Qashqadaryo kadastr_press
2.67K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Ma'naviyat va ma'rifat soati! 19.05.2023-yil

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari xodimlari  davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soati"da ishtirok etishdi.

Haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini xodimlarga keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KADASTR_FILIAL_MUROJAATLAR

Shuhrat QURBONOV
Davlat kadastrlari palatasi Shahrisabz tumani filiali Bosh muhandisi

Shahrisabz tumani filialiga yanvar- may oylari oralig'ida nizoli holatlar, so'rovnomalar va boshqa masalalar bo‘yicha jami 165 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 93 tasi ijobiy hal etildi.

Shahrisabz tumanida jami 57 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, eng ko‘p murojaat "Uloch" va "Toshbuloq" mahallasi aholisidan yo'llangan.

Yil boshidan buyon filialga yer ajratish masalasida –15 ta

🔹Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha -13 ta

🔹Nizoli holatlar bo‘yicha-14 ta

🔹So'rovnomalar bo‘yicha- 15 ta

🔹Boshqa masalalar yuzasidan 108 ta murojaat kelib tushgan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Tadbirkorlik uchun yerlarni sotib oling!

Yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi

🔷 Qashqadaryo viloyatidan 2527 ta (ko'rish)

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
РАДДИЯ

Ижтимоий тармоқларда кенг тарқалган мазкур фото ва унга берилган "Кадастр шундай ўлчабди... " мазмунидаги шарҳ албатта ҳазил тариқасида жойлангани тушунарли. Аммо, бир неча ижтимоий тармоқ кузатувчиларида саволлар туғилаётгани сабабли қуйидагиларни маълум қиламиз:

Айни кунгача, ушбу фотосуратдаги ҳолат юзасидан кадастр идораларига мурожаат келиб тушмаган ва Кадастр агентлигининг ер ва кадастр назорати бошқармалари томонидан ўтказилган назорат тадбирларида бу каби қурилма аниқланмаган.

‼️Ушбу фотосуратдаги ҳолат республикамизда жойлашгани тўғрисида хеч қандай аниқ маълумотлар мавжуд эмас.

Шуни ҳам алоҳида қайт этиш муҳимки, кўчмас мулк объектларига кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш жараёнида қурилиш учун тайёрланган ва тегишли идоралар билан келишилган лойиҳалар асосида қурилмаган объектларга кадастр хужжатлари расмийлаштирилмайди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir hafta ichida kadastr masalasida kelgan 100 dan ziyod murojaatlarga javob berildi

Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning filiallariga 15-19-may kunlarida 148 ta murojaatlar kelib tushgan.

"Murojaatlarning 110 tasiga o'z vaqtida javob berilgan. O'rganish jarayonida turgan murojaatlar soni esa 38 tani tashkil etadi "— deydi Umumiy bo'lim boshlig'i Umarjon Oripov.

O'rganib chiqilgan murojaatlarning 79 tasi kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan.

Ushbu haftada Boshqarma va filiallarga asosan yer ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, so'rovnomalar, nizoli holatlar  va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bo'ldi.

Eng ko'p murojaat Dehqonobod (9ta) va Shahrisabz tumani (8 ta) aholisidan yo'llangan.

Murojaatlar kam kelishi kuzatiladigan Muborak va Kasbi tumani filiallariga ushbu haftada bittadan murojaat kelib tushdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryoda o'n kun ichida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish borasidagi 1800 dan ziyod murojaatlar ijobiy hal etildi

Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan may oyining ikkinchi o’n kunligida 1395 ta turar-joylar, 443 ta noturar-joy ko’chmas mulk obyektlari jami 1838 ta ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

Jumladan: G’uzor tumanidan 85 ta, Dehqonobod 64 ta, Qamashi 61 ta, Qarshi tumanidan 253 ta, Koson 82 ta, Kitob 229 ta, Mirishkor 68 ta, Muborak 77 ta, Nishon 76 ta, Kasbi 66 ta, Chiroqchi 46 ta, Shahrisabz tumanidan 83 ta, Yakkabog’ 129 ta Shahrisabz shahridan 117 ta, Qarshi shahridan 358 ta ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilishi ta'minlandi.

Ma'lumot uchun, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

Ko'chmas mulkingizga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni UNUTMANG !

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Mulkdorlarga taqdim etilgan kadastr pasportlari, xususiylashtirilgan yer uchastkalari,elektronlashtirilayotgan hujjatlar va aniqlangan bo'sh yer maydonlari

Qashqadaryoda hafta ichida kadastr xizmatini ko'rsatishga oid qanday ishlar amalga oshirildi ?

15-19-may kunlari oralig'ida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman(shahar) filiallari tomonidan aholiga kadastr xizmatlari ko'rsatildi hamda sohada qator amaliy ishlar bajarildi

Ma'lumotlar bilan tanishing !!!

🔹QAMASHI TUMANI FILIALI
🔹QARSHI TUMANI FILIALI
🔹QARSHI SHAHAR FILIALI
🔹CHIROQCHI TUMANI FILIALI
🔹KOSON TUMANI FILIALI
🔹MUBORAK TUMANI FILIALI
🔹KASBI TUMANI FILIALI
🔹KITOB TUMANI FILIALI
🔹SHAHRISABZ TUMANI FILIALI
🔹SHAHRISABZ SHAHRI FILIALI
🔹DEHQONOBOD TUMANI FILIALI
🔹NISHON TUMANI FILIALI
🔹KO'KDALA TUMANI FILIALI

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

❗️Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
HURMATLI FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR !

🔊 Siz kadastr xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarmaslik (vijdonan bajarmaslik), mansab vakolatlarining suiste'mol qilinishi, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, xodimlar tomonidan tovlamachilik qilish holatlariga duch kelsangiz, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Komplayens-nazorat xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

💼 @kadastrpress_bot ga yoki

📞 88-639-70-00

📞 97-578-81-06 telefon raqamlariga murojaat qiling

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr_filial_haftanoma

MIRISHKOR tumani filialiga 15-19 may kunlari oralig'ida 9 ta noturar binoga, 16 ta yakka tartibdagi turar-joyga kadastr hujjati tayyorlash bo'yicha jami 21 ta murojaat kelib tushgan.

Mazkur arizalar asosida 19 ta ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim qilindi.

Batafsilbu yerda👇👇👇
https://telegra.ph/Mirishkor-tumani-filiali-05-22
Kadastr aholi manfaatlari yo'lida. Shahrisabz tumani misolida

Qashqadaryoda aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda

Jumladan "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Shahrisabz tumani filiali xodimlari tomonidan tumanning Uloch, Chorshanbe, Duxchi,  Saroy, Achchig'i, Qutchi, Xitoy mahallalaridan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

Ma'lumot o'rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Shahrisabz tumani filialiga 167 ta murojaatlar kelib tushdi.

Asosan murojaatlar kadastr hujjatini rasmiylashtirish, kadastr bazasidagi holatlar, yer uchastkasi bilan bog'liq masalalar yuzasidan bo'lgan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Qanday hollarda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtiriladi

Quyidagi hollarda kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtirildi:

🔹yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
🔹ko‘chmas mulk bo‘linganda;
🔹ko‘chmas mulk birlashtirilganda.

📌Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

Huquqiy asos:
O‘RQ–803

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr aholi manfaatlari yo'lida  G’uzor tumani misolida davom etamiz

Tumanda aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda

Jumladan "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida  kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan,G’uzor  tumani filiali xodimlari tomonidan tumanning  Xo'jaguzar, Navro’z, Savbog’, Gulshan, Do'stlik, Yonqishloq va Jarariq mahallalaridan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

Ma'lumot o'rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar G’uzor tumani  filialiga 112 ta murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Qashqadaryoda birinchi marotaba daraxtlarga kadastr pasporti tayyorlandi

Shahrisabz tumanining “Ravot” mahallasida joylashgan “O‘ktam Choriyorovich” fermer xo‘jaligining ko‘p yillik dov-daraxtlariga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasi Davlat kadastrlari palatasi Shahrisabz tumani filiali tomonidan ijobiy hal etildi

Batafsil — DARYO UZ da o'qing

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yil boshidan buyon 70 dan ortiq qashqadaryolik kadastr xodimlarining malakasi oshirildi

Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarning malakasi oshirib kelinmoqda.

2023-yilning o'tgan davri mobaynida quyidagi yo'nalishlarda xodimlar malakasi oshirildi.

🔹Inson resurslarini boshqarish yo'nalishida 2 ta

🔹Murojaatlar bilan ishlash yo'nalishida 3 ta

🔹Ro'yxatdan o‘tkazish yo'nalishida 5 ta

🔹Ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizasiyadan o‘tkazish yo'nalishida 9 ta

🔹Yuridik xizmat yo'nalishida 1 ta

🔹Yerlarni auksionga chiqarish yo'nalishida 3 ta

🔹Topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash yo'nalishida 2 ta

🔹Boshqa yo'nalishlarda 46 nafar xodimlar malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook