Qashqadaryo kadastr_press
2.72K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.17K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyatida ishchi-xodimlar o'rtasida korrupsion holatlarini oldini olish borasida tizimli harakatlar davom etmoqda.

◽️Joriy yil boshida viloyat boshqarmasida Korrupsiya holatlari haqida xabar berish qutisi tashkil etilgan bo'lsa, yanvar fevral oylarida har bir bo'lim va filiallarda xodimlar bilan korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etildi.


📹 Hozir esa yana bir video targ'ibot materiali...

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida tayyorlangan viderolikni tomosha qiling !

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Ertaga Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Shahrisabz shahrida sayyor qabul o'tkazadi.

7-iyun kuni Kadastr agentligi direktori o'rinbosari To'lqin Abdullayev Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida sayyor qabul o'tkazadi.

Bugun viloyat boshqarmasida o'tkazilgan yig'ilishda mazkur qabulga tayyorgarlik ko'rish hamda ishchi-xodimlar o'rtasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan masalalar muhokama etildi.

Sayyor qabul 12-00 da boshlanadi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
#Qashqadaryo_kadastr #antikorrupsiya_tadbirlari

▪️Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illatkorrupsiya va poraxo‘rlikdir.

Qashqadaryoda kadastr sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida boshqarma boshliqlari va ishchi guruhlar tomonidan yil boshidan buyon har bir bo'lim va filiallarida xodimlar bilan korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etildi.

‼️Bundan tashqari o'tgan may oyida antikorrupsiya tadbirlari viloyatning

▪️Mirishkor tumani
▪️Qarshi tumani
▪️Nishon tumani
▪️Shahrisabz shahri
▪️Shahrisabz tumani

▪️Yakkabog' tumani
▪️
Koson tumani
▪️Muborak tumani lari bo'limlari va filiallarida ham o'tkazildi.

‼️Kadastr xodimlarining noqonuniy xatti-harkatlariga guvoh bo'lsangiz bizga xabar bering !

📞 75-227-81-95, 75-227-51-13

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

‼️ Kadastr sohasida muammolarga duch kelsangiz, bizga xabar bering.

VIDEO
. Agar sizda kadastr xizmatlari bo‘yicha muammolaringiz, hal etilmagan ishlaringiz bo‘lsa yoki byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 81 95

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 51 13 telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin ❗️❗️

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Bilasizmi
#Kadastr_xizmati

Ayrim kadastr xizmatlaridan mobil ilova orqali foydalanish mumkin

📲 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasining yangi takomillashtirilgan talqini ishga tushirilgan bo‘lib, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar soni 100 taga yetkazilgan.

Kadastrga oid quyidagi xizmatlar portalning mobil ilovasida to‘liq ishga tushirildi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔸Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔸Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan ko‘chirmalar olish;

🔹Ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma berish;

🔸Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

Ilovani yuklab olish:
Android | IOS

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
#Rasmiy_munosabat

Nasafnews saytida "DXX Qashqadaryoda Kadastr agentligining tuman bo‘limi bosh inspektori va uning sherigini pora bilan ushladi" sarlavhasi ostida sayt o'z manbaasiga tayanib axborot e'lon qilgan.

«Nasafnews» manbasining xabariga ko‘ra,  o‘rmon xo‘jaligining Muborak tumani o‘rmonchisi va Kadastr agentligi Muborak  tumani bo‘limi bosh inspektori Koson tumanida yashovchi fuqarodan 300 AQSH dollari va 2 million so‘m pulni olganda qo‘lga olinganligi ma’lum qilindi.

‼️ Aslida esa, Kadastr agentligi Muborak  tumani bo‘limi bosh inspektori Q.F emas, balki Muborak O‘rmon xo‘jaligining xodimi F.Sh tomonidan pora olinib, tadbir davomida olingan pora agentlik bosh inspektori Q.F ga berishga harakat qilingan.

‼️ Vaholanki, fuqaro S.A va O‘rmon xo‘jaligi xodimi F.Sh lar, bosh inspektorga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida noqonuniy ravishda qurilgan “g‘isht zavodi”ga tegishli ma’muriy choralarni qo‘llamaslik evaziga unga bir necha bor pora olishni taklif qilishgan. Lekin Q.F tomonidan pora olish rad etib kelingan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Kadastr agentligining Muborak tuman bo‘limi bosh inspektori Q.F tasdiqlangan buyruq asosida, bo‘lim yetakchi inspektori va O‘rmon xo‘jaligi mutaxassisi bilan birgalikda o‘rmon xo‘jaligi yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilishlarni joyida aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida tekshirish ishlarini amalga oshirgan.

Tekshirish jarayonida, Koson tumanida yashovchi fuqaro S.A tomonidan hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonida noqonuniy ravishda “g‘isht zavodi” qurilganligi holati aniqlangan.

‼️Shundan so‘ng, qonunbuzilish holatlarini sodir etgan fuqaro S.A Ma’muriy jarimaga tortilmasa pora berishni taklif etgan. Bo‘lim bosh inspektori Q.F tomonidan pora rad etilib, kadastr xodimi qonunda belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qo‘llash uchun “Ma’muriy bayonnomalar ” va noqonuniy qurilishni bartaraf etish maqsadida Sudga hujjatlar rasmiylashtirish harakatlarini amalga oshirgan.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
💼 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining tuman shahar bo'limlari va filillari faoliyati haqida tayyorlangan 📹 video lavhalarni tomosha qiling !

📸 Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi (video)

📸 Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (video)

📸 KASBI TUMANI (video)

📸 SHAHRISABZ TUMANI (video)

📸 SHAHRISABZ SHAHRI (video)

📸 QARSHI SHAHRI (video)

📸 QARSHI TUMANI (video)

📸 KOSON TUMANI (video)

📸 MIRISHKOR TUMANI (video)

📸 G'UZOR TUMANI (video)


https://t.iss.one/Qashkadastrpress
DIQQAT E’LON!

🔊 Hurmatli Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moхir Valiyev hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓Sayyor qabul kuni: 2022 yil 9- iyun, soat 10:00dan

📍Manzil: Qarshi shahri, Nasaf ko'chasi 73 uy - Korxonalarni sog'lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi binosida.

📱Qabulga yozilish uchun +998 75 227 51 13 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #palata_raisi_sayyor_qabuli

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Mirishkorlik faxriy kadastr xodimlari nafaqaga kuzatildi.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Mirishkor tumani filialida ishlovchi ikki nafar faxriy xodim nafaqaga kuzatildi.

Jumladan, Bino inshootlar bo'limi mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan Shamsiddin Mirzayevga, kadastr muhandisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Hasan Qurbonovlarga kadastr sohasiga qo'shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirildi.

Har bir xodimga huddi bugungidek shogirdlar e'zozi nasib etib, ehtirom bilan kuzatilish nasib etsin.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress