Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Osiyoda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga Qashqadaryoda muboraklik kadastrchilarga tenglasha oladigan raqib topilmadi

⚽️ Qarshida kadastr xodimlari o'rtasida o'tkazilgan mini-futbol musoqalari o'z yakuniga yetdi.

Uch kun davom etgan musobaqada raqiblariga imkoniyat qoldirmagan Chiroqchi va Muborak tumani filiallari finalgacha yetib kelishdi.

Turnirni mag'lubiyatsiz o'tkazib, hal qiluv bahsida chiroqchilik hamkasblarini taslim etgan muboraklik kadastrchilar yakunda CHEMPIONLIKNI qo'lga kiritishdi.

Chempionlar kubok, medallar va O'zbekiston bo'ylab sayohat vaucheri bilan taqdirlanishdi.

G'oliblarga tarixiy shaharlarga sayohat qilish imkoniyati yaratiladi.

🏅🏆 MUBORAKKA G'ALABA MUBORAK BO'LSIN !!!

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 #KADASTR #INTERVYU

Qashqadaryo viloyatida yer nazorati yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, yerga oid qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari haqida Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi boshlig'i  Jasur Usmonov Qashqadaryo telekanalining "MULOQOT" ko'rsatuvida ma'lumot berdi

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Барчамизга ғалаба муборак бўлсин!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Aholining ko'chmas mulk va kadastr sohasidagi bilimlari sezilarli darajada oshib bormoqda"— G'ayrat Hamroyev

Milliy matbuot markazida bo'lib o'tgan tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i 2022-yilda kadastr pasporti bilan bog'liq murojaatlarning sezilarli darajada ko'payganiga to'xtalib o'tdi.

"Murojaatlar keskin ortgan. Buning asosiy sabablari xalqimizning, fuqarolarimizning kundan-kunga huquqiy tushunchalari ortib borayotganligi, Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarining shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda odamlarning yerga va mulkka bo‘lgan munosabatlari keskin o‘zgarayotganligi, qolaversa Davlat rahbari tomonidan qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlar asosida aholi va tadbirkorlar uchun mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, yerlarni bozor aktiviga  aylantirish kabi keng imkoniyatlarning yaratilayotganligi natijasidir" — deydi G'ayrat Hamroyev.

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Qashqadaryo #matbuot_tadbirlari_oyligi

"Biz qonunchilikni to'g'ri tushuntirsak, Qashqadaryo xalqi qonunlarni hurmat qiladigan mard xalq"

Jasur Usmonov yerga oid qonunchilikning aholiga tushuntirib borilayotgani o'z natijasini berayotgani haqida gapirdi

2022-yilda kadastr xodimlari tomonidan olib borilgan targ'ibot ishlari natijasida yerlarni noqonuniy egallab olishga oid holatlarning 86 foizi aholi tomonidan  ixtiyoriy bartaraf etildi.

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
🌿 TABRIKNOMA

Bugun xalqimiz bahor va go‘zallik ayyomi atalmish Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki kayfiyatda, shod-u xurramlik bilan nishonlamoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi jamoasi yurtdoshlarimizni sharqona yangi yil bilan samimiy muborakbod etadi.

Navro‘z xalqimizga baxt-u iqbol, to‘kinlik va qut-baraka ato etsin!

Cheksiz hurmat ila G'ayrat Hamroyev Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #matbuot_anjuman

🏢 O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

📹 Mazkur video orqali matbuot anjumanida sohaga doir berilgan ma'lumotlar bilan to'liq tanishishingiz mumkin

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
🕌 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari yurtdoshlarimizni kirib kelgan muqaddas Ramazon oyi bilan samimiy qutlaydi ☪️

Kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
#Kadastr_korrupsiyaga #qarshi

Kadastr sohasida xodimlar orasida poraxo'rlik va korrupsion jinoyatlarning oldini olish, ularning bu boradagi huquqiy madaniyatini rivojlantirish maqsadida Chiroqchi va Ko'kdala tumanlarida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmalarining mazkur tumanlarda faoliyat yuritib kelayotgan kadastr bo'limlari va filiallarining rahbar hamda xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Qashqadaryodagi mavjud yer maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum boʻldi

Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Gʻayrat Hamroyev Milliy matbuot markazida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Batafsil — https://bit.ly/409gokw

📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android
Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastrga doir xizmatlardan onlayn tartibda foydalaning. Vaqtngizni tejang.

🗂 Avvallari uy-joy, yer-mulk hujjatlari bilan bog‘liq muammolar eng og‘riqli nuqtamiz edi. Bitta mulkka ikkita ega chiqib qolishi holati ham ko‘pchilikni qiynardi.

🛃 Bugun raqamlashtirish tufayli mazkur muammolarga bosqichma-bosqich barham berilmoqda.

🏠 Hozirgi kunda my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tganlar “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish” xizmatidan foydalanish barobarida uning javobini tekshirish imkoniyatiga ham egadirlar.

Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish” xizmati to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchidan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook