Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.09K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Навоий шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқ депутатлари Навоий вилояти кенгашининг сессияси бўлиб ўтди.

В городе Навои с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялась сессия Навоийского областного Кенгаша народных депутатов.

#Mirziyoyev #Navoiy #sessiya #tashkiliymasala

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Jasur Usmonov Yakkabog' tumanida sayyor qabul o'tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosini ta'minlash maqsadida aholining kadastr sohasidagi murojaatlari mas'ullar tomonidan ko'rib chiqilmoqda.

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Jasur Usmonov boshchiligida Yakkabog' tumani Xalq qabulxonasida aholining sohaga doir muammolari tinglandi.

Sayyor qabulda kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar va sohadagi yangiliklar borasida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek qabulda fuqarolar va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan bir qator muammolar jumladan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish kabi mavzular yuzasidan bir qator murojaatlarga e'tibor qaratildi.

Vaqt talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko'kdalada o'tkazilgan yer nazorati tadbirida fermer xo'jaligi yer maydoni ichida qurilgan noqonuniy qurilma bartaraf etildi

📹 Yerlarni noqonuniy egallab olish javobgarlikka sabab bo'lishini UNUTMANG !

@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyatida ishchi-xodimlar o'rtasida korrupsion holatlarini oldini olish borasida tizimli harakatlar davom etmoqda.

◽️Joriy yil boshida viloyat boshqarmasida Korrupsiya holatlari haqida xabar berish qutisi tashkil etilgan bo'lsa, yanvar fevral oylarida har bir bo'lim va filiallarda xodimlar bilan korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etildi.


📹 Hozir esa yana bir video targ'ibot materiali...

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida tayyorlangan viderolikni tomosha qiling !

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#bilib_qo'ygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MA'LUMOT

📗Yer uchastkasiga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatiga olish to'g'risidagi guvohnoma -  yer uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.

@Qashkadastrpress
RASMIY MUNOSABAT

Rasmiy uz telegram kanalida go'yoki kadastr xodimining haqorat qilingani aytilayotgan audio yozuv e'lon qilingan.

Mazkur audio yozuv salkam bir yil oldin, 2021-yilning 29-dekabr sanasida Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasida bo'lib o'tgan muhokamadan yozib olingan.

2021-yilning 29-dekabr sanasida fuqaro Kadastr agentligining Viloyat boshqarmasiga murojaat qilib, Kitob tumani bo'limi Yetakchi inspektori X.X Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqning davlat ro'yxatidan o'tkazilmaganini vaj qilib ko'rsatib, o'ziga tegishli bo'lgan kadastr yig'ma jildini olib qolganligi, buning uchun besh million so'm miqdorida jarimaga tortilishi va ushbu jarimani bir million so'mgacha kamaytirib berishi mumkinligini aytayotgani haqida murojaat qilgan va xodimning gaplari qonuniy ekanligiga oydinlik kiritishni so'ragan.

Fuqaro tomonidan qoldirilgan murojaatga ko'ra, Kitob tumani bo'limining Yetakchi inspektori va Bo'lim boshlig'i viloyat boshqarmasiga chaqirtirilib, ular bilan profilaktik suhbat o'tkazilgan.

Suhbat jarayonida ularga kadastr xodimining huquq va majburiyatlari, ish jarayonida xizmat intizomining buzilishi, firibgarlik kabi korrupsion holatlar va ularning huquqiy oqibatlari xususida tushunchalar berilgan va yo'l qo'ygan kamchiliklari uchun qat'iy OGOHLANTIRILGAN.

Aytish kerakki, audiodagi so'zlar yig'ilishda, jamoa oldida aytilgani haqidagi gap haqiqatdan YIROQ.

Shuningdek, audiodagi so'zlar sobiq xodimga qarata aytilmagan va u haqorat qilinmagan.

Mazkur masala hozirgi kunda Qarshi shahar IIB tomonidan o‘rganilmoqda.

Natijalari bo'yicha batafsil ma'lumot beriladi.

@Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish qonun bilan taqiqlanadi va ushbu holat ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

◽️Batafsil videoda

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
VIDEO: Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi📹

Telegram | Facebook | Instagram |
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–803, 28.11.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Ushbu qonun koʻchmas mulkning quyidagi turlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

🔹yer uchastkalariga;
🔹binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
🔹koʻp yillik dov-daraxtlarga;
🔹mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

Koʻchmas mulkka boʻlgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim:

▫️mulk huquqi;
▫️doimiy egalik qilish huquqi;
▫️doimiy foydalanish huquqi;
▫️meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
▫️ijara huquqi;
▫️ikkilamchi ijara huquqi;
▫️xoʻjalik yuritish huquqi;
▫️operativ boshqarish huquqi;
▫️koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
▫️bepul foydalanish huquqi;
▫️renta;
▫️ipoteka;
▫️servitut;
▫️koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga qoʻyilgan cheklovlar.

❗️ Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

☑️ Koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildini shakllantirish uchun quyidagilar asos boʻladi:

▫️yer uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi);
▫️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
▫️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
▫️koʻchmas mulkning boʻlinganligi;
▫️koʻchmas mulkning birlashtirilganligi.

📁Davlat reyestri koʻchmas mulk, unga boʻlgan huquqlar, shuningdek huquq egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi tarzdagi tizimlashtirilgan maʼlumotlar toʻplamidan iboratdir.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

@Qashkadastrpress
Kitob tumanida 59 378 ta ko'chmas mulk obyektlari mavjud

Joriy yil boshidan buyon Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kitob tumani filialiga Davlat xizmatlari markazi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan ko'chmas mulk obyektlariga kadastr hujjati tayyorlash yuzasidan 1 364 ta murojaat kelib tushgan

Murojaatlarga asosan, 185 ta noturar joy toifasidagi ko’chmas mulk obyektlari, 954 ta turar joy toifasidagi ko’chmas mulk obyektlari, 98 ta ko’p qavatli xonadonlar va  4 ta ko'p qavatli uylar hamda 123 ta yer maydonlariga  kadastr hujjatlari shakllantirilib berilgan

Filialiga 4-yanvardan bugungi kunga qadar kadastr masalasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 779 ta murojaatlar bo'lgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 210 tasi ijobiy hal etilgan. 569 tasi filial mutaxassislari tomonidan joyida koʼrib chiqilib huquqiy tushunchalar berilgan

Ixtiyor YUSUPOV— Kitob tumani filiali rahbari

@Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#брифинг

☑️ Географик объектларга ном бериш ва уларнинг номларини ўзгартиришда мазкур географик объект жойлашган ҳудудда яшовчи маҳаллий аҳолининг фикри ҳисобга олинади

АОКАда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъматжон Атамуратов иштирокида ўтказилган брифингда соҳага оид қонунчилик янгиликлари ҳақида маълумот берилди:

〰️〰️〰️
«Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида»ги Қонун кўчмас мулк объектлари бўлган ер участкаси, бино ва иншоот, кўп йиллик дов-дарахт ва мулкий мажмуа сифатида корхонага нисбатан тааллуқли бўлиб, ер қаърига нисбатан татбиқ этилмайди.

Фуқаролар учун кўчмас мулкни бўлиш ёки бирлаштириш имконияти яратилиб, ушбу жараёнлар мулкдор аризаси асосида амалга оширилиши белгиланди. Шунингдек, мамлакатимиз маъмурий-ҳудудий бирликлари ўзгарганда, улардаги кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқни давлат рўйхатидан ўтказиш мулкдор аризаси талаб этилмаган ҳолда бепул амалга оширилиши белгиланди.

Батафсил
〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🟢Qashqadaryoda 2300 kilometrdan ziyod avtomobil yo`llariga kadastr pasporti tayyorlandi.

Qashqadaryo viloyat Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasiga qarashli viloyat hududidan o'tgan umumfoydalanishda bo'lgan avtomobil yo'llari xatlovdan o'tkazilib, ularga kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat ro'yxatidan o'tkazilmoqda.

📍 Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar bilan uchrashuv

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Gidromelioratsiya fakulteti talaba yoshlari Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar bilan bir qatorda, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda ularning hududiy boshqarmalarining vazifa va funksiyalari to'g'risida bilim va ko'nikmalar berildi.

Ochiq muloqot davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan asoslantirilgan javoblarni olishdi.

@Qashkadastrpress