Qashqadaryo kadastr_press
2.75K subscribers
11.1K photos
1.55K videos
4 files
6.2K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foto_hisobot
#Kadastr #Qashqadaryo

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari binosida ma'naviy-ma'rifiy ishlar targ‘ibotini yanada kuchaytirish maqsadida Jadidlar burchagi va kitob javoni tashkil qilindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tuzilgan reja-jadvalga asosan binolar va inshootlar xatlovdan o'tkaziladi

🫥 O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish.

🟣O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar inshootlar bosqichma bosqich xatlovdan o'tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

🟣Reja-jadval Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko'ra Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka e'lon qilinadi.

🟣Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan reja-jadvalga asosan, ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlarning hududiy bo'linmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etiladi.

🇺🇿 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunning 13-moddasi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Kadastr_agentligi

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qarshi tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Qarshi tumani filiali xodimlari tomonidan "Dasht", "Batosh" va "Nukrabod" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Qarshi tumani filialiga 380 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR

“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda qurilgan binolar va inshoatlarga boʻlgan huquqlarni e' tirof etish toʻgʻrisida“gi Qonun imzolandi.

Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

🟢yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;

🟢yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

🟢yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

🟢muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;

🟢bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);

🟢har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Brifing

ILHOM QO'LDOSHEV— Xo'jalik ishlari sho'basi boshlig'i

Yoqilg‘i energetika resurslarini tejash hamda elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning shahar, tuman filiallarida 100 dan ziyodaqlli” (sensor va datchikli) lampalar o’rnatildi.

Aqlli lampalar juda kam energiya sarflaydi va energiya isrofini kamaytiradi. Bu esa energiya isrofini qisqartirish va energiya xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.

Ular yuqori ish vaqti hamda uzun ish davomiyligi bilan ajralib turadi. Bu, lampalarni tez-tez almashtirish va o'zgartirish zaruriyatini kamayadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Nishon tumanidagi Kadastr filialida tadbirkorlar va fuqarolar uchun ochiq muloqot o'tkazildi

Tadbirkorlarning muammolarini hal etish, fuqarolarga Kadastr xizmatlarini ko'rsatishdagi imtiyozlar haqida ma'lumot berish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Nishon tumani filiali binosida OCHIQ MULOQOT o'tkazildi.

Shu kuni tadbirda ishtirok etgan tadbirkor va fuqarolarning kadastr hujjatini rasmiylashtirish, yer maydoniga aniqlik kiritish, auksion bilan bog'liq bo'lgan murojaatlari o'rganib chiqildi.

Murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordamlar berilishi ta'minlandi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xodimlari Qashqadaryodagi 300 dan ziyod chegaralari belgilangan mahallalarning elektron xaritalarini shakllantirishdi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Kitob, Kasbi, Koson, Nishon, Yakkabog‘, Mirishkor va G‘uzor tumanlaridagi jami 325 ta mahallalarning chegaralari belgilanib,ularning sxema va tavsiflari ishlab chiqildi.

Yil boshidan buyon G'uzor tumanidagi 51 ta

Kasbi tumanidagi 42 ta

Kitob tumanidagi 59 ta

Koson tumanidagi 75 ta

Nishon tumanidagi 36 ta

Yakkabog' tumanidagi 62 ta

Mirishkor tumanidagi 40 ta mahallalarning chegaralari qayta belgilandi va ularning elektron xaritalari 100 foiz shakllantirildi.

Ishlab chiqilgan mahallalar chegaralarini belgilash masalasi Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida muhokamaga qo'yiladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook