Qashqadaryo kadastr_press
2.73K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.16K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Qashqadaryoda axborot texnologiyalari sohasida malaka oshirib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan rahbar xodimlarga sertifikatlar topshirildi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi "Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Kadastr agentligi tomonidan Jahon banki loyihasi doirasida "Raqamli texnologiyalar va dasturiy mahsulotlardan samarali foydalanish" bo'yicha Qashqadaryo viloyatida ham o'quv kurslari tashkil etilgan edi.

12-16-dekabr kunlari Qarshi shahrida o'tkazilgan o'quv kurslari davomida tuman(shahar) bo'limlari va filiallarida faoliyat olib borayotgan jami 15 nafar rahbar xodimlarga malakali trenerlar tomonidan bilimlar berib borildi.

Yakunda test sinovlaridan me'yoriy natijalarni qayd etgan rahbar xodimlarga sertifikatlar taqdim etildi.

@Qashkadastrpress
#2023_yil_1_yanvardan

📁 Kadastr va ko'chmas mulklarni ro'yxatdan o'tkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD) ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarning davlat reestri hamda ko'chmas mulk obyektlari haqidagi ma'lumotlar yuritiladigan, ma'lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilanadi.

@Qashkadastrpress
Ikki yuzdan ziyod filial rahbarlari orasida Qamashi tumani filiali rahbarining mehnat faoliyati Respublikada yuqori baholandi

Davlat kadastrlari palatasida yil sarhisobi bo'yicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash an'ana tusiga kirgan.

Bugun o'tkazilgan tadbirda tashkilot tomonidan 10 ga yaqin xizmatlar ko'rsatilayotgani, yil davomida aholiga bir million 400 mingdan ziyod kadastrga doir xizmatlar ko'rsatilgani alohida ta'kidlandi.

" Kadastrda ishlayotgan har bir xodimning "qo'li doim toza bo'lishi kerak". Bitta noto'g'ri qo'yilgan qadam tizimga bo'lgan ishonchni yo'qotadi"— dedi Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev yil sarhisoblariga bag'ishlangan yig'ilishda.

Quvonarlisi, Qashqadaryo viloyatidan Qamashi tumani filiali rahbari Rustam Botirovning mehnat faoliyati Davlat kadastrlari palatasi tomonidan e'tirof etildi.

Yil davomida vazifa va topshiriqlarini o’z muddatida sifatli qilib bajarilishini ta’minlagan filial jamoasini mazkur mukofot bilan muborakbod etamiz.

@Qashkadastrpress
Kadastr agentligi samarali xizmat faoliyati uchun 50 dan ziyod xodimlarni taqdirladi. Ular orasida qashqadaryolik kadastrchilar ham bor

Kadastr agentligi Agentlikning va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarmalari va ularning bo'lim va filiallarida yil davomida o'z xizmat vazifasini chin yurakdan bajargan, samarali mehnat qilgan, tashabbuskor, mehnatsevar  va fidokor bir guruh xodimlarni bayram arafasida taqdirladi.🎉

Taqdirlangan 56 nafar kadastr xodimlari safida mehnat faoliyati e'tirof etilgan qashqadaryolik kadastr xodimlari ham bor. ULAR;


🏅Feruz TOIROV— Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazorati bo'limi boshlig'i;

🏅Nomoz CHORIYEV—Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati rahbari—boshliq maslahatchisi;

🏅Berdimurod Ro'ziyev— Qarshi tumani bo'limi Bosh inspektori

🏅Xurriyat Aliqulova— Qarshi tumani filialining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi.

E'tirof muborak bo'lsin !!!

@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirishkorda davo muolajalarini olayotgan bolajonlar qalbiga quvonch ulashildi. Savobli ishda Mirishkor tumani filiali ham o'z hissasini qo'shdi

Pomuq shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo‘limi, bolalar bo‘limida davolanayotgan bolalar, tug‘ruqxonada dunyoga kelgan chaqaloqlarning onalari va shifoxona xodimlariga Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram sovg‘alar topshirildi.

@Qashkadastrpress
Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1️⃣ Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari
2️⃣ Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda
3️⃣ Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - Bazaviy hisoblash miqdorining
15 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda
4️⃣ Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - Bazaviy hisoblash miqdorining
30 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda
5️⃣ Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - Bazaviy hisoblash miqdorining
50 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda
6️⃣ Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk - Bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda

🔰 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1️⃣ Ko‘p kvartirali uydagi kvartira — Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda
2️⃣ Yakka tartibdagi turar-joy — Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda


@Qashkadastrpress
#2023_yil_1_yanvardan

Kadastr agentligining hududiy tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Hududiy boshqarma va bo'limlar faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi.

🚫 Hududiy bo'limlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar tomonidan aralashish yoki ta'sir o'tkazish qat'iy taqiqlanadi.

@Qashkadastrpress
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан:

- Ачилбай Жуманиязович Раматов Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Джамшид Анварович Кучкаров Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Жамшид Абдухакимович Ходжаев Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Зулайхо Бахриддиновна Махкамова Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Шерзод Давлятович Кудбиев Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёт ва молия вазири лавозимига;

- Лазиз Шавкатович Кудратов Ўзбекистон Республикаси инвестициялар, саноат ва савдо вазири лавозимига;

- Бобир Фархадович Исламов Ўзбекистон Республикаси
тоғ-кон саноати ва геология вазири лавозимига;

- Батир Иркинович Закиров Ўзбекистон Республикаси
қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазири лавозимига;

- Бехзод Анварович Мусаев Ўзбекистон Республикаси камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири лавозимига;

- Иброхим Юлчиевич Абдураҳмонов Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазири лавозимига;

- Хилола Уктамовна Умарова Ўзбекистон Республикаси
мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимига;

- Азиз Абдукахарович Абдухакимов Ўзбекистон Республикаси табиат ресурслари вазири лавозимига;

- Адхам Ильхамович Икрамов Ўзбекистон Республикаси ёшлар сиёсати ва спорт вазири лавозимига;

- Шерзод Хотамович Шерматов Ўзбекистон Республикаси рақамли технологиялар вазири лавозимига;

- Озодбек Ахмадович Назарбеков Ўзбекистон Республикаси маданият ва туризм вазири лавозимига;

- Жўрабек Турсунпулатович Мирзамаҳмудов Ўзбекистон Республикаси энергетика вазири лавозимига;

- Амрилло Шодиевич Иноятов Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазири лавозимига тасдиқланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Yana bir necha soatlardan so'ng yangi 2023-yilni qarshi olamiz

O'tgan yil davomida Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo'limlari tomonidan yerlarni o'zboshimchalik bilan egalashga oid 1934 ta holat aniqlandi.(KO'RISH)

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va filiallarida aholiga ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo'nalishida, ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar berish, kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha shaffof kadastr xizmatlari ko'rsatildi.(KO'RISH)

Ko'rsatilgan xizmatlar natijasida 35 mingga yaqin yuridik va jismoniy shaxslarga, viloyat ahliga kadastr hujjatlari belgilangan muddatlarda tayyorlab berildi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari jamoasi
oliyjanob, bagʻrikeng xalqimizni kirib kelayotgan 2023-yil bilan samimiy qutlaydi.

Yangi yil yangi orzu-maqsadlari yili bo'lsin !

@Qashkadastrpress