Qashqadaryo kadastr_press
2.78K subscribers
11.2K photos
1.57K videos
4 files
6.3K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

🔵 Qishloq xo‘jaligi yer maydoniga bo‘lgan huquqingizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazing!

‼️Yerga bo‘lgan huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi va kafolatlanadi.

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
⁉️ Savol:

Yashab turgan hovlimni kadastr xodimlari o‘lchab ketishgan. Pulim yo‘qligi sababli to‘lov qilolmaganman. Kadastr hujjat olishim uchun qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Onam birinchi guruh nogironi.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi "Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 186-sonli qaroriga asosan I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi. Kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilib, ushbu imtiyozdan foydalanishgiz mumkin.

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress

Bekzod QurbonovHududlar kadastrini yurutish bo'limi boshlig'i
🏡SERVITUT QUYIDAGI MAQSADLARDA BELGILANISHI MUMKIN:

🔹o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;

🔹o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;

🔹o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;

🔹o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;

🔹mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;

🔹o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;

🔹o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.

🔹Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.


🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Sayyor_qabul

🏢 Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Chiroqchi tumani aholisi va tadbirkorlari uchun sayyor qabuli o'tkazildi

Tumandagi Xalq qabulxonasida o'tgan sayyor yig'ilishda aholining kadastr va yerga oid muammo va murojaatlari ko'rib chiqildi.

Avvalroq, bu kabi
qabullar Kasbi tumanida o'tkazilgani va unda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatariga e'tibor qaratilgani haqida xabar bergan edik.

Ma'lumot uchun, navbatdagi sayyor qabul 4 avgust kuni Kitob tumanida tashkil etiladi.

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

▪️Endi, murojaatlarning barchasi yagona elektron bazada yuritilib, Xalq qabulxonalari har chorakda davlat idoralarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ochiq reytingini shakllantiradi.

Joriy yil 1 oktyabriga qadar barcha vazirlik va idoralar, hokimliklarda murojaatlarni ro‘yxatga olish, ularni ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish bo‘yicha Yagona onlayn platforma yaratiladi. Ushbu platforma orqali vazirlik va idoralar, hokimliklarda murojaatlar bilan ishlash faoliyati monitoring qilinib, har oyda Senatga va Hukumatga tahliliy ma’lumot kiritib boriladi.

Shuningdek, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha vazirlik, idora va hududlar rahbarlarining hisobotini Senatda har chorakda, mahalliy hokimliklar hisobotini esa mahalliy Kengashlarda har oyda eshitib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, hududlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Manba: Prezident matbuot kotibi
🇺🇿 Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun!

Davlatimiz rahbari 64 yoshga to‘ldi.

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
Savol:
🔻☑️ O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks”ning 68¹-moddasi bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilishlarga qaysi nazorat organi chora ko‘radi.

Javob:
🔻☑️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik holati bo‘yicha – fuqarolarga BHMning bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslar esa – uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish vakolati Kadastr agentligining inspektorlariga vakolat berilgan.

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
💳 Kadastr pasportini tayyorlash ob’yektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🏠 🏢 ko‘chmas mulk ob’yektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

🏢 ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🏠 yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;

🏬🏫 ko‘chmas mulk ob’yektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

▪️umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
▪️umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
▪️umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
▪️umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
▪️umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
▪️umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

Kadastr
(yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
G'ayrat Hamroyev:" Gap gapligicha qolib ketmasligi kerak. Murojaatlar ijrosi nazoratimda bo'ladi"

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev Yakkabog' tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda sayyor qabullar natija berishini, murojaatlar bo'yicha shaxsan o'zi nazorat o'rnatishini ta'kidlab o'tdi.

" Sayyor qabullarni shunchaki tashkil etayotganimiz yo'q. Bugun qabulga kelib murojaat qilgan fuqarolarning murojaati boshqarma va mening nazoratimda bo'ladi. Vakolatimiz doirasidagi barcha muammolarni hal etishga tayyormiz. Kadastr tashkilotining sayyor qabullarini viloyat bo'ylab o'tkazishda davom etamiz" dedi G'ayrat Hamroyev.

Ma'lumot uchun, Yakkabog' tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda 15 ga yaqin fuqarolarning murojaatlariga e'tibor qaratildi.

Mavzuga doir: Kadastr sohasidan xalq rozi bo'lishiga erishishimiz kerak— G'ayrat Hamroyev

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Tanishing #tuman_filiali

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Chiroqchi tumani filialining ish jarayonlari bilan tanishdik.

"Bugungi kunga kelib, filialda 23 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Chiroqchi tumanidan tadbirkorlik qilish uchun yil boshidan bugungi kunga qadar 249 ta ya'ni 4 162 gektar yer uchastkasi auksion savdolariga qo'yilgan" deydi filial rahbari Zokir Safarov.

Fuqarolar murojaati uchun ☎️ 98 110 11 71

Fililallar faoliyati bilan tanishtirishda davom etamiz !

Mavzuga doir: Zamonaviy binodagi ishlar zamon talabidami ? Qarshi shahar filiali faoliyatiga nazar

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress