Qashqadaryo kadastr_press
2.74K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.18K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#KADASTR #QASHQADARYO

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalari institutining Yer kadastr va yerdan foydalanish yo‘nalishida taxsil olayotgan 4-kurs talabalariga dars soatlari Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida tashkil etildi.

Boshqarma mas’ullari tomonidan talabalarga sohada amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil yanvar oyida respublikaning barcha hududlarida o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi bilan infografikalar orqali tanishib olishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KADASTR_2025

O'z vazifasini sofdil bajarayotgan jamiyatning har bir vakili Vatan himoyasidadir.

Fidoyiligingiz va jasoratingiz uchun tashakkur, Vatan himoyachilari !

Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyati bilan quyidagi havolalar orqali tanishib oling.

✔️ Qonunning 4-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 5-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 6-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 7-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 8-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 9-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 10-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 11-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 12-moddasi haqida


#Kadastr_agentligi #937_son_qonun #qonun_haqida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun bo‘yicha huquqlar e'tirof etilishining muhim shartlari haqida infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

#Kadastr #Qonun_937

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Siyosiy_marifat_soati
#Kadastr #Qashqadaryo

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #matbuot_anjumani

MATBUOT ANJUMANIGA TAKLIF ETAMIZ !


📢 Joriy yilning 30-yanvar kuni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etiladi.

🔰Unda yer va kadastr nazorati yo'nalishida bajarilayotgan ishlar hamda sohada amalga oshirilgan kadastr xizmatlari yuzasidan ma'lumotlar beriladi.

▪️OAV vakillari va blogerlarni ushbu matbuot anjumanga  qatnashishga taklif etamiz.

▪️Matbuot anjumani 30-yanvar kuni soat 11-00 da Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida bo‘lib o‘tadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#KADASTR_MATBUOT_ANJUMANI

▫️2024-yilda Kadastr xodimlari tomonidan viloyatda o‘tkazilgan monitoringlar davomida 4 803 ta holatda 1 564,8 gektar yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

🔹O'tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonunbuzilish holatlarining 1 772 tasi 930,8 gektari joyning o‘zida bartaraf etildi.

📌 Shuningdek, 658,8 gektar yer maydonidagi noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish va yerni avvalgi holatiga qaytarish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sudlarga 2 935 ta da’vo arizalari kiritildi.

📑 Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sarvar To'rayev

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#KADASTR_MATBUOT_ANJUMANI

2024-yilda Qashqadaryo viloyatida 64 947 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim etildi.

59 157 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bundan tashqari boshqarma va uning filiallari tomonidan yil davomida 6 778 ta (246,9 gektar) bo‘sh yer uchastkalari aniqlangan.

Bo'sh yer uchastkalari "YERELEKTRON" tizimiga kiritilgan va tegishli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosalar berilgan 161,7 gektardan ziyod 2 785 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi asosida auksion savdolariga chiqarilib, shundan 454 ta yer uchastkalari auksion savdolarida tadbirkorlarga sotilgan.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi shu'ba boshlig'i Ubaydullo Ahmedov

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Yakkabog' tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 31-yanvar kuni soat 12-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📍Manzil: Yakkabog' tumani, Cho'mich MFY ma'muriy binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13
75-227-51-14

Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumanida Qashqadaryo viloyatida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Tafsilotlar UzA maqolasida

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Nasaf tv: 2024-yilda Kadastr sohasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha matbuot anjumani o'tkazildi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook