Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Qashqadaryo_XATLOV

8-noyabrdan
“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Nishon tumanida ham xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassislari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari nazoratdan o‘tkazildi.

O‘rganishda xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarning korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ish faoliyatlarini to‘g‘ri va xolis olib borishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ish jarayonlari alohida nazoratga olindi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nishon tumanida Kadastr boshqarmasi mas'ullari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabulda aholi murojaatlari o'rganildi

Qabulda kadastr hujjatini tayyorlash, uy-joyga egalik huquqini olish, auksion masalalari yuzasidan 10 dan murojaatlar yo'llandi

Tadbirda mas'ullar tomonidan murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordamlar ko’rsatilishi ta'minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook
❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin

⚠️ Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

‼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik
🔹fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m),
🔹mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 625 ming so‘m) miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📸 Kadastr boshqarmasida ish kuni

📌 Yer nazorati, kadastr xizmatlari bo'yicha quyidagi aloqa raqamlariga murojaat qiling ❗️

75-227-81-95, 75-227-51-13, 75-227-51-14

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;

✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.


❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO

Kadastr boshqarmasida o'rnatilgan 75-227-51-13 telefoni orqali sohaga oid kelib tushgan savollarga dushanbadan juma kuniga qadar 09-00 dan 18-00 ga qadar mutaxassislar tomonidan javoblar beriladi.

Tez kunda batafsil video


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Nima uchun bizning mahallada xatlov bo‘lmayapti ?

- Ayni paytda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish ishlari 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan reja-jadval asosida olib borilayotgan bo‘lib, mazkur yillarda rejaga kiritilmagan mahallalar keyingi yillarga mo‘ljallangan reja-jadvalga kiritiladi. Hech bir mahalla xatlovdan chetta qolmaydi !

🔖Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonunning amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangan.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Savol: Qanday holatlar kadastr pasporti berishni rad etish uchun sabab bo‘lishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

◾️so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

◾️ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

◾️ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

◾️vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

◾️Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
2024-yilning yakuniga qadar Qarshi shahrida joylashgan mazkur mahallalarda xatlov ishlari olib boriladi.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Qarshi shahri hududi uchun reja-jadvali.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo_XATLOV

8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Chiroqchi tumanida ham xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining mas'ullari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari nazoratdan o‘tkazildi.

O‘rganishda xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarning korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ish faoliyatlarini to‘g‘ri va xolis olib borishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ish jarayonlari alohida nazoratga olindi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovdan xabarlar


📍 Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani

➡️ Bizni kuzatib boring, zero navbatdagi videolarimizda sizning yaqiningiz fikr bildirishi mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kitob tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kitob tumani filiali xodimlari tomonidan "Bog'bon", "Qaynar" va "Bashir" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Kitob tumani filialiga 350 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni munosabati bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida davra suhbati o'tkazildi

Tadbir davomida  xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, qizlarning ta'lim va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga koʻmak berish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Qarshi shahar aholisi !

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qarshi shahrida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-noyabr kuni soat 12-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Qarshi shahridagi Korxonalarni sog'lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13
75-227-51-14

Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr obyektiga ta'qiqni tekshirishning oson yo‘li bor!

◼️ Ko‘p hollarda (masalan, oldi-sotdi jarayonida) ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini tekshirish juda zarur bo‘lib qoladi.

🏘 Chunki obyektga taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, ovoragarchiliklar bo‘ladi.

🌐 My.gov.uz shunday ovoragarchiliklar bo‘lmasligi uchun qulay xizmatni yo‘lga qo‘ygan.

◼️Shuningdek, Yagona portal orqali umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirish imkoni bor.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook