Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.09K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Qashqadaryoda suv fondi yerlariga kadastr pasportlari tayyorlanmoqda

Mazkur yo'nalishda filiallarimiz tomonidan bajarilayotgan ishlar haqida mas'ullarimiz shahar, tuman hokimliklarining telegram kanallarida ma'lumotlar e'lon qilishdi.

Muborak, Kasbi, Mirishkor tumani filiallari mas'ullari amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng jamoatchilikka ma'lumot berishda birinchilardan bo'lib qadam tashlashdi

JUMLADAN:

📝 Qarshi shahar hokimligi
📝 Qamashi tumani hokimligi
📝 Dehqonobod tumani hokimligi +
📝 G'uzor tumani
📝 Muborak tumani hokimligi
📝 Mirishkor tumani hokimligi
📝 Kitob tumani hokimligi
📝 Shahrisabz shahar hokimligi
📝 Shahrisabz tumani hokimligi
📝 Yakkabog' tumani hokimligi
📝 Kasbi tumani hokimligi
📝
Koson tumani hokimligi
📝 Ko'kdala tumani hokimligi

Keyingi haftada ham faoliyatimizga doir qiziqarli ma'lumotlar bilan hududingizga kirib boramiz.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Chiroqchi_Kadastr #yer_nazorati

Kadastr agentligining Chiroqchi tumani bo'limi tomonidan "Do'stlik diyori" MFYda nazorat monitoringi o'tkazildi.

Nazorat monitoringi jarayonida fuqaro O.S.mazkur mahalla hududidagi yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab, 3×10 metr o'lchamda noqonuniy ravishda noturar bino qurib olganligi aniqlandi.

Kadastr xodimlari tomonidan olib borilgan targ'ibot ishlari va yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatini to'g'ri tushuntirilishi natijasida yer qonunbuzilishi holati fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.

Yerlarni noqonuniy egallab olish javobgarlikka sabab bo'lishini unutmang !

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
💠Kadastr atamalari

🗺Kartografik monitoring — joyning holatini kartografik jihatdan o‘rganish maqsadida yer yuzasini uzluksiz kuzatish tizimi- kartografik monitoring deyiladi.

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

🇺🇿telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_MAKON #KADASTR

Davlat kadastrlari palatasi Shahrisabz tumani filiali xodimlari "Tepar" MFY hududidagi 42- sonli maktabga 100 dona terak va 100 dona mevali daraxt ko'chatlarini ekishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qamashi tumanida aholi murojaatlarini tingladi

Mazkur jarayonlarda Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Jasur Usmonov hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev ham ishtirok etdi.

Auksion yo'nalishida va noturar binoni tizimga kiritishga oid murojaat Boshqarma boshliqlari tomonidan nazoratga olindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Forwarded from Qamashi tuman hokimligi (Нурбек Расулов)
Qamashi tumanida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash maqsadida 24 gektardan ziyod yer maydonlari auksion savdolariga chiqarilgan

Davlat kadastrlari palatasi Qamashi tumani filiali mutaxassislari tomonidan hozirgi kunga qadar 39.09 gektar bo'sh yer maydonlari aniqlandi.

Aniqlangan yer maydonlaridan 24.58 gektarga teng 665 ta yer uchastkalari auksion savdolariga qo'yildi.

Mas'ullarning ma'lumot berishicha, bugungi kungacha 8.26 gektarga teng 184 ta yer uchastkasining auksion savdolarida g'oliblari aniqlangan.

Hozirgi kunda 16.32 gektarga teng 481 ta yer uchastkalari e-auksion.uz saytida elektron savdolarida turibdi. 

Ta'kidlash kerakki, eng ko'p bo'sh yer maydonlari "Oqguzar" va "Gulshan" MFY hududlaridan auksion savdosida sotilgan.

Qamashi24.uz |Facebook | Telegram
Mirishkorda aholining kadastrga doir murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

Kadastr sohasi boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish boʻyicha Davlat kadastrlar palatasi Mirishkor tuman filiali tomonidan ham qator amaliy ishlar bajarilmoqda.

Xususan, uzoq vaqtdan buyon yashash xonadonida kadastr hujjatlariga ega boʻlmagan Adjamyan Olya Yevgenyevna va 2-guruh nogironi Aminova Toshlarga mulkiy kadastr hujjatlari topshirildi. 

"Muammolarni tezkor amaliy yechimini topib, murojaatlarni ijobiy hal etish jarayonida tumandagi besh yoʻl chorrahasi hududida yashil makon qilish istagini bildirgan fuqarolar O.Muminov va A.Bernayevlarga auksion uchun lotlarga ajratilayotgan yer maydonlari tanishtirildi"— deydi Kadastr filiali rahbari Murodullo Tursunov.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Kadastr agentligi Koson tumani bo'limi hamda Davlat kadastrlari palatasi Koson tumani filiali xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi.

💼 Tadbirda korrupsiyani oldini olish, korrupsion holatlar vujudga kelganda qanday choralar ko‘rish hamda huquqiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha tushunchalar berildi.

📌 Yig'ilishda, xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to‘xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari tizim  xodimlariga salbiy taʼsir yetkazishi alohida ta'kidlandi.

Boshqarma ma'sullari tomonidan bu kabi tadbirlar har bir Kadastr bo'limlari va filiallarida o'tkazib borilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook