Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Toshkentda kadastr sohasida ishlovchi kadrlarning malakasi oshirilmoqda

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari Inson resurslari (kadrlar) bo‘limlarining mas’ul xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari boshlandi.

9-yanvardan 19-yanvarga qadar davom etadigan o'quv kurslari davomida xodimlarga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi va "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonun bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi.

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyati bo'yicha 3 066 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini ijara va mulk huquqi bilan shaffof AUKSION savdolari orqali sotib oling!

🔸 G'uzor tumanidan 248 ta (ko'rish)
🔹 Dehqonobod tumanidan 411 ta (ko'rish)
🔸 Qamashi tumanidan 416 ta (ko'rish)
🔹 Qarshi tumanidan 95 ta (ko'rish)
🔸 Koson tumanidan 220 ta (ko'rish)
🔹 Kitob tumanidan 101 ta (ko'rish)
🔸 Mirishkor tumanidan 326 ta (ko'rish)
🔹 Muborak tumanidan 237 ta (ko'rish)
🔸 Nishon tumanidan 305 ta (ko'rish)
🔹 Kasbi tumanidan 118 ta (ko'rish)
🔸 Ko'kdala tumanidan 39 ta (ko'rish)
🔹 Chiroqchi tumanidan 151 ta (ko'rish)
🔸 Shahrisabz tumanidan 83 ta (ko'rish)
🔹 Yakkabog' tumanidan 193 ta (ko'rish)
🔸 Qarshi shahridan 22 ta (ko'rish)
🔹 Shahrisabz shahridan 101 ta (ko'rish)

Video qo'llanmalar: https://t.iss.one/auksionvideo

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❄️Qashqadaryoda QOR yog'ishi davom etmoqda

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR XIZMATLARIDAN MOBIL ILOVA ORQALI FOYDALANING

📲 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasining yangi takomillashtirilgan talqini ishga tushirilgan bo‘lib, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar soni 100 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Kadastrga oid quyidagi xizmatlar portalning mobil ilovasida to‘liq ishga tushirildi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan ko‘chirmalar olish;

🔹Ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma berish;

🔹Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

👉Mobil ilovani yuklab olish

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyati bo'yicha tadbirkorlik uchun 149 gektardan ziyod bo'sh yer uchastkalari onlayn auksion savdolariga chiqarilgan

Ma'lumki, tadbirkorlik obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari faqat elektron onlayn-auksion orqali ajratilishi belgilangan.

2022-yilda Qashqadaryo viloyati bo'yicha 309,79 gektarga teng 8 386 ta bo‘sh yer uchastkasi “Yerelektron” AAT dasturiga kiritildi.

Elektron dasturga kiritilgan 4 682 ta bo‘sh yer uchastkalariga vakolatli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosalar berilgan bo'lsa, 3048 ta yer uchastkalari belgilangan talablarga mos kelmaganligi uchun berilgan takliflar rad qilingan. 656 ta yer uchastkalari esa vakolatli tashkilotlarning mahokama jarayonida.

Yakunlangan yilda “Yerelektron” AAT dasturiga kiritilgan bo‘sh yer uchastkalardan jami 4 682 ta qariyb 149,68 gektar bo‘sh yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan. Shundan 1023 ta bo‘sh yer uchastkasi yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan 22milliard 591million 533ming 99 so‘mga realizatsiya qilingan.

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaat

🟢Fuqaro hamda tadbirkorlarga murojaat.

➡️ Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

✔️Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

💻Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sovuq ob-havoda ko‘chaga chiqmasdan onlayn Kadastr xizmatlaridan foydalaning

🌐Elektron xizmatlardan foydalanib, sovuq havo sabab yo‘llarda yuzaga kelgan tirbandliklar, sirpanchiq yoki qor uyumlari ustida yurishning noqulayligi, avtobus kutib qolib, «sovuq o‘tishi» kabi dilni xira qiladigan holatlarga duch kelmaysiz.

Xizmatdan foydalanish uchun kerakli xizmatni tanlab ustiga bosing.

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga qarorni olish;

🔹Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

🔹Ko‘chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo‘yicha murojaat yo‘llash;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);

🔹Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

🔹Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Komplayens-nazorati xizmati kadastr xodimlari uchun 2023-yilgi profilaktik tadbirlarini boshladi

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Kadastr sohasida ham xodimlar orasida korrupsion harakatlarni oldini olish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qarshi shahar bo'limi va filialida o'tkazilgan profilaktik tadbirda agar xodim faoliyati davomida korrupsion harakatlarda ishtirok etsa, aybdor xodimlar faoliyatiga huquqiy baho berish va javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash maqsadida ma'lumotlar o‘rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilishi haqida yig‘ilish ishtirokchilariga axborot berildi.

Shuningdek, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, kadastr hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda xatoliklarni oldini olish, sobiq xodimlar bilan ish yuzasidan aloqalarni kamaytirish, ustoz-shogird anʼanasini faqat tizimda faoliyat yuritayotgan malakalari xodimlarga yosh xodimlarni biriktirgan holda tashkil etilishi lozimligi ta'kidlab o'tildi.

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik uchun

🔹BHMning besh baravari (1500 000 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Huquqiy asos: Mjtk 67-modda

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

Fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqiy asos: MJtK 66-modda

🕊kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olmang

❗️ O'zboshimchalik bilan egallangan yerda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo'l qo'yilmaydi.

🎲 Yerni o'zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

📗Yer kodeksining 91-moddasiga asosan, O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g'ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko'ra qaytariladi.

➡️ O'zboshimchalik bilan egallangan yerdagi har qanday qurilish obyektlariga suv ta'minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash qat'iy taqiqlanadi.

kadastr xabarlari—@Qashkadastrpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM