Qashqadaryo kadastr_press
2.72K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.15K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Rais o'rinbosari Chiroqchida o'tkazilgan sayyor qabulda 30 dan ziyod fuqarolarning murojaatlariga e'tibor qaratdi

Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Inamov Nozimjon Ravshanovich boshchiligida o'tkazilgan sayyor qabulda jami 34 nafar fuqaro va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Jonli muloqotlar jarayonida joyida hal qilish imkoni bor 14 ta masalalarga o'sha yerning o'zida yechim topildi.

Ijrosi vaqt talab etadigan 20 ta masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanib,vakolat doirasidagi murojaatlarni ijobiy hal etish bo'yicha aniq muddat va mas'ullar tayinlandi.

Sayyor qabul davomida eng ko'p murojaat ko'chmas mulkka egalik huquqini olish masalasida bo'ldi.

Bundan tashqari yer uchastkasi ajratish, kadastr hujjatini tayyorlab berish, kadastr kodini o'chirish, ma'muriy qarorni bekor qilish va yer uchastkasidagi nizoli holatlar bo'yicha ham fuqarolar savol va murojaatlar bilan mas'ullarga yuzlanishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

▶️ E'LON!

◼️ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabariga ko‘ra, Hisob kitoblar kliring tizimi (MUNIS) hamda Tezkor to‘lovlar tizimlarida texnik profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan 2023-yilning 25 noyabr kuni soat 23:00dan - 26 noyabr kuni soat 01:00gacha mazkur tizimlar bilan amalga oshiriladigan barcha elektron ma’lumotlar almashinishlar to‘xtatilishi ma’lum qilindi.

Shu boisdan hamyurtlarimizga tizimda texnik profilaktik ishlari tugallangunga qadar kadastr xizmatlari bo‘yicha to‘lovlarni vaqtincha amalga oshirmasliklarini tavsiya etamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu haftada ham shahar, tuman hokimliklarining telegram kanallarida Kadastr filiallarining faoliyati haqida gapirildi

Bu galgi mavzu aholi murojaatlari.

Jamoatchilikka ma'lumot berish borasida Shahrisabz shahri, Qamashi, Mirishkor tumani mas'ullari birinchilardan bo'lishdi.

📌Koson, Qarshi va Kasbi tumani filiallari esa vazifani so'ngi uchlikda yakunlashdi:

1⃣ Shahrisabz shahri hokimligi
2⃣ Qamashi tumani hokimligi
3⃣ Mirishkor tumani hokimligi

📝 Qarshi shahar hokimligi
📝 Chiroqchi ovozi
📝 Muborak tumani hokimligi
📝 Kitob tumani hokimligi
📝 G'uzor xabarlari
📝 Shahrisabz tumani hokimligi
📝 Yakkabog' tumani hokimligi
📝 Ko'kdala tumani hokimligi
📝 Nishon tumani hokimligi
📝 Dehqonobod 24

1⃣4⃣ Kasbi tumani (KO'RISH)
1⃣5⃣ Koson tumani (KO'RISH)
1⃣6⃣ Qarshi tumani (KO'RISH)

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr boshqarmasi ham savobli tashabbusdan chetda qolmadi. G'ayrat Hamroyev o'zi tug'ilib o'sgan qishloq qabristoniga daraxt ekdi

Viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishda qabristonlar hududini obod qilish yuzasidan topshiriq berilgan edi.

Qabristonlar muqaddas joy. Unga e’tiborsizlik ajdodlar ruhiga hurmatsizlik sanaladi. Shu sababli bu kabi savobli sa'y-harakatlarda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i ham shaxsiy tashabbus ko'rsatmoqda.

G'ayrat Hamroyev bugun o'zi tug'ilib o'sgan Kasbi tumanidagi Sulton Mirhaydar ota qabristoniga mevali va manzarali ko'chatlarni ekib, obod manzilning yanada obod bo'lib, yashillikka burkanish jarayonlarida faollik ko'rsatdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
MUNOSABAT

Antikorrupsiya telegram kanalida Qashqadaryo viloyati, Ko'kdala tumanidagi fermer xo'jaligi yerida noqonuniy ravishda qurilish qilinayotgani aytilgan videomurojaat e'lon qilingan.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan mazkur holat bo'yicha o'rganish ishlari olib boriladi.

Holat o'rganilib, yakunlari bo'yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

🗣 Hurmatli Qarshi shahri va Qarshi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🟦Sizning kadastr xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qarshi shahri hamda Qarshi tumani filiallari mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👁Mavzu: "Kadastr xizmatlarini ko'rsatish tartibi"

Jonli efir Qarshi shahri hamda Qarshi tuman hokimligining TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

📆 Vaqti: Qarshi shahri aholisi uchun 2023-yil 28-noyabr, 11:00 da

Qarshi tumani aholisi uchun 2023-yil 28-noyabr, 15:00 da

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #audio_muloqot

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Diqqat, e’lon!

📶 “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlarida rejali modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan 2023-yilning 28-noyabr va 1-dekabr kunlari soat 00:00dan 06:00gacha my.gov.uz orqali ko‘rsatiluvchi elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

▪️Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shahrisabz tumanidagi 60 dan ziyod ko'p qavatli uylar kadastrning elektron axborot tizimiga kiritildi

Mamlakatimizda ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va yerdan foydalanuvchilar chegaralarini aniqlash hamda ularga oid maʼlumotlarni tegishliligi bo‘yicha “UzKAD” axborot tizimiga kiritish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib borilmoqda.

Shahrisabz tumanida jami 66 ta ko'p qavatli uylar mavjud.Ularning egallagan yer maydoni 29,5 gektarni tashkil etadi.

Bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi Shahrisabz tumani fililali  tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida tumandagi barcha 66 ta ko'p qavatli uylar hisobga olindi va“UzKAD” axborot tizimiga kiritildi.

Ma'lumot uchun, 2023-yil 1 yanvardan "Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi" (UZKAD) ko‘chmas mulkka oid yagona axborot bazasi sifatida hisoblangan edi.

Bunda tizimdagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.