Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.09K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Ahmadjon Suyunov Qashqadaryodagi ikkinchi sayyor qabulini Chiroqchi tumanida o'tkazdi.

Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari boshchiligida Chiroqchi tumanida aholining kadastrga doir muammolariga e'tibor qaratildi.

SAYYOR QABULDA

🔹Kadastr hujjatini rasmiylashtirish,

🔹Yer uchastkasiga egalik huquqini olish,

🔹Tadbirkorlik uchun yer uchastkasini auksionga chiqarish,

🔹Kadastr raqamini olish kabi masalalar yuzasidan 20 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Shuningdek, tadbirda kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgartirishlar va sohadagi yangiliklar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
ISHONCH TELEFONLARI

◽️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

🔹O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

🔹O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi - 1097;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi – (71) 234-11-03;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi – (71) 244-05-05;

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (610-son, 18.10.2022 y.) qabul qilindi

🗓 Qarorga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq ma’lumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023 yil 1 yanvarga qadar ishga tushiriladi.

❗️ Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

☑️ 2024 yil 1 yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

🗒 Davlat kadastrlarini yurituvchi vakolatli organlar 2022-yil ohiriga qadar o‘zlarining ma’lumotlar bazalari axborot tizimiga to‘liq integrasiya qilinishi ta’minlanadi.

Malaka shahodatnomasiga ega bo‘lgan kadastr muhandislari axborot tizimidan foydalanilganligi uchun har oyda BHMning bir baravari miqdorida to‘lov amalga oshiradi.

Ochiq ma’lumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boshqaruvi organlariga bepul, jismoniy shaxslar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa yuridik shaxslarga to‘lov evaziga taqdim etiladi.

📝 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi yer uchastkasi kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni foydalanuvchilar tomonidan bepul olish imkoniyati yaratiladi.

@Qashkadastrpress
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида соғлиқни сақлаш тизимида амалга оширилаётган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по проводимой работе и дальнейшим приоритетным задачам в сфере здравоохранения.

#Mirziyoyev #videoselektor #tibbiyot #vazifalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Yil boshidan buyon dehqonobodlik kadastr xodimlari tuman filialiga kelib tushgan 100 dan ziyod murojaatlarni ijobiy hal etishgan.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Dehqonobod tuman filialiga yanvar-oktabr oylari oralig'ida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 195 ta murojaatlar kelib tushgan.

"Kelib tushgan murojaatlarning 103 tasi kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan" deydi Dehqonobod tumani filiali rahbari Ashur Laliyev.

92 ta murojaatlar esa filial xodimlari tomonidan joyida koʼrib chiqilib, murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berilgan.

📄 MUROJAATLARNING

📄 79 tasi yer uchastkasi ajratish

📔 88 tasi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

📚 21 ta SO’ROVNOMA

📜 7 ta mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasida.

@Qashkadastrpress
Кадастр паспорти қанча вақтда расмийлаштирилади?

Ҳукумат қарорига кўра, мамлакатимизда кўчмас мулк объекти бўйича электрон шаклда кадастр паспорти расмийлаштириш йўлга қўйилган. Хўш, кадастр паспортини қанча вақтда расмийлаштириш мумкин?

📍 https://uza.uz/posts/419578

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube
9 oy ichida yer va kadastr nazorati yo'nalishida huquqbuzarlik holatini keltirib chiqargan 2 mingdan ziyod qonunbuzar shaxslarga nisbatan choralar qo'llanilgan

🟢 Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyida yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 2 187 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Bu haqda Viloyat boshqarmasining Ma'muriy amaliyot bo'limi boshlig'i Qo'ldoshbek Ergashev ma'lum qildi.

🟡Xususan:

ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 1 474 nafar shaxs;

tegishli ruxsati bo‘lmay, shuningdek tegishli organlar bilan kelishmasdan turib obyektlar qurganlik uchun 39 nafar shaxs;

o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 439 nafar shaxs;

yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 231 nafar shaxs ma’muriy jazoga tortilgan.

@Qashkadastrpress
Qashqadaryoda kadastr ayollari o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Unda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi hamda Qarshi shahar va Qarshi tumani filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, ayollarning oila va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi ko‘p jihatdan mavjud sharoitlar hamda ularga ko‘rsatilayotgan ko‘makka bog‘liq. Bunda nafaqat ayollarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va haq-huquqlarini har tomonlama himoya qilish, balki ular orasida jinoyatchilikning oldini olish masalasi ham dolzarb hisoblanadi.

Tadbirda mas'ullar tomonidan xotin-qizlarning g‘ayriijtimoiy xulqiga sabab bo‘luvchi omillar, huquqbuzarlik va jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabablar haqida ma'lumotlar berildi.

@Qashkadastrpress