Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Huquqiy hujjatlar mavjud bo'lmaganda kadastr pasporti rasmiylashtiriladimi ?

Dehqonobodda kadastr xodimlari aholi murojaatlarini o'rganishmoqda.

Dehqonobod tumani "Mustaqillik" ko’chasida yashovchi Muqaddas opa uy-joyiga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berishni so’rab murojaat qiladi.

O’rganishlar davomida ushbu turar-joyning huquqiy hujjatlari mavjud emasligi aniqlandi.

Turar-joyiga nisbatan mulkka oid huquqiy hujjatlar (yer ajratish qarori, oldi-sotdi shartnomasi, meros guvohnomasi, hadya shartnomasi) mavjud bo'lgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali kadastr hujjatini rasmiylashtirish uchun murojaat yo'llash mumkinligi va kadastr hujjatini rasmiylashtirib, davlat ro’yxatidan o’tkazish kerakligi murojaatchiga tushuntirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bu muhim!▪️

▶️ Xabaringiz bor, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalar orasida respublika bo‘yicha to‘lovini kutayotgan murojaatlar juda ko‘pligi haqida ma’lum qilgan edik.

📃 Qonunchilikka ko'ra, belgilangan vaqt ichida haq to‘lanmasligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etilishiga asos bo'lishini yana bir bor eslatib o'tamiz.

◼️ Shu munosabati bilan, fuqarolarimizdan ariza ijobiy xulosa olgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to'lovlarini amalga oshirishlari so'raladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftada Koson tumanidagi 20 gektardan ziyod fermer xo'jaligi yer maydonlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Koson tumani filialiga 21-25 avgust kunlari oralig'ida kadastr hujjati tayyorlash bo'yicha jami 26 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur arizalar asosida 14 ta ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim qilindi.

Shuningdek, filalimiz tomonidan 0,4 gektarga teng 2 ta bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlanib, “YERELEKTRON” tizimiga kiritildi.

Bundan tashqari,bir hafta ichida Uz kad dasturiga tumandagi 85,90 gektar yer maydoni hisobga olindi. Hisobga olingan 20,50 gektar yer maydoni davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

BATAFSIL BU YERDA👇👇👇
https://telegra.ph/Otgan-haftada-Koson-tumanidagi-20-gektardan-ziyod-fermer-xojaligi-yer-maydonlari-davlat-royxatidan-otkazildi-08-28

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda taʼlim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
TAYINLOV

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati shoʻbasi bosh mutaxassisi lavozimiga Abdullayev Bahrom Eshmo'minovich tayinlandi.

Bahrom Abdullayev 1996-yil Qamashi tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2021-yilda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligining Muborak tumani bo'limi Bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qarorga_sharx #vm_424



🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi 424-son Qaroriga sharx.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Unutmang, Siz tashlagan noto'g'ri qadam yaqinlaringizning qaddini bo'kib qo'yadi"— Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi boshlig'i qashqadaryolik kadastr xodimlari bilan muloqot qildi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmalarida Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Shomansurov boshchiligida kadastr sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida yig‘ilish o'tkazildi.

Yig'ilish ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, hududlarda sodir etilgan qonunbuzarlik holatlari tanqid ostiga olindi va bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularni oldini olish yuzasidan fikr almashildi.

BATAFSIL BU YERDA O'QING👇👇👇

https://telegra.ph/Haq-ornini-nohaq-egallamasligi-uchun-ham-korrupsiyaga-qarshi-kurashni-hamma-ozidan-boshlashi-kerak-08-29


🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Mini futbol musobaqasidan sovrindor bo'lib qaytgan qashqadaryolik kadastr xodimlari taqdirlanishdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Kadastr boshqarmasida tadbir o'tkazildi.

Unda Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Shomansurov, Boshqarma boshliqlari Jasur Usmonov hamda G'ayrat Hamroyev ishtirok etib, davlatimiz mustaqilligi tantanalari bilan qashqadaryolik kadastr xodimlarini qutladilar.

Tadbir davomida Kadastr agentligi tomonidan o'tkazilgan mini futbol musobaqasida finalgacha yetib borib, sovrindorlar qatoridan joy olgan kadastr xodimlarining natijalari e'tirof etildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook