Qashqadaryo kadastr_press
2.67K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.05K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Qashqadaryo_kadastr #yer_nazorat

O'zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida qurilgan beton poydevor bartaraf etildi

Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limi tomonidan Otchopar MFY, Yangi chaman-3 massivi manzilidagi yer maydoni fuqaro tomonidan huquqiy hujjatsiz, o'zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

Qonunchilikka ko'ra, o'zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi haqida fuqaroga ma'lumot berildi.

Shundan so'ng, fuqaro mazkur noqonuniy qurilmaning bir qismi (86,22 kv.metr)ni ixtiyoriy ravishda buzib olgan. Biroq qolgan qismini. bartaraf etmaganligi sababli bo'lim tomonidan Fuqarolik ishlari bo’yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sud qaroriga ko'ra, noqonuniy ravishda qo'yilgan beton poydevor bartaraf etildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qashqadaryo_kadastr_davra_suhbati

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq. Unga qarshi kurashish esa bugun eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarida ham ayni yo‘nalishda muntazam targʻibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi davra suhbati Qarshi tumani bo'limi va filiali xodimlari uchun tashkil qilindi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari tomonidan xodimlarning mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi, korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qashqadaryo_kadastr #sayyor_qabul

AHOLI MUROJAATLARI E'TIBORDA

Ayni paytda Nishon tumanida aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Boshqarma mas'ullari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Sayyor qabul natijalari bo'yicha yana ma'lumot beriladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qashqadaryo_kadastr #sayyor_qabul

Nishon tumanida Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi mas'ullari boshchiligida sayyor qabul o'tkazildi.

🔹Unda kadastr bazasi bilan bog'liq holatlar

🔹Yer uchastkasini auksionga chiqarish,

🔹Yer maydonini o'lchab berish va boshqa masalalar yuzasidan 10 dan ziyod murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning 2 tasi joyning o'zida hal etilgan bo'lsa,sud-huquq masalalari bilan bog'liq bo'lgan 3 ta murojaatga huquqiy tushunchalar berildi.

O'rganilishi vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qashqadaryo_kadastr #UZ_KAD

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarini huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Zoom platformasida mas'ullar ishtirokida o'tkazilgan yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qashqadaryo_Kadastr #seminar

Qarshi shahridagi Ma'naviyat maskanida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Kadastr sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “JAMOADA MEHNAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH” mavzusida seminar-trening o'tkazilmoqda

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_kadastr

Ko'chmas mulklar hisobini yuritish, Avtomobil yo'llari va Suv xo'jaligi yer maydonlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, ularga kadastr pasportini tayyorlash bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlari Qashqadaryo viloyatida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook