Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.1K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

◾️ mulk huquqi;
◾️ doimiy egalik qilish huquqi;
◾️ doimiy foydalanish huquqi;
◾️ meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
◾️ ijara huquqi;
◾️ ikkilamchi ijara huquqi;
◾️ xo‘jalik yuritish huquqi;
◾️ operativ boshqarish huquqi;
◾️ ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
◾️ bepul foydalanish huquqi;
◾️ renta;
◾️ ipoteka;
◾️ servitut;
◾️ ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo_KADASTR

Kadastr agentligining Mirishkor tumani bo'limi tomonidan Yuksalish mahallasida yer nazorat tadbiri o'tkazilganida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 200,0 kv metr yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy tarzda qurilish ishlari amalga ishirilayotgani holati aniqlandi.

Olib borilgan ishlar natijasida mazkur qonunbuzarlik holati fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Mansab vakolatini suisteʼmol qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Мansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

▫️ BHMining 150 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;
▫️ 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Sayyor qabullar inson manfaatlari uchun

🔹Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatning 14 ta shahar, tumanlarida aholining sohaga doir murojaatlari sayyor qabullarda o'rganib chiqildi.

Quyidagi havolalar orqali Kadastr boshqarmasining sayyor qabullari viloyatning qaysi hududlarida o'tkazilganligini bilib olishingiz mumkin:

📍 Qamashi tumani
📍 Qarshi tumani
📍 Dehqonobod tumani
📍 Yakkabog' tumani
📍 Muborak tumani
📍 Ko'kdala tumani
📍 Kasbi tumani
📍 Chiroqchi tumani
📍 Kitob tumani
📍 Shahrisabz tumani
📍 Mirishkor tumani
📍 Nishon tumani
📍 Qarshi shahar
📍 Koson tumani

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo_Kadastr

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari tomonidan Yakkabog' tumanidagi kadastr filialida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda filial xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushunchalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi.

‼️Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

JAVOB
:

❗️Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

🔺 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

🔺 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

🔺 Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Ko‘chmas mulk tarixi haqida maʼlumotlarni onlayn olish mumkin!

Hozirgi kunda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi juda ko’paygan.

Bu jarayonda xaridorlar uchun xarid qilinayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar: uning haqiqiy egasi kim, umumiy maydoni va qurilish osti maydoni qancha, qurilgan yili qachon, amaldagi va avvalgi huquq turi, cheklov mavjudligi, yer uchastkasining huquqni belgilovchi hujjatlari shakli, kim tomonidan berilgani, sanasi, raqami bor-yo‘qligi nafaqat qiziq, balki muhim ham hisoblanadi.

Endilikda bu kabi ma'lumotlarni uydan chiqmagan holda olish mumkinligidan xabaringiz bormi?

Onlayn yo‘llangan ariza Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda natija talabgorga maʼlumotnoma ko‘rinishida taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz! Xizmatdan my.gov.uz portali orqali foydalanganda, xizmat uchun undiriladigan to‘lov 10 foizga arzonlashadi!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#LIVE

Qarshi shahrida “Eng faol kitobxon davlat fuqarolik xizmatchisi” ko'rik tanlovi boshlandi.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida o'tkazilgan tanlovning birinchi bosqichida 1-o'rinni olgan Qarshi shahri filiali xodimi— Mehriniso Anvarova tanlovning viloyat bosqichida qatnashmoqda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo_KADASTR

Kadastr agentligining Nishon tumani bo'limi tomonidan Qirqquloch mahallasida yer nazorat tadbiri o'tkazilganida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz yer maydoni o’zboshimchalik bilan egallab olingani va noqonuniy tarzda qurilish ishlari amalga oshirilayotgani holati aniqlandi.

Fuqaroga sodir etilgan qonun buzilish holatini ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook