Qashqadaryo kadastr_press
2.77K subscribers
11.2K photos
1.57K videos
4 files
6.3K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yerlarning hisobini elektron holda yuritish shaffoflikni ta'minlaydi

Milliy matbuot markazida o'tkazilgan tadbirda G'ayrat Hamroyev yer hisobini elektron holda yuritishning afzalliklari haqida ma'lumot berdi.

"2022-yilda Qashqadaryo viloyatining mavjud 2,9 mln gektarga yaqin yer maydonlaridan 2,5 mln gektari milliy geoaxborot tizimi  “Uzkad” yagona integratsiyalashgan dasturida aks ettirildi.

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Qashqadaryoda Kadastr boshqarmasi va uning filiallarida obodonlashtirish tadbirlari o'tkazildi

🌿Bahoriy yasharish, yangilanish va go‘zal ko‘klam ayyomi bo‘lgan Navro‘zi olam arafasida yurtimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan an'anaviy xayriya hasharida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) filiallari xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

🪴🍀Erta tongdan obodonlashtirish harakatlari boshlanib, daraxtlarni oqlash va manzarali gullarni ekish ishlari amalga oshirildi. 

💐Dillarga yorug‘lik, ko‘ngillarga fayzu shodliklar bag‘ishlovchi, nafosat va poklanish bayrami — navqiron Navro‘z ayyomi kadasr jamoasi tomonidan ana shunday ko‘tarinkilik va ishchan kayfiyatda qarshi olinmoqda!

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Osiyoda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga Qashqadaryoda muboraklik kadastrchilarga tenglasha oladigan raqib topilmadi

⚽️ Qarshida kadastr xodimlari o'rtasida o'tkazilgan mini-futbol musoqalari o'z yakuniga yetdi.

Uch kun davom etgan musobaqada raqiblariga imkoniyat qoldirmagan Chiroqchi va Muborak tumani filiallari finalgacha yetib kelishdi.

Turnirni mag'lubiyatsiz o'tkazib, hal qiluv bahsida chiroqchilik hamkasblarini taslim etgan muboraklik kadastrchilar yakunda CHEMPIONLIKNI qo'lga kiritishdi.

Chempionlar kubok, medallar va O'zbekiston bo'ylab sayohat vaucheri bilan taqdirlanishdi.

G'oliblarga tarixiy shaharlarga sayohat qilish imkoniyati yaratiladi.

🏅🏆 MUBORAKKA G'ALABA MUBORAK BO'LSIN !!!

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 #KADASTR #INTERVYU

Qashqadaryo viloyatida yer nazorati yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, yerga oid qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari haqida Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi boshlig'i  Jasur Usmonov Qashqadaryo telekanalining "MULOQOT" ko'rsatuvida ma'lumot berdi

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Барчамизга ғалаба муборак бўлсин!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Aholining ko'chmas mulk va kadastr sohasidagi bilimlari sezilarli darajada oshib bormoqda"— G'ayrat Hamroyev

Milliy matbuot markazida bo'lib o'tgan tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i 2022-yilda kadastr pasporti bilan bog'liq murojaatlarning sezilarli darajada ko'payganiga to'xtalib o'tdi.

"Murojaatlar keskin ortgan. Buning asosiy sabablari xalqimizning, fuqarolarimizning kundan-kunga huquqiy tushunchalari ortib borayotganligi, Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarining shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda odamlarning yerga va mulkka bo‘lgan munosabatlari keskin o‘zgarayotganligi, qolaversa Davlat rahbari tomonidan qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlar asosida aholi va tadbirkorlar uchun mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, yerlarni bozor aktiviga  aylantirish kabi keng imkoniyatlarning yaratilayotganligi natijasidir" — deydi G'ayrat Hamroyev.

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Qashqadaryo #matbuot_tadbirlari_oyligi

"Biz qonunchilikni to'g'ri tushuntirsak, Qashqadaryo xalqi qonunlarni hurmat qiladigan mard xalq"

Jasur Usmonov yerga oid qonunchilikning aholiga tushuntirib borilayotgani o'z natijasini berayotgani haqida gapirdi

2022-yilda kadastr xodimlari tomonidan olib borilgan targ'ibot ishlari natijasida yerlarni noqonuniy egallab olishga oid holatlarning 86 foizi aholi tomonidan  ixtiyoriy bartaraf etildi.

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress