Qashqadaryo kadastr_press
2.96K subscribers
12.2K photos
1.72K videos
4 files
6.92K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Охирги уч йилда соҳани рақамлаштириш ҳисобига 40 миллион гектар ёки жами ерларнинг 90 фоизи кадастрдан ўтказилди.

Энди қолган муаммоли ерларни ҳам тўлиқ кадастр рўйхатидан ўтказиш шартлиги кўрсатиб ўтилди.

Қишлоқ хўжалиги ерларида аэросуратга оладиган замонавий самолёт ва лабораториялар олиб берилди.

Кадастр агентлигига туман ва шаҳар ҳокимлари билан бирга йил якунигача аэросуратга олиш ишларини Тошкент шаҳри, Тошкент ва водий вилоятларида, келгуси йили эса қолган ҳудудларда тўлиқ якунига етказиш топширилди.

Аэросуратлар асосида қишлоқ ерларини мониторинг қилиш тизими йўлга қўйилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|Twitter
👍2
Сув ҳавзаларини, канал ва коллектор атрофидаги бўш ерларни аҳоли ва тадбиркорларга бериш бўйича қарор қабул қилинган.

Лекин, ер балансида сув фонди ерларининг бор-йўғи 0,3 фоизи экин ери сифатида кўрсатилган. Бу ҳақиқий аҳволдан йироқлиги, зеро сув хўжалигида ерларнинг аксариятида эгалик ҳужжати мавжуд эмаслиги кўрсатиб ўтилди.

Аслида, сув фонди ерларидан қўшимча иқтисодий самара олишнинг бирдан бир йўли – уларни тўлиқ кадастрдан ўтказиш. Бу иш ўрнига ҳам, озиқ-овқат учун ҳам қўшимча захира бўлади.

Мутасаддиларга сув фонди ерларини тартибга солиш бўйича тегишли топшириқлар берилди.

Ҳокимларга сув фонди кадастри қачон тўлиқ бўлади, деб кутиб ўтирмасдан, ҳужжати тайёр бўлган бўш ерларни аҳолига экспортбоп экин экиш учун бўлиб бериш топширилди.

Facebook|Instagram|Twitter
👍2
Йиғилишда кадастр соҳаси учун кадрлар тайёрлаш, уларнинг малакасини ошириш муҳим вазифалардан бири бўлиб қолаётгани таъкидланди.

Кадастр соҳасида 9 мингдан ортиқ мутахассис ишлайди. Лекин бугунги кунда соҳага кадр тайёрлаётган 10 та олийгоҳдаги ўқитиш сифати замондан орқада қолгани қайд этилди.

Уларда факультет ва кафедралар тушуниб-тушунмасдан очилгани, ўқув дастурлари ва таълим методикалари эскиргани айтилди.

Шу боис, 10 та олийгоҳ ректорларига Кадастр агентлиги билан биргаликда келгуси йилда замонавий лабораториялар ташкил қилиш, янги ўқув адабиётлари ва хориждан малакали мутахассисларни олиб келишга кўрсатма берилди.

Facebook|Instagram|Twitter
👍1
Тоифаси ўзгарган ерлар эвазига шу йилнинг охиригача 15 минг гектар янги ерлар ўзлаштирилиши керак эди. Бироқ, 8 минг гектар ерлар ҳалигача ўзлаштирилмаган.

Йил якунигача янги ерларни ўзлаштириш ваъдасини бажармаган ҳокимлар жаримага тортилиши, уларнинг ер тоифасини ўзгартириш бўйича таклифлари умуман қабул қилинмаслиги кўрсатиб ўтилди.

Кадастр агентлигига 2024 йил 1 мартга қадар барча саноат ерларини тўлиқ хатловдан ўтказиш, вилоят ҳокимларига эса 2021 йилгача ажратилиб, қурилиш бошланмаган 7 минг гектар ерни захирага қайтариш топширилди.

Бош прокуратурага бу борада қонун устуворлиги ва жазо муқаррарлигини таъминлаш вазифаси қўйилди.

Бундан буён вилоят кадастр бошлиғини ишга қўйиш ва ишдан олиш Бош вазир томонидан амалга оширилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|Twitter
👍2
Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirishingiz mumkin

Bu qanday amalga oshiriladi?

🗣Siz  onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirishingiz mumkin

◾️O‘zingizga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz portali orqali onlayn xususiylashtirishingiz mumkin. (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi)

📃Xizmatdan foydalanish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:

◾️ Jismoniy shaxs: talab etilmaydi

◾️Yuridik shaxs: yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori (agar bu ariza beruvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa)

🕔 Xizmat ko'rsatish muddati: 5 ish kuni mobaynida

◾️ Xizmat ko'rsatish narxi – 29700 so'm (0.09 BHM)

◾️Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#DIQQAT

Ko'chmas mulkka oid hujjatlarning davlat ro'yxatidan o'tkazilishiga e'tiborli bo'ling

🏘 Qashqadaryo viloyati bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kelib tushgan arizalar orasida to‘lovini kutayotgan murojaatlar 21-noyabr holatiga ko'ra, 2 091 tani tashkil etmoqda.

Qarzdorliklarning eng ko‘pi Qarshi shahri, Muborak ,Qarshi, Koson, Yakkabog' va Nishon tumanlarida kuzatilmoqda.

Jumladan, Qarshi shahri bo'yicha 746 ta, Qarshi tumani 239 ta, Muborak 167 ta, Koson 143 ta, Yakkabog' tumanida 135 ta va Nishon tumanida 121 ta arizalar bo'yicha ko'rsatilgan kadastr xizmatlari uchun to'lovlar amalga oshirilmagan.

Fuqaro va tadbirkorlarga sms xabarnomalar orqali xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish lozimligi haqida xabar berilgan bo‘lsada, ulardan bu to‘lovlarni amalga oshirishda ulardan faollik sezilmayapti.

Yurtdoshlarimizdan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bergan arizalari bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to'lashlarini so‘raymiz.

📑Hujjatlaringizning davlat ro'yxatidan o'tkazilganiga ishonch hosil qilib, ma'muriy javobgarlikdan saqlaning.

Ze'ro, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Boshqarma aloqa raqami 75-227-51-13

#Kadastr_agentligi  #DavKadastrPalata #xizmatlar

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍5
⭐️Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

💠 O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Qarshi tuman bo`limi bosh inspektori

💠 O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Muborak tuman bo`limi bosh inspektori

📃 Arizalar vacancy.argos.uz portali orqali qabul qilinadi.

#Kadastr_agentligi #vacancy

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️⚡️Endi kadastr hujjati bo‘lmagan ekin yerlaridan dehqon va fermerlar unumli foydalanayotgan bo‘lsa, ular bilan ijara shartnomasi tuziladi va kadastr ro‘yxatiga olinadi.

Boshqarma aloqa raqami 75-227-51-13

#Kadastr_agentligi  #DavKadastrPalata #xizmatlar

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍5
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda 🇰🇷Koreyaning geografik axborot instituti rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidan:
🟣Idoralararo taqdimotlar;
🟣Koordinatalar tizimi yo‘nalishida pilot loyihalar;
🟣Ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashgan kartografik maxsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ijtimoiy ahamiyatga loyiha amalga oshirish;
🟣Agentlik xodimlarini Koreyada almashinuv dasturi asosida malakasini oshirish, geodeziya va kartografiya yo’nalishidagi ta’limni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish o’rin oldi.

💠 Uchrashuv yakuniga ko’ra tomonlar yuqoridagi yo’nalishlarda yaqindan amaliy hamkorlik va loyiha oldi tadqiqotlari qilishga kelishdilar.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy web-sayti ishga tushirildi

🌐 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi o'zining barcha ijtimoiy tarmoqlarida faol. Bugungi kunda esa aholining kadastr masalalarida qiziqishlari va murojaatlari soni ham ortib bormoqda.

💠 Endi bizni Uzdkp.uz rasmiy web-sayti orqali ham  kuzatishingiz mumkin. Bunda Siz tizimga oid xabar va yangiliklardan birinchilardan voqif bo‘libgina qolmay, tashkilotning faoliyati, yo'nalishlari haqida ma'lumotga ega bo'lish va murojaatlaringizni to'g'ridan-to'g'ri yuborish imkoniyatiga egasiz.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati tomonidan web-saytning barcha asosiy imkoniyatlarini namoyon qiluvchi 2 qismdan iborat videoqo'llanma tayyorlandi.

▶️ Mazkur videoqo'llanma orqali Siz uzdkp.uz web-saytiga virtual sayohat qilasiz.

📝 Davomi bor...

#DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
UZKAD tizimi orqali Qashqadaryo viloyatining 93 foiz yoki 2 mln 667 ming 346 gektar yer maydonlarining elektron xaritasi yaratilib, 2 mln 299 ming 609 gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Jumladan, 2 mln 85 ming 418 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, 321 ming 785 gektar o‘rmon fondi yerlari, 68 ming 834 gektar tabiatni muhofaza qilish yerlari, 11 ming 887 gektar sanoat yerlari va 14 ming 957 gektar zaxira yerlari hisobga olindi.

Bugungi kungacha viloyatdagi mavjud 37 090 gektar suv fondi yerlaridan 18 719 gektari va Uzkadda hisobga olingan 3 985 gektar umumiy foydalanishdagi yo‘llardan 3 937 gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qolgan ichki avtomobil yo‘llarning yer ajratish qarorlari va chegaralari belgilanmaganligi sababli, ushbu yerlar hisobga olinmasdan turibdi

Davlatimiz rahbari tomonidan suv fondi yerlari va ichki avtomobil yo‘llari egallagan yerlarni hisobga olish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha vazirlik hamda idorlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍1
Kadast muhandislari mahallalarda

🌟Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) filiallari xodimlari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida fuqarolarning kadastr sohasiga oid taklif va murojaatlari “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◾️Kadastr muhandislari tomonidan Shahrisabz shahrining "Sohibquron", "Zargarlik" hamda Qarshi tumanining "Jumabozor" mahallalarida bo‘lib fuqarolarning kadastr sohasiga oid taklif va murojaatlari vakolat doirasida ijobiy hal etildi.

©️Aholi manfaatlari uchun yo'lga qo'yilgan ushbu tashabbus fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolariga ijobiy yechim topishda davom etmoqda.

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #Xalq_xizmatida

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Kadastr

Kasbi tumanidagi 55 ming gektarga yaqin qishloq xo'jaligi foydalanishida bo'lgan yer maydonlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Kasbi tumani filiali rahbari Sherzod Mahmudov filial xodimlari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida UzA muxbiriga ma'lumot berdi.

Batafsil— UzA maqolasida

#Kadastr_agentligi  #DavKadastrPalata  #Xalq_xizmatida

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍5