Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kadastr agentligi samarali xizmat faoliyati uchun 50 dan ziyod xodimlarni taqdirladi. Ular orasida qashqadaryolik kadastrchilar ham bor

Kadastr agentligi Agentlikning va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarmalari va ularning bo'lim va filiallarida yil davomida o'z xizmat vazifasini chin yurakdan bajargan, samarali mehnat qilgan, tashabbuskor, mehnatsevar  va fidokor bir guruh xodimlarni bayram arafasida taqdirladi.🎉

Taqdirlangan 56 nafar kadastr xodimlari safida mehnat faoliyati e'tirof etilgan qashqadaryolik kadastr xodimlari ham bor. ULAR;


🏅Feruz TOIROV— Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazorati bo'limi boshlig'i;

🏅Nomoz CHORIYEV—Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati rahbari—boshliq maslahatchisi;

🏅Berdimurod Ro'ziyev— Qarshi tumani bo'limi Bosh inspektori

🏅Xurriyat Aliqulova— Qarshi tumani filialining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi.

E'tirof muborak bo'lsin !!!

@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirishkorda davo muolajalarini olayotgan bolajonlar qalbiga quvonch ulashildi. Savobli ishda Mirishkor tumani filiali ham o'z hissasini qo'shdi

Pomuq shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo‘limi, bolalar bo‘limida davolanayotgan bolalar, tug‘ruqxonada dunyoga kelgan chaqaloqlarning onalari va shifoxona xodimlariga Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram sovg‘alar topshirildi.

@Qashkadastrpress
Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1️⃣ Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari
2️⃣ Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda
3️⃣ Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - Bazaviy hisoblash miqdorining
15 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda
4️⃣ Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - Bazaviy hisoblash miqdorining
30 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda
5️⃣ Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - Bazaviy hisoblash miqdorining
50 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda
6️⃣ Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk - Bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda

🔰 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1️⃣ Ko‘p kvartirali uydagi kvartira — Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda
2️⃣ Yakka tartibdagi turar-joy — Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda


@Qashkadastrpress
#2023_yil_1_yanvardan

Kadastr agentligining hududiy tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Hududiy boshqarma va bo'limlar faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi.

🚫 Hududiy bo'limlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar tomonidan aralashish yoki ta'sir o'tkazish qat'iy taqiqlanadi.

@Qashkadastrpress
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан:

- Ачилбай Жуманиязович Раматов Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Джамшид Анварович Кучкаров Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Жамшид Абдухакимович Ходжаев Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Зулайхо Бахриддиновна Махкамова Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Шерзод Давлятович Кудбиев Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёт ва молия вазири лавозимига;

- Лазиз Шавкатович Кудратов Ўзбекистон Республикаси инвестициялар, саноат ва савдо вазири лавозимига;

- Бобир Фархадович Исламов Ўзбекистон Республикаси
тоғ-кон саноати ва геология вазири лавозимига;

- Батир Иркинович Закиров Ўзбекистон Республикаси
қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазири лавозимига;

- Бехзод Анварович Мусаев Ўзбекистон Республикаси камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири лавозимига;

- Иброхим Юлчиевич Абдураҳмонов Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазири лавозимига;

- Хилола Уктамовна Умарова Ўзбекистон Республикаси
мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимига;

- Азиз Абдукахарович Абдухакимов Ўзбекистон Республикаси табиат ресурслари вазири лавозимига;

- Адхам Ильхамович Икрамов Ўзбекистон Республикаси ёшлар сиёсати ва спорт вазири лавозимига;

- Шерзод Хотамович Шерматов Ўзбекистон Республикаси рақамли технологиялар вазири лавозимига;

- Озодбек Ахмадович Назарбеков Ўзбекистон Республикаси маданият ва туризм вазири лавозимига;

- Жўрабек Турсунпулатович Мирзамаҳмудов Ўзбекистон Республикаси энергетика вазири лавозимига;

- Амрилло Шодиевич Иноятов Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазири лавозимига тасдиқланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Yana bir necha soatlardan so'ng yangi 2023-yilni qarshi olamiz

O'tgan yil davomida Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo'limlari tomonidan yerlarni o'zboshimchalik bilan egalashga oid 1934 ta holat aniqlandi.(KO'RISH)

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va filiallarida aholiga ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo'nalishida, ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar berish, kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha shaffof kadastr xizmatlari ko'rsatildi.(KO'RISH)

Ko'rsatilgan xizmatlar natijasida 35 mingga yaqin yuridik va jismoniy shaxslarga, viloyat ahliga kadastr hujjatlari belgilangan muddatlarda tayyorlab berildi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari jamoasi
oliyjanob, bagʻrikeng xalqimizni kirib kelayotgan 2023-yil bilan samimiy qutlaydi.

Yangi yil yangi orzu-maqsadlari yili bo'lsin !

@Qashkadastrpress
Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ko‘chmas mulk obyektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari bilan tanishing

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi;

🏡Yakka tartibdagi turarjoy - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qarori

@Qashkadastrpress
Qashqadaryoda o'tgan yilda kadastr xodimlarining tushuntirishlari natijasida yer maydonlarini noqonuniy egallab olishga oid 1000 dan ziyod holat fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan

Qashqadaryo viloyatida 2022- yilning o‘tgan 12 oy davri davomida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 1 934 ta holatda 1 720,7 gektar yer maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlangan.

Bu haqda Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati bo'limi boshlig'i Feruz Toirov ma'lumot berdi.

Mas'ulning ma'lum qilishicha, Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman-shahar bo‘limlari tomonidan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonunbuzilish holatlarining 1 025 tasi ya'ni 1 484,5 gektari joyning o‘zida bartaraf etilgan.

"Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to‘g‘risida 909 ta (236,2 gektar) da’vo arizalari kiritilib, shundan 541 tasi qanoatlantirilgan. 357 ta da’vo arizalari hozirgi kunda ko‘rib chiqish jarayonida"— deydi Feruz Toirov.

Hududlar kesimida tahlil qilinganida kadastr xodimlari yerga oid qonunbuzilish holatlarining eng ko'pini Yakkabog‘ tumanida aniqlashgan. 217 ta holatda 30,1gektar.

Qo'shimcha qilinishicha, qonunbuzarlik holatlari Qamashi tumanida 185 ta holatda 88,1 gektar, Qarshi tumanida 181 ta holatda 26,1 gektar, Koson tumanida 153 ta holatda 1 174,0 gektar va Kasbi tumanida 155 ta holatda 120,8 gektarni tashkil qilgan.

Mavzuga doir: 📹 Yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish qonun bilan taqiqlanadi

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari bilan tanishing

🏡 Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turar-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bepul;

🏡 Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

🚜 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

🏢 Noturar obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

🔹Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qarori

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Kadastr pasportining shakllari haqida bilasizmi ?

Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:

ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;

yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;

noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk ob’yektining kadastr pasporti;

yer uchastkasining kadastr pasporti;

qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʼzboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish qanday javobgarliklarga sabab boʼlishini bilasizmi?

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (3-qismi)ga asosan;

📌Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

🔹Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

🔹Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

📹 videorolikni tomosha qiling

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sarhisob. 2022-yilda Qashqadaryoda kadastr xodimlari 1 700 gektardan ziyod yer maydonlarida qonunbuzilish holatlari sodir etilganini aniqlashdi

2022-yilda viloyatda yerlarni noqonuniy egallab olish va ularda qurilish ishlarini olib borilishining oldini olish maqsadida kadastr xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari olib borildi.

O'tgan 12 oy vaqt davomida Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi va bo'limlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 1 934 ta holatda 1 720,7 gektar yer maydonida qonunbuzarlik holatlarini aniqlashdi.

Tadbirlar davomida yerlarni noqonuniy egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi aholiga tushuntirib borildi.

📸 Mazkur yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil Effect uz saytida tanishing

YER NAZORATI TADBIRLARI HUDUDLAR KESIMIDA

📹 Qarshi shahri
📹 Chiroqchi tumani          
📹 Dehqonobod tumani              
📹 Gʻuzor tumani             
📹 Kasbi tumani              
📹 Kitob tumani                
📹 Koson tumani
📹 Muborak tumani
📹 Yakkabog' tumani   
📹 Mirishkor tumani           
📹 Nishon tumani              
📹 Qamashi tumani        
📹 Qarshi tumani              
📹 Shahrisabz tumani       
📹 Shahrisabz shahri
📹 Ko'kdala tumani

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo kadastr_press
Photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Axborot texnologiyalari sohasida malaka oshirib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan rahbar xodimlarga sertifikatlar topshirildi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida tashkil etilgan tadbir tafsilotlari bilan Nasaf telekanalining "Xabarlar" informatsion dasturida efirga uzatilgan lavhada batafsil tanishasiz.

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklasa bo'ladimi ?

Ha tiklash mo'mkin.Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Agar siz oʻzingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2022-yil sarhisobi: Qashqadaryoda qariyb 35 ming murojaatchi kadastr hujjatiga ega bo'ldi

Bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan aholiga 10 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilib, kadastrga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish elektron tarzda amalga oshiriladi.

Bunda har bir murojaat Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib ijrosi ta’minlanadi.

Qashqadaryoda 2022-yilda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 34 674 ta yer uchastkasi hamda ko‘chmas mulkka kadastr pasporti tayyorlab berildi.

Ma’lumot uchun, kadastr hujjatini tayyorlash yuzasidan eng ko‘p murojaat viloyatning Qarshi shahri aholisidan kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar 9107 tani tashkil qilgan.

Kadastr hujjatlarini tayyorlash hududlar kesimida tahlil qilinganda;

Qarshi shahrida 9 107 ta, Shahrisabz shahrida 2 119 ta, Chiroqchi tumanida 1 349 ta, Dehqonobod tumanida 892 ta, G‘uzor tumanida 1 506 ta, Kasbida 955 ta, Kitobda 3 161 ta, Ko‘kdala tumanida 328 ta, Kosonda 1 622 ta, Mirishkor tumanida 1 189 ta, Muborak tumani 900 ta, Nishonda 1 777 ta, Qamashida 1 343 ta, Qarshi tumani 4 734 ta, Shahrisabz tumani 1 671 ta va Yakkabog‘ tumanida 2 018 ta yer uchastkalari hamda ko‘chmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berilgan.

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali kadastr masalasida kelib tushgan murojaatlarning qariyb 78 foizi ijobiy hal etildi.

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va hududiy filiallarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali 2022- yilning 1-martidan 26-dekabr kuniga qadar jami 1243 ta murojaat kelib tushgan.

Bu haqda boshqarma axborot xizmatiga Umumiy bo'lim boshlig'i Umarjon Oripov ma'lumot berdi.

Mas’ulga ko‘ra,MUROJAATLARNING 727 tasi kadastr hujjatlarini tayyorlash, 53 tasi yer maydoni ajratish so'rovlari, 76 tasi yer maydonini noqonuniy egallaganlik va noqonuniy qurilishlar to‘g‘risida, 73 tasi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan, 17 tasi mulkka egalik qilish va undan foydalanish to‘g‘risida, 16 tasi mol-mulkka egalikni tasdiqlash va 281 tasi boshqa masalalar yuzasidan.

Yil davomida kadastr masalasida kelib tushgan murojaatlarning 897 tasi ya'ni 77,5 foiziga ijobiy yechim topilgan.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda eng ko'p murojaatlar: Qarshi shahri(100 ta), Chiroqchi (145 ta), Qarshi (116 ta), Dehqonobod (113ta) va Koson(113 ta) tumanlaridan kelib tushgan.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali yil davomida eng kam murojaatlar kelib tushgan hududiy filiallar quyidagilar; Muborak tumani (24 ta), Shahrisabz shahri (36 ta), Kasbi tumani (55 ta), Mirishkor tumani (58 ta)" —deydi Boshqarmaning umumiy bo'lim boshlig'i Umarjon Oripov.

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM