#Qashqadaryo_kadastr #yer_nazorat
O'zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida qurilgan beton poydevor bartaraf etildi
Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limi tomonidan Otchopar MFY, Yangi chaman-3 massivi manzilidagi yer maydoni fuqaro tomonidan huquqiy hujjatsiz, o'zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.
Qonunchilikka ko'ra, o'zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi haqida fuqaroga ma'lumot berildi.
Shundan so'ng, fuqaro mazkur noqonuniy qurilmaning bir qismi (86,22 kv.metr)ni ixtiyoriy ravishda buzib olgan. Biroq qolgan qismini. bartaraf etmaganligi sababli bo'lim tomonidan Fuqarolik ishlari bo’yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Sud qaroriga ko'ra, noqonuniy ravishda qo'yilgan beton poydevor bartaraf etildi.
🇺🇿 telegram | instagram | facebook

#Qashqadaryo_kadastr_davra_suhbati
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq. Unga qarshi kurashish esa bugun eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarida ham ayni yo‘nalishda muntazam targʻibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi davra suhbati Qarshi tumani bo'limi va filiali xodimlari uchun tashkil qilindi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari tomonidan xodimlarning mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi, korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

#Qashqadaryo_kadastr #sayyor_qabul
AHOLI MUROJAATLARI E'TIBORDA
Ayni paytda Nishon tumanida aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Boshqarma mas'ullari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Sayyor qabul natijalari bo'yicha yana ma'lumot beriladi.