Qashqadaryo kadastr_press
2.7K subscribers
11K photos
1.53K videos
4 files
6.11K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Qashqadaryolik kadrlar malaka oshirishga doir test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tishdi

Toshkentda joriy yilning 9-20- dekabr kunlari Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari Inson resurslari (kadrlar) bo‘limlari mas’ul xodimlari uchun malaka oshirish kurslari o'tkazildi

Qariyb 10 kun davomida amaldagi va yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonunni qo‘llash masalalari haqida tinglovchilarga ma'lumotlar berilib, Davlat idoralarida HR tizimini yo‘lga qo‘yish mavzulari haqida ham o‘quvlar tashkil qilindi.

Quvonarlisi, o'quv yakunlariga ko'ra, belgilangan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarimiz Kadrlar masalalari bo'yicha bosh mutaxassis Gulshod Dovlayeva va Kadrlar bo'yicha yetakchi mutaxassis Fazliddin Ergashevga malaka oshirganlik to'g'risida sertifikatlar topshirildi.

@Qashkadastrpress
📣DIQQAT E’LON!📣

🌟Davlat kadastrlari palatasi ushbu bilan quyidagilarni ma’lum qiladi.

▶️ Kadastr xizmatlariga integratsiya qilingan bankning xabar qilishicha, kadastr xizmatlariga aloqador MUNIS (banklararo universal tarmoqli axborot tizimi) dasturi orqali amalga oshiriladigan bank operatsiyalari 2022-yilning 25-dekabridan 2023-yilning 5-yanvariga qadar vaqtincha faoliyat ko‘rsatmaydi. Ya’ni notarial tartibda rasmiylashtirilgan bitimlarga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan to‘lovlarni aynan notarial idoralar orqali yoki PAYME elektron dasturi orqali amalga oshirishning imkoni cheklanadi.

Shu munosabat bilan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat arizalari hamda to‘lovlarni VAQTINCHALIK Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.

▪️Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'chmas mulkning kadastr yig'majildini shakllantirishda nimalar asos bo'ladi ?

O'zbekiston Respublikasining 28.11.2022 yildagi O'RQ–803-sonli Qonuniga ko'ra, ko'chmas mulkning kadastr yig'majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo'ladi:

🔹yer uchastkalarining berilganligi (realizasiya qilinganligi);

🔹bino-inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🔹belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔹ko'chmas mulkning bo'linganligi;
ko'chmas mulkning birlashtirilganligi.

❗️Ko'chmas mulkning kadastr yig'majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra ham shakllantirilishi mumkin.

@Qashkadastrpress
Ko'kdala ahliga yangi yil kayfiyati ulashildi

Kadastr xodimlari yangi yilni Ko'kdala ahli bilan qarshi olmoqda

Yurtboshimiz kirib kelayotgan yangi 2023-yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nom berishni taklif qilganlarini o‘zi ham O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilanganini anglatadi.

Shu munosabat bilan, Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i boshchiligidagi kadastr xodimlari yangidan tashkil etilgan Ko'kdala tumani "Paxtalisoy" MFY dagi ehtiyojmand, nogironligi bo'lgan, boquvchisini yo'qotgan ayrim fuqarolarga ijtimoiy yordamlar ko'rsatishdi.

Sahovat tadbirlari doirasida 30 nafardan ziyod aholi vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari, maktab yoshidagi farzandlarga qishki kiyim-kechaklar hamda o‘quv qurollari yangi yil sovg'asi sifatida tarqatildi.

@Qashkadastrpress
Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

Demak:

31-dekabr — shanba (Prezidentning o‘tgan yilgi farmoni asosida 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni);

1-yanvar — yakshanba (Yangi yil bayrami);

2-yanvar — dushanba (ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

3-yanvar — seshanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 7 yanvar – shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni).

❗️30-dekabr (juma) va 4-yanvar (chorshanba) kunlari ish kuni bo‘ladi.

@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Noqonuniy qurilish fayz keltirmaydi. Qamashida yerga oid qonunbuzilish holati bartaraf etildi

Qonunchilikka ko'ra, yerlarni noqonuniy egallab olish javobgarlikka sabab bo'ladi.

Viloyat prokuraturasi, Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi bilan birgalikda olib borilayotgan  tadbirlar davomida qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari aholiga tushuntirib borilmoqda.

Qamashi tumanida qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlarini to'g'ri anglab yetgan fuqaro o'z ixtiyori bilan noqonuniy qurilishni bartaraf etdi.

Natijada yer maydoni dastlabki holatiga qaytarildi.

@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koson tumanida yer nazorati tadbirlari

Tumandagi Yangi O’zbekiston massivi hududida hech qanday huquqiy hujjatlarsiz qurib olingan noqonuniy qurilishlar bartaraf etildi.

Qonunchilikka ko'ra, yerlarni noqonuniy egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Viloyat prokuraturasi, Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi va tuman bo'limi bilan birgalikda olib borilayotgan  tadbirlar davomida qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari aholiga tushuntirib borilmoqda.

@Qashkadastrpress
OAVLAR KADASTR HAQIDA

Kadastr xodimlari yangi yilni Ko'kdala ahli bilan qarshi olayotgani, tuman ahliga yangi yil kayfiyati ulashilgani haqidagi mana bu xabar viloyatdagi qator telegram kanallarida keng ko'lamda yoritildi.

📹 Qashqadaryo viloyati hokimligi
📹 KO'KDALA PRESS
📹 QASHQADARYO AHLI
📹 QASHQADARYO XALQI
📹 QASHQADARYO YANGILIKLARI
📹 KASHKA DAILY
📹 YAZDURDIYEV

Boshqarma axborot xizmati kadastrga doir xabar va yangiliklarni faol yoritayotgan axborot maydonida samarali hamkorlik qilayotgan OAV vakillariga tashakkur izhor etadi.🤝


@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoevning 2022-yildagi faoliyatida eng muhim va yorqin voqealar.

@Qashkadastrpress
Forwarded from Qashqadaryo xalqi📌
Йўқолган кадастр паспортини қайта тикласа бўладими ?

Қашқадарё халқи телеграм канали мавзу юзасидан соҳа вакилларига юзланди.

" Йўқолган кадастр паспортини қайта тиклаш учун ариза берувчи ДХМга ўзи келган ҳолда мурожаат этиши ёки ЙИДХПда давлат хизматидан электрон тарзда фойдаланиш учун рўйхатдан ўтиши керак"— дейди Давлат кадастрлари палатаси вилоят бошқармаси ахборот хизмати раҳбари Номоз Чориев.

Агар сиз ўзингиз келиб мурожаат этган тақдирингизда, ДХМ ходимлари сизнинг номингиздан, ЙИДХП орқали мурожаат этадилар ва белгиланган шаклдаги сўровномани электрон шаклда мустақил тўлдирадилар. Учинчи шахслар манфаати учун ҳаракат қилаётганда, сўровномага белгиланган тартибда расмийлаштирилган ишончнома ҳамда сўровномага кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни тасдиқловчи ҳужжат тақдим қилинади

Kадастр(йиғмажилди) паспорти йўқолганда(яроқсиз ҳолга келганда), қоғоз ёки пластик шаклда янги кадастр паспорти икки иш куни мобайнида берилади

🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇
https://t.iss.one/+UjOf6LoeHTEyZWQy
Tadbirkorlik uchun yerlarni sotib oling!

🔷 Qashqadaryo viloyatidan 2997 ta (ko'rish)

@Qashkadastrpress
Qashqadaryoda axborot texnologiyalari sohasida malaka oshirib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan rahbar xodimlarga sertifikatlar topshirildi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi "Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Kadastr agentligi tomonidan Jahon banki loyihasi doirasida "Raqamli texnologiyalar va dasturiy mahsulotlardan samarali foydalanish" bo'yicha Qashqadaryo viloyatida ham o'quv kurslari tashkil etilgan edi.

12-16-dekabr kunlari Qarshi shahrida o'tkazilgan o'quv kurslari davomida tuman(shahar) bo'limlari va filiallarida faoliyat olib borayotgan jami 15 nafar rahbar xodimlarga malakali trenerlar tomonidan bilimlar berib borildi.

Yakunda test sinovlaridan me'yoriy natijalarni qayd etgan rahbar xodimlarga sertifikatlar taqdim etildi.

@Qashkadastrpress