Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
▫️Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari▫️

🔷Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnomani Davlat xizmatlari markazidan yoki YaIDXP orqali olishingiz mumkin.

🔷So‘rovnomaga ariza beruvchi — jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar, ma’lumotnoma oluvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi.

🔷Bazaviy Hisoblash Miqdorining 3 % miqdorida to‘lov amalga oshiriladi (arizada ko‘rsatilgan shaxslarning har biriga nisbatan). Agar siz YaIDXP orqali so‘rovnoma yuborsangiz, unda yuqoridagi summaning 90 % to‘lanadi.

🔷So‘rovnomangizga 3 ish kunida javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
💠DXMdagi xizmatlarimiz

Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi qanday amalga oshiriladi?

▶️Siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

📃Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

bino va inshootlarning joylashgan manzili, kadastr raqami, turar joy yoki noturar joyligi, umumiy maydoni, umumiy yashash maydoni, huquq egasi (egalari), bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi, bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi, cheklanish mavjudligi, kadastr qiymati.

🗣Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi.

◾️Xizmat narxi - 16 500 so'm (BHMning 5 foizi) miqdorida

🕔Xizmat ko'rsatish muddati – realvaqt rejimida

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirishingiz mumkin

Bu qanday amalga oshiriladi?

🗣Siz  onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirishingiz mumkin

◾️O‘zingizga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz portali orqali onlayn xususiylashtirishingiz mumkin. (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi)

📃Xizmatdan foydalanish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:

◾️ Jismoniy shaxs: talab etilmaydi

◾️Yuridik shaxs: yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori (agar bu ariza beruvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa)

🕔 Xizmat ko'rsatish muddati: 5 ish kuni mobaynida

◾️ Xizmat ko'rsatish narxi – 29700 so'm (0.09 BHM)

◾️Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DXMdagi xizmatlar

Siz uy-joyingizning «snos»ga tushgan yoki tushmaganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

◼️Bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma’lumotnoma olish uchun DXM yoki YIDXPga murojaat qilinadi.

◼️Ma’lumotnoma olish uchun arizalar YIDXP (my.gov.uz) orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

◼️Ma’lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron manziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #DXM_xizmatlar

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM