadastr agentligi direktor o'rinbosari Abdushukur Abdullayev O'zbekiston milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish loyihasi haqida 🎙"O'zbekiston24" radiosiga intervyu berdi.

▶️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #imtiyoz

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilgan.

Yetim bolalar va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.

Bu norma 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra belgilangan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuv qanday davlat ro'yxatidan o'tkaziladi ?

🔹Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

🔹Markaz servitutni ro'yxatdan o'tkazadi, tegishli reyestrdan ko'chirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi;

🔹Markaz QR-kod qo'yilgan Reyestrdan ko'chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo'natadi va ariza beruvchini bu haqda xabardor qiladi. O'zi kelib murojaat qilganda Reyestrdan ko'chirmani ariza beruvchiga beradi.

🔹Kerak bo'ladigan hujjatlar - Ariza beruvchi kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun so'rovnomaga servitut yoki sudning qarorini ilova qiladi;

🔹Xizmat muddati - 1 ish kuni;
🔹Narxi - Yagona portal orqali topshirilganda - 1.125 BHM.

👉Xizmatdan onlayn foydalanish👈

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
😀😃😄😆😊

Qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish jarimaga sabab bo'ladi

🫥 Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoki mol-mulkining mulkdori yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish, ya’ni to‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki ko‘paytirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik yoxud jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, kreditorlarga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

💠 Yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, belgilangan tartibda sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM