Qashqadaryo kadastr_press
2.67K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
" 10 milliondan ortiq aholining yer va ko'chmas mulklari huquqiy hujjatga ega emasligi bilan bog'liq muammolari hal qilinishiga zamin bo'luvchi Qonun" haqida Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyevning bildirgan fikrlari aks etgan maqola "Yangi O'zbekiston" gazetasining 2024-yil 20-noyabrdagi 235-sonida chop etildi.

📃 Unda Qonunning amalga oshirilish bosqichlari, huquqlarni e'tirof etish adolatli va samarali o'tkazilishiga jalb etilgan vakolatli tashkilotlar va jamoatchilik vakillari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo_XATLOV

8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Qarshi tumanida ham xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassislari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari nazoratdan o‘tkazildi.

O‘rganishda xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarning korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ish faoliyatlarini to‘g‘ri va xolis olib borishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ish jarayonlari alohida nazoratga olindi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Nishon tumani aholisi !

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Nishon tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 22-noyabr kuni soat 12-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Nishon tumani, Jalajin mfy, mahalla ma'muriy binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13

Telegram | Instagram | Facebook
Qashqadaryo viloyatida 15-noyabrdan 15-dekabr kuniga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri, Davlat kadastrlari palatasi Qarshi tumani filialida tashkil etildi.

Unda korrupsion jinoyatlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va manfaatlar toʼqnashuvi haqida ma'lumotlar berildi.

Xatlov jarayonida mehnat tartib qoidalarini buzmaslik yuzasidan xodimlar ogohlikka chaqirildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

➡️ Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;

➡️ Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;

➡️ Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

➡️ Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);

➡️ Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);

➡️ Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Mirishkor tumanida xatlov davom etmoqda!

8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida KADASTR XODIMLARI tomonidan Mirishkor tumanining Yangiobod hududida ham xatlov ishlari olib borilmoqda.

Bizning mahallada qachon xatlov boshlanadi? Javobi ushbu videoda!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
"O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida ham xatlov ishlari olib borilmoqda.

Xatlovni to‘g‘ri va sifatli olib borilishini nazorat qilish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasidan tuman, shahar filiallariga mas'ullar biriktirilgan.

Gʻuzor hamda Dehqonobod tumani filiallariga biriktirilgan boshqarma xodimi Gʻolib Ahmedov joylarda xatlov jarayonlarida qatnashib, o'lchovlarning to'g'ri olib borilishi, hujjatlarning sifatli to‘ldirilishi holatlarini ko'zdan kechirdi.

Xodimlarga kerakli tushuntirishlar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
🏘 Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega

💠
Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

💠 Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

❗️Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Asos: 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qashqadaryo #yer_nazorati

Muborak tumanidagi Paxtazor mahallasida fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan qurib olingan noqonuniy qurilma bartaraf etildi

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo_XATLOV

8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Muborak tumanida ham xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining mas'ullari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari nazoratdan o‘tkazildi.

O‘rganishda xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarning korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ish faoliyatlarini to‘g‘ri va xolis olib borishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ish jarayonlari alohida nazoratga olindi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Yetim bolalarga ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari uchun davlat boji undirilmaydi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

Asos: 29.04.2022-yildagi PQ-230-son Qaror

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Egalik huquqi e'tirof etilgach, hujjatlarni rasmiylashtirishda kimlarga imtiyoz beriladi?

Batafsil ma'lumot VIDEODA

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR_XATLOV

Qarshi tumanida xatlov ishlari davom etmoqda.

Gulshan mahallasida olib borilayotgan ishlar haqida Qashqadaryo telekanalining "Qashqadaryo axboroti" informatsion dasturida ma'lumot berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#LIVE

Ayni paytda Nishon tumanidagi "Jalajin" mahallasida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o'tkazilmoqda

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13

Telegram | Instagram | Facebook