Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Tadbirkorlik uchun yerlarni sotib oling!

🔷 Qashqadaryo viloyatidan 2997 ta (ko'rish)

@Qashkadastrpress
Qashqadaryoda axborot texnologiyalari sohasida malaka oshirib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan rahbar xodimlarga sertifikatlar topshirildi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi "Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Kadastr agentligi tomonidan Jahon banki loyihasi doirasida "Raqamli texnologiyalar va dasturiy mahsulotlardan samarali foydalanish" bo'yicha Qashqadaryo viloyatida ham o'quv kurslari tashkil etilgan edi.

12-16-dekabr kunlari Qarshi shahrida o'tkazilgan o'quv kurslari davomida tuman(shahar) bo'limlari va filiallarida faoliyat olib borayotgan jami 15 nafar rahbar xodimlarga malakali trenerlar tomonidan bilimlar berib borildi.

Yakunda test sinovlaridan me'yoriy natijalarni qayd etgan rahbar xodimlarga sertifikatlar taqdim etildi.

@Qashkadastrpress
#2023_yil_1_yanvardan

📁 Kadastr va ko'chmas mulklarni ro'yxatdan o'tkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD) ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarning davlat reestri hamda ko'chmas mulk obyektlari haqidagi ma'lumotlar yuritiladigan, ma'lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilanadi.

@Qashkadastrpress
Ikki yuzdan ziyod filial rahbarlari orasida Qamashi tumani filiali rahbarining mehnat faoliyati Respublikada yuqori baholandi

Davlat kadastrlari palatasida yil sarhisobi bo'yicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash an'ana tusiga kirgan.

Bugun o'tkazilgan tadbirda tashkilot tomonidan 10 ga yaqin xizmatlar ko'rsatilayotgani, yil davomida aholiga bir million 400 mingdan ziyod kadastrga doir xizmatlar ko'rsatilgani alohida ta'kidlandi.

" Kadastrda ishlayotgan har bir xodimning "qo'li doim toza bo'lishi kerak". Bitta noto'g'ri qo'yilgan qadam tizimga bo'lgan ishonchni yo'qotadi"— dedi Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev yil sarhisoblariga bag'ishlangan yig'ilishda.

Quvonarlisi, Qashqadaryo viloyatidan Qamashi tumani filiali rahbari Rustam Botirovning mehnat faoliyati Davlat kadastrlari palatasi tomonidan e'tirof etildi.

Yil davomida vazifa va topshiriqlarini o’z muddatida sifatli qilib bajarilishini ta’minlagan filial jamoasini mazkur mukofot bilan muborakbod etamiz.

@Qashkadastrpress
Kadastr agentligi samarali xizmat faoliyati uchun 50 dan ziyod xodimlarni taqdirladi. Ular orasida qashqadaryolik kadastrchilar ham bor

Kadastr agentligi Agentlikning va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarmalari va ularning bo'lim va filiallarida yil davomida o'z xizmat vazifasini chin yurakdan bajargan, samarali mehnat qilgan, tashabbuskor, mehnatsevar  va fidokor bir guruh xodimlarni bayram arafasida taqdirladi.🎉

Taqdirlangan 56 nafar kadastr xodimlari safida mehnat faoliyati e'tirof etilgan qashqadaryolik kadastr xodimlari ham bor. ULAR;


🏅Feruz TOIROV— Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazorati bo'limi boshlig'i;

🏅Nomoz CHORIYEV—Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati rahbari—boshliq maslahatchisi;

🏅Berdimurod Ro'ziyev— Qarshi tumani bo'limi Bosh inspektori

🏅Xurriyat Aliqulova— Qarshi tumani filialining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi.

E'tirof muborak bo'lsin !!!

@Qashkadastrpress