Qashqadaryo kadastr_press
2.73K subscribers
11.1K photos
1.55K videos
4 files
6.23K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Qarshi tumanining umumiy yer maydoni nechi gektar ?
Anonymous Quiz
21%
7 551 gektar
35%
171 019 gektar
44%
91 633 gektar
1-noyabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beramiz:

📌 Yong'in xavfsizligi bo'yicha ijobiy xulosa olmagan obyektlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
👉 Batafsil

📌 ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlarni moliyalashtirish to'xtatib turiladi.
👉 Batafsil

📌 Inson resurslarini boshqarishga oid ma'lumotlar elektron platformada shakllantiriladi.
👉 Batafsil

📌 Ayrim rahbarlarning shaharsozlik sohasidagi bilimlari oshiriladi.
👉 Batafsil

📌 Aholi xonadonlariga keng polosali internet tarmoqlari olib boriladi.
👉 Batafsil

📌 Ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to'lov stavkalariga o'zgartirish kiritiladi.
👉 Batafsil

📌 "Umra" xizmatlarini ko'rsatuvchi turoperatorlarga qo'shimcha litsenziya talablari qo'llaniladi.
👉 Batafsil

📌 Og'ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslarga psixologik yordam ko'rsatiladi.
👉 Batafsil

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr agentligining Nishon tumani bo'limi tomonidan "Baynalminal" MFY hududida nazorat tadbiri o'tkazilganida aholi punkti yer maydonidan fuqaro hech qanday huquqiy xujjatlarsiz 30kv metr o'lchamda beton poydevor qurganligi aniqlandi.

Qonunbuzarlik holati yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 60-modda 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Fuqaroga 15 kun muddat oralig'ida o'zboshimchalik bilan qurilgan beton poydevorni ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan yozma ko'rsatma berilgan.

Berilgan muddat oralig'ida o'zboshimchalik bilan qurilgan beton poydevorni fuqaro o'z hisobidan buzib olib, yerni foydalanish uchun yaroqli holatga keltirdi.

Yerlarni noqonuniy egallab olish javobgarlikka sabab bo'lishini unutmang !

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qarshi shahrining umumiy yer maydoni nechi gektar ?
Anonymous Quiz
44%
7 551 gektar
22%
4 868 gektar
34%
8 633 gektar
Kadastr boshqarmasi mas'ullari aholi murojaatlarini joyiga chiqib o'rganishmoqda

Qashqadaryoda aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlash, murojaatlarga o'z muddatida javob berishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Jumladan, kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda aholi murojaatlari o'rganib borilmoqda.

Yakkabog' va Qamashi tumanlaridan yo'llangan murojaatlar Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi mutaxassisi, Kadrlarga mas'ul xodim va mas'ullar boshchiligida o'rganib chiqildi.

🏢 75-227-51-13

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Intizom va korrupsiyaga qarshi kurash. Kadastr filiallarida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Qamashi tumani filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xodimlar mas'uliyatini yanada oshirish hamda ichki mehnat tartib intizomi va boshqa masalalar borasida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'zga chiqqan mas'ullar filialda korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlar xizmat madaniyatiga va ijro intizomiga rioya qilishlari kabi masalalariga ahamiyatni kuchaytirish lozimligi haqida gapirdi.

Asosiy maqsad, sohaning barcha xodimlarini korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lishga, unga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirishdan iborat ekanligi xodimlarga tushuntirildi.

Bundan tashqari, korrupsiyaning va o'z ishiga mas'uliyatsizlik bilan uondashishning huquqiy oqibatlari hayotiy misollar so'zlab berildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Bugun Qashqadaryo viloyati tashkil topganiga 99 yil boʻldi

🫥1924-yilning 1-noyabrida Qashqadaryo alohida maʼmuriy birlik sifatida, Respublika viloyatlari safidan joy olgan.

💐Aziz vohadoshlar Qashqadaryo viloyati tashkil topgan kun barchangizga muborak bo'lsin!

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'chmas mulkka nisbatan mulk huquqi paydo bo'lgach qancha muddatda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak ?
Anonymous Quiz
31%
7 kun ichida
22%
15 kun ichida
47%
1 oy ichida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #sayyor_qabul

Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ahmadjon Suyunov boshchiligida Shahrisabz tumanida o'tkazilgan sayyor qabul Qashqadaryo telekanali orqali ham yoritildi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Yer_nazorati #Qonunchilik
#Kadastr

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

‼️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Koson tumanidagi 71 foiz yerlarning elektron xaritasi yaratildi

Koson tumanining umumiy yer maydoni 187 ming 241 gektar. Tumanda 55 ming 138 gektar ekin yerlari va 132 ming 103 gektar boshqa toifadagi yerlar bor.

Davlat kadastrlari palatasi Koson tumani filiali tomonidan tumanning 139 ming 622 gektar yer maydonlari Uz kad tizimida davlat ro'yxatidan o’tkazilib, ushbu yerlarning elektron xaritasi yaratildi.

Kadastr xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida avtomobil yo'llari (353,25 ga), dehqon xo'jaligi, fermer xo'jaligi, ipak va jun sanoati yerlari, kanallar va beton kanalllar joylashgan yerlar, korxonalarning qishloq xo'jaligi yerlari, o'rmon yerlari, temir yo'llar, yakka tartibda bog'dorchilik, sabzavotchilik, issiqxona va chorvachilikni yurituvchi fuqarolarning yerlari hamda yordamchi qishloq xo'jaligi yer maydonlari haqidagi maʼlumotlar UZKAD tizimiga kiritilib, yerdan foydalanuvchilar va yer egalari nomiga davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

👉 @Kosontumani_uz