Qashqadaryo kadastr_press
2.73K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.17K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashib borishmoqda

Ze'ro siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik jamiyat rivojiga hissa qo‘shishda faol bo‘lishni taʼminlaydi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (850 000 so‘m);

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Huquqiy_malumot
#Kadastr

❗️Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

▪️Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

▪️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

▪️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

‼️Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yer va ko'chmas mulk masalalari. Dehqonobodda kadastr xodimlari aholi murojaatlarini o'rganishmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida  inson manfaatlari, fuqarolar muammolarini ijobiy yechim toptirish va eng asosiysi, "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" shiori ostida amaliy ishlar yo'lga qo‘yilgan.

Jumladan, viloyatning Dehqonobod  tumanida aholining kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan  mahallabay, xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kadastr xodimlari tomonidan O'zbekiston, Obod, Mustaqillik, Boshchorbog' va Duob mahallalari aholisining murojaatlari o‘rganilib,ularga tegishli huquqiy tushunchalar berib kelinmoqda.

Bugungi kungacha Dehqonobod tumani filialiga yer va ko'chmas mulk masalasida 20 dan ziyod murojaatlar yo'llangan.

Qashqadaryoda kadastr yo‘nalishida aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etadi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Bilasizmi

❗️Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Farmonni imzoladi.

Unga ko'ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali o‘ttiz yilga ijaraga beriladi, bunda boshlang‘ich narx yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini uch yil muddatda har oyda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

➡️ Batafsil: Uza.uz maqolasida

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik siz uchun

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.


🇺🇿 telegram | instagram | facebook
G'uzor tumanida yer va kadastr sohasiga oid aholining 30 ga yaqin murojaatlari o'rganildi

Bu haqda Kadastr filialining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi Manzura Xolmaxmatova ma'lumot berdi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida  inson manfaatlari, fuqarolar muammolarini ijobiy yechim toptirish va eng asosiysi, "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" shiori ostida amaliy ishlar yo'lga qo‘yilgan.

Jumladan, viloyatning G'uzor tumanida ham aholining kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan  mahallabay, xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

"Kadastr xodimlari tomonidan Avg'onbog', Yonqishloq,  Chaqar va Sherali mahallalari aholisining murojaatlari o‘rganilib,ularga tegishli huquqiy tushunchalar berib kelinmoqda" — deydi mutaxassis

Bugungi kungacha G'uzor tumani filialiga yer va ko'chmas mulk masalasida 30 ga murojaatlar yo'llangan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olgan shaxsga chora ko'rildi

Kadastr agentligining Shahrisabz tuman bo'limi tomonidan Istiqbol MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

O'rganishlar davomida fuqaro R.T hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada, M 39 avto magistral yo'lining chap tomonidagi yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy ravishda ko'chma savdo do'konini o'rnatib olganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi MJTtKning 60- moddasi 2-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, qonunbuzarlikni 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasmiy ogohlantirish berildi.

Qonunchilikka ko'ra,yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh barobari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#kadastr #nazorat

Geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish javobgarlikka sabab bo'ladi.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik Toʼgʼrisidagi Kodeksining 69-moddasiga asosan.

Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish:

🔹 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha;

🔹 Mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryoda nomida ko'chmas mulki bo'lgan 150 mingdan ziyod ayol mulkdorlar bor

🔹Davlat kadastrlari palatasining
ma’lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha ayol mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 152 852 tani tashkil etadi.

Viloyat bo‘yicha eng ko‘p ayol mulkdorlar Qarshi shahrida(29 496 nafar ), eng kam mulk egalari esa Mirishkor tumanida.Mazkur tumanda mulkdor ayollar soni 3788 nafarni tashkil etadi.

Hududlar kesimida ko'rilganda:

🏡 Chiroqchi tumanida 7604
🏡 Dehqonobod 4383
🏡 Gʻuzor 7 360
🏡 Kasbi 6239
🏡 Kitob 10 506
🏡 Ko'kdala 4 231
🏡 Koson 8 560
🏡 Muborak 5 860
🏡 Nishon 9 530
🏡 Qamashi 8 533
🏡 Qarshi tumani 14 522
🏡 Shahrisabz tumani 19
🏡 Shahrisabz shahri 9 209 va Yakkabog‘ tumanida 12 239
nafar nomida ko'chmas mulki bor bo'lgan ayol mulkdorlar bor.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qamashida Kadastr xodimlari tuman aholisining sohaga doir murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rganishmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida  inson manfaatlari, fuqarolar muammolarini ijobiy yechim toptirish va eng asosiysi, "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" shiori ostida amaliy ishlar yo'lga qo‘yilgan.

Jumladan, viloyatning Qamashi tumanida ham aholining kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan  mahallabay, xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

"Kadastr xodimlari tomonidan eng ko'p Samarqand, Chuqurqishloq,  Qorabog' va Qoratepa mahallalari aholisining murojaatlari o‘rganilib, ularga tegishli huquqiy tushunchalar berib kelinmoqda" — deydi Qamashi tumani filialining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi Bahodir Xurramov

Bugungi kungacha Qamashi tumani filialiga yer va ko'chmas mulk masalasida jami 31 ta murojaatlar yo'llangan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqaralari mas'ullari tomonidan korrupsiyaga qarshi  kurash, o'z xizmat vazifasiga halol va vijdonan yondashish mavzularida davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda.

Yanvar oyida ushbu mavzudagi tadbirlar viloyatning 6 ta tumanida joylashgan Kadast idoralarida o'tkazildi.

❗️Ko'kdala tumani
❗️Kasbi tumani
❗️Mirishkor tumani
❗️Yakkabog' tumani
❗️Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumani

🇺🇿 telegram | instagram | facebook