Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Forwarded from Qashqadaryo yangiliklari
Қарши туманидаги Кадастр филиали масъуллари 2 ой ичида кадастр паспортини тайёрлаш борасида йўлланган 900 га яқин мурожаатларни ижобий ҳал этишди

Малика Соҳибова Қарши туманидаги Ғубдин маҳалласида истиқомат қилади.

Соҳиба опанинг Давлат хизматлари маркази орқали кадастр паспортини тайёрлаш борасида йўллаган мурожаати Давлат кадастрлари палатаси Қарши тумани филиали ходимлари томонидан тез фурсатларда ижобий ҳал этилди.

Турар жой обьекти ва унга тегишли бўган ҳуқуқий ҳужжатлар масъуллар томонидан ўрганиб чиқилиб, ўлчов ишлари амалга оширилгач кадастр паспорти беш иш куни ичида тайёрлаб берилди.

"Ҳужжатларимни овворагарчиликсиз қабул қилиб олдим. Тўловларимни амалга оширганимдан сўнг кадастр паспортини 5 кун ичида тайёрлаб беришди"—дейди Кадастр хизматларидан миннатдорлигини баён этган мурожаатчи.

Маълумот учун, Филиал томонидан январ-феврал ойларида 897 та кадастр паспорти тайёрланган.

🇺🇿 ҚАШҚАДАРЁДАГИ энг тезкор хабарлар👇
‌‌https://telegram.me/joinchat/ONEMPSv_7tk4ZTQy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Аҳолига кадастр хизматларини кўрсатишда муддатлар бузилмаслигига алоҳида эътибор қилинмоқда

Видеода мурожаатчининг кадастр хизматлари ҳақида фикрлари келтирилган

🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇
https://t.iss.one/+UjOf6LoeHTEyZWQy
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etiladi

Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Nishon tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassislari tomonidan Nishon tumani bo'limi hamda filialida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida soha xodimlariga  korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, yerlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik to'g'risida so'z bordi.

Shuningdek, xodimlarning ish joyiga vaqtida kelib ketishlarini nazorat qilish, xodimlarni funksional vazifalarini to'liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalari va obob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalar haqida batafsil gaplashib olindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Qarshi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari


Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qarshi tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 15-mart kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: O‘zbekiston mustaqilligi MFY Madaniyat markazi binosi.

☎️ Murojaat uchun telefon: 75 227-51-13

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Ерни назорат қилувчи Кадастр ходимлари, уларнинг иш куни қандай бошланади?

Мазкур видео Кадастр агентлигининг Қарши тумани бўлимида суратга олинган ва унда ходимларнинг вазифалари, амалга оширилаётган ишлар ҳақида маълумот берилган.

Унутманг ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш ва ноқонуний қурилиш қилганлик учун маъмурий ва жиноий жавобгарлик белгиланган.

🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇
https://t.iss.one/+UjOf6LoeHTEyZWQy
Kitob va Nishon tumani filiali xodimlari Toshkentda malaka oshirishmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Nishon va Kitob tumani filiallarida faoliyat yurituvchi 2 nafar xodimimiz "Ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish" yo'nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.

Bundan tashqari, Koson tumani filialining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi ham Davlat tilida ish yuritish  asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi Qashqadaryo hududiy bo'linmasida tashkil etilgan 1 oylik kurslarda malaka oshirdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (850 000 so‘m);

🇺🇿 telegram | instagram | facebook