Qashqadaryo kadastr_press
2.74K subscribers
11.1K photos
1.56K videos
4 files
6.25K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
10-noyabr — "Xalqaro buxgalterlar kuni"

Bugun aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan soha vakillari oʻzlarining kasb bayramlarini nishonlashmoqda.

Fursatdan foydalanib, biz ham ushbu masʼuliyatli soha egalarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz.

Suratda: Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan Buxgalteriya bo'limi xodimlari.

Buxgalteriya kuni tarixi haqida batafsil bu yerda o'qing.

@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_kadastr #murojaatlar

Joriy yilning 1-martidan 1-noyabr kuniga qadar Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kadastr masalasida 1000 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Umumiy bo'lim boshlig'i Umarjon Oripov ma'lumot berdi.

📹 Batafsil videoda

@Qashkadastrpress
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанддаги Туркий давлатлар ташкилоти саммити доирасида Венгрия Бош вазири Виктор Орбан билан музокара ўтказди.

В рамках саммита Организации тюркских государств в городе Самарканде Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел переговоры с Премьер-министром Венгрии Виктором Орбаном.

#Mirziyoyev #sammit #Vengriya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#siyosiy_marifat_soati

📸 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatalari Qashqadaryo viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishmoqda.

@Qashkadastrpress
Mamlakatimizda 11-noyabr sanasi “Kasaba uyushmalari kuni” deb belgilangan.

Bu yil ushbu sana yuritimizda ikkinchi marotaba keng ko'lamda nishonlanmoqda.

Mazkur sana munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari barcha kasaba uyushmalari xodimlarini samimiy muborakbod etadi.

Ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo'lsin!

@Qashkadastrpress
Kasbi tumanida qishloq xo'jaligi yeriga qurib olingan noqonuniy qurilma bartaraf etildi

Kasbi tumanida yer nazorati tadbirlari davom etmoqda.

O'rganishlar davomida hech qanday huquqiy hujjatlarga ega bo'lmasdan turib, qishloq xo'jaligi yer maydonida qurilishlarni amalga oshirganlik holatlari kuzatilmoqda.

Yer inspektorlari tomonidan monitoring o'tkazilganida, tumandagi S.Nasafiy hududi Qatag'an MFY Qatag'an qishlog'ida yashovchi fuqaro tomonidan qishloq xo'jaligi yeriga noqonuniy ravishda turar-joy binosi qurib olganligi holati aniqlandi.

Yerlarni noqonuniy egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Tadbirlar davomida yer qonunbuzilish holatiga yo'l qo'ygan shaxs bilan muloqot olib borildi va qonun talablari tushuntirildi.

Yerlarni noqonuniy egallashning huquqiy oqibatini to'g'ri tushunib yetgan fuqaro o'z ixtiyori bilan qishloq xo'jaligi yeriga qurilgan qurilmani bartaraf etdi.

@Qashkadastrpress
Kadastrning navbatdagi sayyor qabuli Pomuqda o'tkazildi.

Mirishkor tumanida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

Pomuq madaniyat markazida o'tkazilgan uchrashuvda fuqaro hamda tadbirkorlarining  kadastrga oid masalalari boshqarma boshlig'i boshchiligida mas'ullar tomonidan birma-bir o'rganib chiqildi.

Sayyor qabul tafsilotlari haqida batafsil ma'lumot beriladi.

@Qashkadastrpress