Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Bilasizmi
#Huquqiy_malumot #Kadastr

📝 Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yanvar oyida Kadastr idoralari tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi ?

📊1971 ta bino inshootlarga kadastr pasportlari shakllantirildi.

📋 19 mingdan ziyod yer va bino inshootlarga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlandi

🌐 9 gektardan ziyod bo'lgan jami 262 ta bo'sh yer maydonlari aniqlandi

📔O'rganib chiqilgan murojaatlarning 61 tasi kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etildi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Yer_nazorati

Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limi tomonidan "G'ofur G'ulom" va "Gungon" MFY larida yer nazorati tadbirlari o'tkazildi.

O'rganishlar davomida yerga oid qonunbuzilishi holatlari aniqlanmoqda.

Tadbirlar davomida qonunbuzar shaxslarga yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilish qilishning huquqiy oqibatlari tushuntirilmoqda.

Olib borilayotgan ishlar natijasida qonunbuzilishi holatlariga barham berilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Shahrisabzda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonida qurilgan noqonuniy qurilish Sudning qaroriga ko'ra bartaraf etildi

Kadastr agentligining Shahrisabz shahar bo'limi xodimlari tomonidan "Pillakashlik" MFY hududida nazorat tadbiri o'tkazilgan.

O'rganishlar davomida mazkur hududda fuqaro o’ziga tegishli bo’lmagan 86,4 kv.metr yer maydonida noqonuniy ravishda 14,4 metrga x 6,0 metr o’lchamda yopma (naves) qurilmasini qurayotganligi holati aniqlangan.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, bo'lim tomonidan sudga da'vo arizasi kiritilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining qaroriga ko'ra, yer maydonini dastlabki holatga keltirish maqsadida noqonuniy qurilmani bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Endilikda yer hisobini yuritish yangi tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori asosida «Yer hisobot” AAT dasturi ishga tushirilishi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Shahrisabz shahri va Yakkabog' tumani filiallarida amaliy ishlar tashkil etilgan.

Hozirgi kunda viloyat bo'yicha Shahrisabz shahri va Yakkabog' tumani namuna sifatida tanlab olinib, filiallar mas'ullari tomonidan maʼlumotlar asosida belgilangan shakllar to‘ldirilishi hamda tahlil jarayonlari olib borilmoqda.

Qarorga ko'ra, Davlat kadastrlari palatasi “Yer hisobot” AAT operatori hisoblanadi.

Yer hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida “Yer hisobot” AATga kiritiladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yanvar oyida viloyat bo'yicha eng ko'p bo'sh yer maydonlari Yakkabog' tumanida aniqlangan

Davlat kadastrlari palatasi Yakkabog' tuman filiali  mutaxassislari tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yanvar oyida 0.92 gektarga teng 51 ta bo'sh yer maydonlari aniqlandi.

Bu haqda filialning Yerlarning auksionga chiqarish mutaxassisi Baxtiyor Chorshanbiyev ma'lum qildi.

Mas'ulning ta'kidlashicha, o'tgan yilda 13.42  gektarli 393 ta  bo'sh yer maydonlari xatlovlar natijasida aniqlangan. 1.67  gektarga teng 46 ta yer uchastkalarining esa auksion savdolarida g'oliblari ma'lum bo'lgan.

Ta'kidlash joizki, yanvar oyida eng ko'p bo'sh yer maydonlari tumanning "Qushtegirmon" va "Tatar" mahallalari hududlaridan aniqlangan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr xizmatiga oid murojaatlar mas'ullar e'tiborida. Qarshi shahar filiali tadbirkorning murojaatini tez fursatda hal etdi

Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorning Davlat xizmatlari markazi orqali yo'llagan murojaati Davlat kadastrlari palatasi Qarshi shahar filiali xodimlari tomonidan ijobiy hal etildi.

Qarliqxona mahallasi, Nasaf ko'chasidagi noturar joy obyekti va unga tegishli bo'gan huquqiy hujjatlar mas'ullar tomonidan o'rganib chiqildi.

O'rganishlar davomida ko'chmas mulkka oid asosli hujjatlarning mavjudligi ma'lum bo'ldi. Olib borilgan amaliy ishlar natijasida Qarshi shahar filiali xodimlari noturar joy toifasidagi ko'chmas mulk obyektining kadastr pasportini belgilangan muddatda tayyorlab berishdi.

Kadastr idoralari vakolati doirasidagi murojaatlarni ijobiy hal etishda davom etadi.

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari

75-227-51-13

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#bilasizmi

🏠 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m),

mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5,1 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

75-227-51-13

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yanvar oyida yerga oid qonunbuzarliklarning eng ko'pi Qarshi shahrida aniqlandi

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va tuman, shahar bo'limlari tomonidan yanvar oyida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 220 ta holatda 57 gektardan ortiq yer maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlangan.

Yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 5 gektardan ziyod yer maydonida sodir etilgan 41 ta qonunbuzilish holati fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.

Hududlar bo‘yicha tahlil qilinganida qonunbuzilish holatlarining eng ko‘pi Qarshi shahri (36 ta),Chiroqchi (26 ta) va Dehqonobod tumani (25ta ) hududlarida aniqlangan.

75-227-81-95

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий соҳалардаги устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по обсуждению приоритетных задач в социальных сферах.

#Mirziyoyev #videoselektor #ijtimoiysohalar #raqamlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X