Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Nogironligi boʻlgan shaxslarning auksion orqali yer uchastkasi sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Hukumat qarori (122–son, 23.03.2023-y.) bilan Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (30 mln soʻmgacha) miqdorda bir martalik toʻlov ajratiladi.

Bunda xarajatlar ushbu miqdordan yuqori boʻlgan hollarda BHMning 100 baravarigacha (30 mln soʻmgacha) boʻlgan qismi qoplab beriladi.

Imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga muvofiq kelishi kerak:

BATAFSIL BU YERDA O'QING👇
https://telegra.ph/QONUNCHILIKDAGI-YANGILIKLAR-03-24-2

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
25-mart shanba kuni Kadastr idoralari ish faoliyatini davom ettiradi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-son Farmoni bilan 25-mart shanba dam olish kuni 22-mart dushanba kuniga ko‘chirilgan edi.

🇺🇿 Shu munosabat bilan 25-mart, shanba kuni ish haftasi turidan qatʼiy nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-26 aprelda bo‘lib o‘tadi

📃 “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining referendumi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkaziladi.

📌 Referendum kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berishi mumkin.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Qashqadaryo #matbuot_tadbirlari_oyligi

🟢 O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o'tkazilgan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarma boshliqlari ishtirokidagi matbuot anjumani "O'zbekiston24" telekanalining "Yangiliklar" informatsion dasturida

Batafsil videoda

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?


Murojaatlar —D
avlat xizmatlari markazi, YIDXPmy.gov.uz orqali qabul qilinadi.

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 375 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi maʼlumotlarni tekshiradi:

▪️arizani va ushbu ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjatlarini o‘rganadi, ularni Reyestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi

▪️ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga o‘tkazilishining qonuniyligini aniqlaydi

▪️umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi

▪️ ko‘chmas mulk obyekti huquqning boshqa shaxslarga o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qiluvchi garovga qo‘yilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi

▪️boshqa shaxslardan aynan shu ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza bor yoki yo‘qligini Reyestrdan aniqlaydi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
O'tgan haftada kadastr masalasida kelib tushgan 40 dan ziyod murojaatlar ijobiy hal etildi.

Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning filiallariga 23-25- mart kunlarida jami 98 ta murojaatlar kelib tushgan.

"Murojaatlarning 41 tasi kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan"— deydi Umumiy bo'lim boshlig'i Umarjon Oripov.

Qayd etilishicha, viloyat boshqarmasiga sohaga doir 43 ta murojaatlar kelgan.

Boshqarma va filiallarga kelgan murojaatlarning 14 tasi yer ajratish masalasida bo'lsa, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha 9 ta, mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha 6 ta , nizoli masalalar yuzasidan 9 ta, SO’ROVNOMALAR 36 ta va boshqa masalalar yuzasidan 24 ta murojaatlar bo'lgan.

Ta'kidlanishicha, eng ko'p murojaat Qarshi shahar aholisidan kelib tushgan bo'lib, murojaatlar soni 15 tani tashkil etadi.

🇺🇿
telegram | instagram | facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR MANZILLARI !!!

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Kasbi tumani filiali

💼 Filial rahbari - Mahmudov Sherzod Hamzayevich

🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani , Do'stlik mahallasi, A.Temur ko‘chasi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 99-665-69-67

Kasbi tumanida 42 ta mahalla mavjud bo'lib, 207 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Maydoni 73,479 gektarni tashkil etadi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

Oldin davlat istalgan sabab bilan uy-joyni buzishi mumkin edi.

⚖️“Endi sud qarori bo‘lmasa, bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Uyni mulk egasining roziligi bilan va to‘liq kompensatsiya bergandan so‘ng buzish mumkin” — yangilanayotgan Konstitutsiyaning 47-moddasi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

Yangi tahrirdagi Konstitusiyada malakali yuridik yordam olish huquqi aks ettirilmoqda

Konstitusiyaviy qonun loyihasi bilan har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi belgilanmoqda. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi.

Huquqbuzarliklardan jabrlanganlar huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Men taqdirimga #befarq_emasman. Siz ham Konstitutsiyaviy islohotlarga siz ham e'tiborli bo'ling.

30-aprelda bo'lib o'tadigan referundumda ishtirok eting !

🔹Sayyora Xusainova—🌟Kadatr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yuridik byuro bosh yuristkonsulti

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев инвестиция, экспорт
ва халқаро ҳамкорлик масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам инвестиций, экспорта и международного сотрудничества.

#Mirziyoyev #yigilish #investitsiya #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

"Muhimi yugur-yugurlarga chek qo'yildi",— Qashqadaryolik tadbirkor avvalgi va hozirgi kadastr xizmatlarini ko'rsatilishidagi tafovut haqida

" Avvallari Kadastr sohasida hujjatlashtirish ishlaridagi sarsongarchiliklarga ko'p guvoh bo'lardik. Bugungi kunga kelib esa sohadagi raqamlashtirishlar natijasida murojaatlarimiz tez va sifatli hal etilaloygani vaqtimiz va naqtimizni tejamoqda.

Men tadbirkor sifatida taqdirimga #befarq_emasman. Siz ham konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo'lmang.

30-aprel kuni bo'lib o'tadigan referendumda yangilanayotgan konstitutsiyamizga ovoz bering!", — deydi qashqadaryolik tadbirkor Behruz Jo'raqulov.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #sayyor_qabul #Qashqadaryo

📹Ayni damda Kasbi tumanida Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich boshchiligida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Mazkur qabulga fuqarolar Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolar bo‘yicha murojaat qilishmoqda.

📹 Sayyor qabul natijalari bo‘yicha batafsil yana maʼlumot beriladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook