Qashqadaryo kadastr_press
2.73K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.16K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида соғлиқни сақлаш тизимида амалга оширилаётган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по проводимой работе и дальнейшим приоритетным задачам в сфере здравоохранения.

#Mirziyoyev #videoselektor #tibbiyot #vazifalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Yil boshidan buyon dehqonobodlik kadastr xodimlari tuman filialiga kelib tushgan 100 dan ziyod murojaatlarni ijobiy hal etishgan.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Dehqonobod tuman filialiga yanvar-oktabr oylari oralig'ida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 195 ta murojaatlar kelib tushgan.

"Kelib tushgan murojaatlarning 103 tasi kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan" deydi Dehqonobod tumani filiali rahbari Ashur Laliyev.

92 ta murojaatlar esa filial xodimlari tomonidan joyida koʼrib chiqilib, murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berilgan.

📄 MUROJAATLARNING

📄 79 tasi yer uchastkasi ajratish

📔 88 tasi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

📚 21 ta SO’ROVNOMA

📜 7 ta mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasida.

@Qashkadastrpress
Кадастр паспорти қанча вақтда расмийлаштирилади?

Ҳукумат қарорига кўра, мамлакатимизда кўчмас мулк объекти бўйича электрон шаклда кадастр паспорти расмийлаштириш йўлга қўйилган. Хўш, кадастр паспортини қанча вақтда расмийлаштириш мумкин?

📍 https://uza.uz/posts/419578

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube
9 oy ichida yer va kadastr nazorati yo'nalishida huquqbuzarlik holatini keltirib chiqargan 2 mingdan ziyod qonunbuzar shaxslarga nisbatan choralar qo'llanilgan

🟢 Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyida yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 2 187 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Bu haqda Viloyat boshqarmasining Ma'muriy amaliyot bo'limi boshlig'i Qo'ldoshbek Ergashev ma'lum qildi.

🟡Xususan:

ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 1 474 nafar shaxs;

tegishli ruxsati bo‘lmay, shuningdek tegishli organlar bilan kelishmasdan turib obyektlar qurganlik uchun 39 nafar shaxs;

o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 439 nafar shaxs;

yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 231 nafar shaxs ma’muriy jazoga tortilgan.

@Qashkadastrpress
Qashqadaryoda kadastr ayollari o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Unda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi hamda Qarshi shahar va Qarshi tumani filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, ayollarning oila va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi ko‘p jihatdan mavjud sharoitlar hamda ularga ko‘rsatilayotgan ko‘makka bog‘liq. Bunda nafaqat ayollarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va haq-huquqlarini har tomonlama himoya qilish, balki ular orasida jinoyatchilikning oldini olish masalasi ham dolzarb hisoblanadi.

Tadbirda mas'ullar tomonidan xotin-qizlarning g‘ayriijtimoiy xulqiga sabab bo‘luvchi omillar, huquqbuzarlik va jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabablar haqida ma'lumotlar berildi.

@Qashkadastrpress
Qarshi tumanida aholining kadastrga doir muammolari o'rganildi

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan yoki yechimi topilmayotgan muammolarini qonuniy hal qilish maqsadida hududlarda o'tkazilayotgan sayyor qabullarning alohida o'rni bor.

Ana shunday qabullarning navbatdagisi Qarshi tumanida o'tkazildi.

Unda Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sarvar To'rayev tomonidan aholidan kadastr hujjatini yangilash va yer uchastkasiga egalik huquqini olish kabi mavzularda kelib tushgan 10 dan ortiq murojaatlar ko'rib chiqildi.

@Qashkadastrpress
Mirishkorda ichki yo'lning muhofaza hududida o'zboshimchalik bilan qurilish qilingani holati aniqlandi

Kadastr agentligining Mirishkor tumani bo‘limi tomonidan nazorat monitoringi o‘tkazilganida, tumandagi Jeynov qishlog‘ida yashovchi fuqaro ichki yo‘lning muhofaza hududidan o‘zboshimchalik bilan hech qanday huquqiy xujjatlarsiz noqonuniy ravishda yer maydonini egallab olib, molxona binosi qurganligi holati aniqlangan.

Ma'lumot uchun yerlarni noqonuniy egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Bo‘lim xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish, targ‘ibot ishlari natijasida fuqaro o‘z ixtiyori bilan noqonuniy qurilishni bartaraf etdi.

@Qashkadastrpress