Qashqadaryo kadastr_press
3.97K subscribers
12.3K photos
1.73K videos
4 files
6.98K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Kadastr_agentligi #UzDKP #Matbuot_anjumani

OAV vakillari uchun "Kadastr sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

🇺🇿Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev ishtirokida "Kadastr sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

▫️Matbuot anjumani davomida boshqarma boshlig'i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22-avgust kunida qabul qilingan VM-409-son, VM-411-son, 25-avgust kunidagi VM-424-son hamda 29-avgust kunidagi VM-426-son Qarorlari mazmun-mohiyati to'g'risida ta'kidlandi.

🔗"Hukumtaning 411-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi instituti joriy etiladi, kadastr muhandisi institutini joriy etish orqali aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtiriladi" deydi - G'ayrat Hamroyev.

▪️Shuningdek, matbuot anjumanida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #UzDKP #OAV_biz_haqimizda #Matbuot_anjumani

▫️Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun "Kadastr sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati" mavzusida matbuot anjumani tashkil etilgan edi.

▫️Mazkur matbuot anjumani tafsilotlari "Nasaf" telekanalining "Xabarlar" informatsion dasturida.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - taraqqiyot dushmani!

💠 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olishga qaratilgan choralar qatorida huquqiy bilim beruvchi, mulohazaga chorlovchi ijod namunalarini ham yaratiladi.

◼️Tadbirkorlikning asosi halollikka qurilsa u bardavom bo‘ladi! - Davlat kadastrlari palatasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikda ana shu fikr olg'a surilgan.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Kadast muhandislari mahallalarda

▫️Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) filiallari xodimlari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida fuqarolarning kadastr sohasiga oid taklif va murojaatlari “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔸Kasbi tumani filiali kadastr muhandislari tomonidan "Jizza", "Qatag'an" hamda "Shakarjuy" mahallalarida bo‘lib fuqarolarning kadastr sohasiga oid taklif va murojaatlari vakolat doirasida ijobiy hal etildi.

🔗Aholi manfaatlari uchun yo'lga qo'yilgan ushbu tashabbus fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolariga ijobiy yechim topishda davom etmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍1
Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etiladi

🏛Hukumatning 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

▫️so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

▫️ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

▫️ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

▫️vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍2
#Qashqadaryo #Mirishkor_Kadastr

Yer- umummilliy boyligimiz uni asrab avaylash har birimizning vazifamizdir

Mirishkor tumani "Oltin boshoq" MFY hududida Kadastr xodimlari tomonidan fuqarolarga yerdan samarali foydalanish va noqonuniy qurilish ishlari fayz keltirmasligi, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallashning huquqiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Ma'lumot uchun, yerlarni hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish ishlarini amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍5🔥1
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллабай ишлаш тизимини янада кучайтириш чора-тадбирлари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам дальнейшего усиления системы работы в разрезе махаллей.

#Mirziyoyev #videoselektor #mahalla #yangitizim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍2
#Kadastr_agentligi #UzDKP #Sayyor_qabul

DIQQAT E’LON!

📣 Hurmatli Muborak tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🔸Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Muborak tumani aholisi va tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 28-sentabr, soat 11:00 da

📍Manzil: Muborak tumani, "Tong" mahallasi, Marjon ko'chasi, "Marjon" sanatoriyasi binosi

☎️Qabulga yozilish uchun +998 (75) 227-51-13 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍2
O'tgan hafta davomida eng ko'p Qarshi shahrida ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

🏛Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
tomonidan 18-23 sentabr kunlari davomida 1920 ta ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

🔸Shundan, 1625 ta turar-joylar, 295 ta noturar-joy ko’chmas mulk obyektlari hisobiga to'g'ri keladi.

🔗Tuman (shahar) lar kesimida esa ko'rsatgichlar quyidagicha:

▫️G’uzor tumani 68 ta;
▫️Dehqonobod tumani 40 ta;
▫️Qamashi tumani 96 ta;
▫️Qarshi tumani 197 ta;
▫️Koson tumani 83 ta;
▫️Kitob tumani 208 ta;
▫️Ko'kdala tumani 19 ta;
▫️Mirishkor tumani 83 ta;
▫️Muborak tumani 73 ta;
▫️Nishon tumani 82 ta;
▫️Kasbi tumani 60 ta;
▫️Chiroqchi tumani 55 ta;
▫️ Shahrisabz tumani 95 ta;
▫️Yakkabog’ tumani 133 ta;
▫️Shahrisabz shahri 120 ta;
▫️Qarshi shahri 508 ta.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #korrupsiya

❤️‍🔥Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

⬅️Shu sababdan ham 🌟Kadastr agentligi sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❤️‍🔥Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
1-28 sentabr kunlari davomida Qashqadaryo viloyati bo'yicha 13,35 gektardan ziyod bo'sh yer uchastkalari aniqlanib, Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga yuborildi

🔸Joriy yilning 1-28 sentabr kunlari davomida Qashqadaryo viloyati bo'yicha 328 ta ya'ni 13,35 gektar bo'sh yer uchastkalari aniqlanib "YERELEKTRON" axborot almashinuv tizimiga kiritilgan va 29 ta ya'ni 6,86 gektar yer uchastkalari Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga yuborilgan. Sentabr oyi boshidan beri 90 ta ya'ni (3,93 gektar) bo‘sh yer uchastkalari onlayn auksion savdosida tadbirkorlarga sotilgan.

▫️Hududlar kesimida ko‘rilganda: eng ko‘p bo‘sh yer uchastkalari Muborak tumani hududida aniqlangan. 47 ta ya'ni 1,12 gektar. Shahrisabz tumanida esa eng ko'p bo'sh yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan 15 ta ya'ni 2,10 gektar. Shuningdek, Shahrisabz tumanida eng ko'p bo'sh yer uchastkalari auksionda tadbirkorlarga sotilgan. 17 ta ya'ni 1,25 gektar.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍2
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining navbatdagi sayyor qabuli Muborak tumanida o'tkazildi.

🔸Kadastr sohasida jismoniy va yuridik shaxslar muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko'rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida soha mutasaddilari ishtirokida fuqarolar uchun doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil qilinmoqda.

▫️Bugun Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas'ullari ishtirokida Muborak tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

🔗Sayyor qabul davomida 10 dan ortiq murojaatlar ko'rib chiqildi. Shuning bilan bir qatorda yig'ilganlarga qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar haqida ham huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍3