Qashqadaryo kadastr_press
2.73K subscribers
11.1K photos
1.55K videos
4 files
6.23K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг апрель ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Subsidiyaga uy-joy olmoqchimisiz. Unda bu siz uchun muhim

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq joriy yil yangi tartibdagi ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi o'zgarishlar kiritildi:

- Subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshlig'i va aholi bandligiga ko'maklashish markazi direktorlari chiqarildi;

- Subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko'maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi bo'limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko'rib chiqish tartibi bekor qilindi;

- Bunda mazkur tashkilotlarning ma'lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta'minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Bundan tashqari, subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritildi:

- Yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;

- Olis va chekka hududlardagi budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma'lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

2023-yil uchun ipoteka kreditlari bo'yicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag'lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga jo‘nab ketdi

Berlinda prezident Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Olaf Shols bilan muzokaralar, yetakchi kompaniya rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil — https://dy.uz/ZYARK

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Bugun Qashqadaryo viloyatining ayrim hududlarida chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin

Bugun Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qamashi tumani filiali arxivariusi aprel oyining eng yaxshi xodimi

🥇Davlat kadastrlari palatasi Qamashi tuman filiali Arxivariusi Abduhakim Davlyanov Boshqarma tomonidan aprel oyining "eng yaxshi xodimi" deb topildi.

👨‍💻"Har bir sohada bo'lgani kabi. kadastr sohasida ham raqamlashtirish jarayonlari izchilik bilan olib borilmoqda" deydi u.

📌 Hozirgi kunda filial arxivida 57 000 dan ziyod ko'chmas mulklarning kadastr hujjatlari saqlanmoqda.

Ularning 54 mingga yaqini turar joy hujjatlari bo'lsa, 3 mingdan ziyodi noturar joylarning kadastr hujjatlaridir.

Quvonarlisi, bugungi kunda filialdagi ko'chmas mulkka oid 57 189 ta qog'oz ko'rinishidagi hujjatlar arxiv bazasiga kiritilib, hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta'minlandi.

💼 Boshqarma jamoasi o'z kasbiy vazifalarini mas'uliyat bilan bajargan, berilgan topshiriqlarni to'g'ri va to'liq ado etayotgani uchun Qamashi tumani filiali arxivariusi Abduhakim Davlyanovga tashakkur izhor etadi.

🏅YUTUQLAR MUBORAK BO'LSIN !

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Bugun, 3 may - Jahon matbuoti erkinligi kuni

BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 20-dekabrdagi rezolyusiyasiga ko'ra, 1994 yildan boshlab har yili 3 may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Erkin so'z, erkin matbuot – jamiyat ravnaqining eng muhim shartlaridan biri.

Har qanday jarayonda xolis va haqqoniy so'z ayta olish kishidan tezkorlik, fikrchanlik, katta masuliyat talab etadi.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi jamoasi barcha OAV vakillarini bugungi kun bilan samimiy tabriklaydi. 

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryoda o'tgan 4 oy ichida 46 gektardan ziyod bo'sh yerlar maydonlari aniqlanib, Yerelektron tizimiga kiritildi

◽️Joriy yil boshidan buyon Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jami 845 ta ya’ni 46.41 gektar bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlanib, “YERELEKTRON” AATga kiritildi va tegishli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosalar berilgan 522 ta ya’ni 17.14ga yer uchastkalari elektron Onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga yuborildi.

📌 O'tgan vaqt davomida 479 ta ya’ni 17.21 ga bo‘sh yer uchastkalari onlayn-auksion savdosida tadbirkorlarga sotildi.

📌 Hududlar kesimida ko'rilganda eng ko‘p bo‘sh yer uchastkalari Yakkabog’ tumanida aniqlangan. 115 ta ya’ni 2.66 gektar.

📌 Eng ko‘p bo‘sh yer uchastkalari Chiroqchi tumanidan auksionga chiqarilgan. 68 ta ya’ni 3.16 gektar.

📌 Eng ko‘p bo‘sh yer uchastkalari auksionda sotilgan hudud esa Nishon tumani.Tumanda 67 ta ya’ni 1.34 gektar auksion savdolarida tadbirkorlarga sotilgan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qaroriga 1-ilova 25-bandi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🔹ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Qashqadaryoda 4 oy ichida 46 gektardan ziyod bo'sh yer maydonlari aniqlanib, auksion savdolariga chiqarish uchun Yerelektron tizimiga kiritildi

Batafsil—https://darakchi.uz MAQOLASIDA

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#kadastr #iso_37001_2016

🌟 Кадастр агентлиги ISO 37001:2016 халқаро сертификатни қўлга киритди.

“Cert international”
ташкилоти томонидан 2022 йилнинг 7 декабрь ҳамда 6-8 апрель кунлари ISO 37001:2016 халқаро стандарти бўйича аудиторлик текшируви ўтказилди. Текширув натижасига мувофиқ 🌟Кадастр агентлиги марказий аппарати ISO 37001:2016 халқаро сертификатига лойиқ деб топилди.

➡️ BATAFSIL 👈

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'p qavatli turarjoy qurish uchun yerlar

▪️Qashqadaryo viloyatidan 2 ta (ko'rish)

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
RASMIY MUNOSABAT

You tube platformasida videolavha e'lon qilingan.

Unda murojaatchilar Shahrisabz tumanidagi Xalqobod mahallasida joylashgan aholi tomonidan foydalanib kelinayotgan yer maydoni auksion savdosiga chiqarilganidan norozi ekanligi aks etgan.

Mazkur yer maydoni haqida quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Shahrisabz tumani, Xalqobod MFY, Xalqobod qishlog'i hududida joylashgan ushbu yer maydoni tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydoni hisoblanadi va ushbu stadionga nisbatan hech qanday huquqiy hujjatlar mavjud emas.

Ma'lumki, yer uchastkalarining meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish “E-IJRO AUKSION” yagona savdo maydonchasida elektron auksionlarni o‘tkazish yo‘li bilangina amalga oshiriladi.

📌 Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish qonunchilik bilan ta'qiqlanadi va huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

🇺🇿 O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan, Shahrisabz tumani qurilish bo'limi tomonidan Xalqobod MFY hududidagi jami 0,3880 gektarga teng 4 ta bo'sh yer maydonlarida kelgusida sport inshootlari qurish ruxsati bilan “YERELEKTRON” axborot almashuvi tizimiga kiritilgan.

Ushbu bo'sh yer maydonlariga vakolatli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosalar berilgach, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga  chiqarilgan.

Aytish kerakki, 4 ta lotga ajratilgan ushbu yerlar auksionga chiqarilayotgani bo'yicha Dukchi, Xalqobod, Chorbog' MFY raislari xabardor etilgan.

Bugungi kunda 2 ta bo'sh yer maydoni bo'yicha tanlov g'oliblari aniqlangan. Qolgan 2 ta bo'sh yer maydoni “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida turibdi.

Yutuq bayonnomasiga ko'ra,
auksionda ishtirok etib, tanlov g'olibi bo'lganlarga ushbu yerda faqatgina sport inshooti qurishga ruxsat beriladi.

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Tadbirkorlik uchun yerlarni sotib oling!

Yerr uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi


🔷 Qashqadaryo viloyatidan 3122 ta (ko'rish)

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Davlat ro'yxatidan o'tkazilayotgan yerlar, o'z muddatida hal etilayotgan murojaatlar, qog'oz hujjatlarning elektronlashtirilishi.

Bir hafta ichida Koson tumanida kadastrga doir qanday amaliy ishlar bajarildi ?

Batafsil— bu yerda o'qing📌📌📌
https://telegra.ph/Koson-tumanida-kadastrga-doir-qanday-xizmatlar-korsatildi-05-05


🇺🇿 telegram | instagram | facebook