🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun🇺🇿 🌏 Mustaqilligimizning dastlabki yillarida qabul qilingan Konstitutsiya bergan huquq va imkoniyatlar tufayli hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida ulkan yutuq va natijalar qoʻlga kiritildi. Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati boʻlgan bosh qomusimiz bilan har qancha faxrlansak, gʻururlansak arziydi.
📖 Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning
90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat bermoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlat qurilishining yangi strategik maqsadi – ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.
🇺🇿 Konstitutsiya inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni ko'rsatadi. Shu munosabati bilan, barcha O'zbek xalqini ulugʻ tarixiy sana -
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, farovon, Mustaqil Vatanimizda xalqimizning qadr-qimmati va sha'ni doimo yuksak bo'lishiga tilakdoshman.Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev#DavKadastrPalata #muhim_sanaIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter