Qashqadaryo kadastr_press
3.97K subscribers
12.3K photos
1.73K videos
4 files
6.98K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Qashqadaryoda "Kadastr ayoli" ko'rik-tanlovi o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar filiallarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning kasbiy bilimlarini oshirish va aniqlash maqsadida o'tkazilgan "Kadastr ayoli" ko'rik-tanlovi o'tkazildi

Tanlovga xizmat vazifalarini bajarishda faollik ko'rsatayotgan, ish samaradorligi yuqori bo'lgan 25 nafar kadastr ayollari saralab olindi.

Sohaga oid va mantiqiy bo'lgan test savollari hamda belgilangan mavzularda insho yozish sinovlaridan yuqori ball jamg'argan 3 nafar ishtirokchi tanlov g'oliblari sifatida e'tirof etilishdi.

🥇Zulxumor Normamatova— Shahrisabz shahri filialining Murojaatlar bilan ishlash shu'basi bosh mutaxassisi. 1-O'RIN

🥈Shaxlo Hamidova— Qarshi shahar filialining Yerlarni auksionga qadar aniqlash va dasturga joylashtirish sho'basi mutaxassisi. 2-O'RIN

🥉Mehriniso Anvarova—Qarshi shahar filiali Kadastr muhandisi. 3-O'RIN

Telegram | Instagram | Facebook
👍17
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik

🏠🏢 Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.

Telegram | Instagram | Facebook
👍3
Nazorat.uz youtube kanalida Qarshi shahar “Komilon” MFY “Ko‘chabog‘” ko‘chasida yashovchi fuqaroning murojaati e’lon qilingan.

Videomurojaatda fuqaro S.R. o‘ziga tegishli bo‘lgan qurilmalar Kadastr agentligining Qarshi shahar bo‘limi ishtirokida buzib tashlanganligi va asossiz ravishda unga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilganidan norozi ekanligini bayon etgan.

Batafsil—https://telegra.ph/RASMIY-MUNOSABAT-09-26-4

Telegram | Instagram | Facebook
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Kadastr ayoli" ko'rik tanlovi qanday o'tdi?

Qiziqarli jarayonlar aks etgan videolavhani tomosha qiling

🔥🔥👍👍

Telegram | Instagram | Facebook
🔥8👍2
#kadastr_xizmati

⚡️Turar-joy obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga ro'yxatdan o'tkazish uchun huquqiy asos bo'lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar) ilova qilinadi;

✉️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

🪙 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

Xizmat ko‘rsatish muddati - 2 ish kuni

❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook
👍2
📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

‼️ FIKRINGIZ BIZ UCHUN MUHIM‼️

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilmoqda.

📈 TARTIBGA SOLISh TA'SIRINI BAHOLASH (TSTB) doirasida“Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining tartibga solish maqsadlariga erishilganligi, samaradorligi hamda tartibga solish usulini qo‘llashda vujudga kelgan oqibatlari baholanmoqda.

🗣Hurmatli fuqarolar!

➡️ Mazkur TSTB hisobotlari bilan ushbu 📨 manzilda tanishib chiqib, o‘z taklif va e'tirozlaringizni 📨 [email protected] elektron manzili orqali bildirishingiz mumkin.

Taklif va e'tirozlaringizni #TSTB so‘zi bilan boshlashingiz tavsiya etiladi.

✍️Har bir taklif baholanadi hamda inobatga olinadi. Unutmang Sizning fikringiz biz uchun muhim.


#Kadastr_agentligi #taklif_va_etiroz

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr boshqarmasida o'tkazilgan darslarda talabalarga "UZKAD" tizimi haqida ma'lumot berildi

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalarining dars soatlari Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida tashkil etildi.

Dars davomida kadastr mas'ullari talabalarga "UZKAD" tizimi va unga o'tish jarayonlari, imkoniyatlar, afzalliklari haqida so'zlab berishdi.

Aytish kerakki, Kadastr boshqarmasida o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
👍6
Qonun kuchga kirgach, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi qanday hajmlarda beriladi?

Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;

🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa,
– Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar,
– qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

❗️Eslatma, Qonun 2024-yil 8-noyabr kunidan kuchga kiradi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
👍6
#LIVE

Shahrisabz tumanidagi Yangibog'
mahallasida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o'tkazilmoqda

Jarayonlar haqida batafsil ma'lumot beriladi.

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13

Telegram | Instagram | Facebook
👍4