Qashqadaryo kadastr_press
2.66K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.05K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
📸 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
HURMATLI FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR !

🔊 Siz kadastr xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarmaslik (vijdonan bajarmaslik), mansab vakolatlarining suiste'mol qilinishi, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, xodimlar tomonidan tovlamachilik qilish holatlariga duch kelsangiz, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Komplayens-nazorat xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

💼 @kadastrpress_bot ga yoki

📞 88-639-70-00

📞 97-578-81-06 telefon raqamlariga murojaat qiling

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Nishonda hech qanday huquqni belgilovchi hujjatlarga ega bo'lmasdan turib noqonuniy qurilish qilgan qonunbuzar shaxsga chora ko'rildi

Kadastr agentligi Nishon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Oydin MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda, fuqaro 0.12 gektar yaylov yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, shundan 60 kv.metr yer maydoniga noqonuniy qurilish qurganligi holati aniqlangan.

Mazkur yer qonunbuzilishi holati yuzasidan qonunbuzar shaxsga nisbatan bo‘lim inspektorlari tomonidan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorida ya’ni 45 000 000 (qirq besh million) so’m jarima jazosi qo’llanilgan.

Shuningdek, mazkur qurilishlarni 15 kun muddatda o‘z hisobidan bartaraf etishi, aks holda ishlar sud tartibida amalga oshirilishi bo’yicha fuqaroga yozma ko‘rsatma ham berilgan.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Yerga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat bo'lmasa ham kadastr pasporti rasmiylashtiriladimi ?

Kosonda kadastr pasporti tayyorlab berilishini so'rab murojaat qilgan fuqaroga kadastr xodimlari huquqiy tushuntirish berishdi.

▶️ MAQOLANI BATAFSIL O'QISH

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chiroqchi tumanida nazorat tadbirlari o'tkazildi

•Qashqadaryo viloyat prokuraturasi va Kadastr agentligining Chiroqchi tumani bo'limi inspektorlari tomonidan tumandagi Dursun MFY hududida noqonuniy qurilish ishlari bartaraf etildi.

O'rganishlar davomida hech qanday huquqiy hujjatlarga ega bo'lmasdan turib, qurilishlarni amalga oshirgan fuqarolar aniqlandi.


Ular bilan muloqot olib borildi va qonun talablari tushuntirildi.

Yerlarni noqonuniy egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.


Yer nazorati tadbirlari viloyatimiz bo'ylab davom ettiriladi...

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_yer_nazorati_targ'ibot

Qashqadaryoda kadastr xodimlari yer qonunbuzilish holatlarining oldini olish bo'yicha tashviqot ishlarini o'tkazishdi

Bosh prokuraturaning 1007 va Kadastr agentligining 1097 ishonch raqamlari aks ettirilgan reklama bannerlari aholi zich yashaydigan markaziy ko'chalarga joylashtirib chiqildi.

Jumladan, viloyatdagi jami 1003 ta obyektlarda hamda Qarshi shahridagi 2 ta elektron ekranlarga ushbu bukletlar joylashtirildi.

Mavzuga doir: Yer qonunbuzilish holatlarining oldini olish bo'yicha hamkorlikka chorlaymiz

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nishon tumanida ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarning kadastr bilan bog'liq muammolari bartaraf etilmoqda (VIDEO)


"Kadastr xalq xizmatida" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqidagi reportajni tez orada "Nasaf" telekanali orqali tomosha qiling.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obod mahalla dasturi amalga oshirilayotgan G'uzor tumanidagi Yangi hayot mahallasida yer qonunbuzilish holati bartaraf etildi

•Qashqadaryo viloyat prokuraturasi va Kadastr agentligining G'uzor tumani bo'limi inspektorlari tomonidan tumandagi Yangi hayot mahallasida yerlarni noqonuniy egallanishi yuzasidan nazorat tadbiri o'tkazildi

O'rganishlar davomida yo'lning muhofaza zonasida ko'chma konteyner o'rnatib olingani holati aniqlandi.

Yerlarni noqonuniy egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Holat yuzasidan fuqaro bilan muloqot olib borildi va qonun talablari tushuntirildi.

Noqonuniy o'rnatilgan konteyner yoʻlning muhofaza qismidan olindi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
#DAYJEST: Kadastr mas'ullari Koreya Respublikasiga borishdi.Hududlarda davom etayotgan xatlov. Dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan boshqarma boshlig'i.Yer nazorati tadbirlari

Hafta yakunida boshqarma axborot xizmati Qashqadaryo kadastrida ro'y bergan asosiy voqealarni esga oladi.

🔹Jasur Usmonov qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

🔹G'ayrat Hamroyev Koreya Respublikasida o'tkazilayotgan o'quv kursida ishtirok etmoqda

🔹Qarshi va Mirishkor tumanlaridagi xatlov jarayonlari

🔹Nishonda kadastr filiali ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarga yordam ko'rsatdi.

🔹Chiroqchi va G'uzor tumanlarida noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ayrim kadastr xizmatlari mobil ilova orqali ishga tushirildi

📲 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasining yangi takomillashtirilgan talqini ishga tushirilgan bo‘lib, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarni soni 100 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Kadastrga oid quyidagi xizmatlar portalning mobil ilovasida to‘liq ishga tushirildi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan ko‘chirmalar olish;

🔹Ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma berish;

🔹Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

👉Mobil ilovani yuklab olish

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #video_rolik #qishloq #yerlari

📝 Qishloq xo‘jaligi yer maydoniga bo‘lgan huquqingizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazing!

‼️Yerga bo‘lgan huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi va kafolatlanadi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Yetakchi inspektor lavozimi uchun nomzodlar bilan suhbat o'tkazildi.

Bugungi kunda Kitob,Chiroqchi  tumani bo'limlaridagi Yetakchi inspektor lavozimlari bo'sh turibdi.

Shundan kelib chiqib, Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasida Kitob va Chiroqchi 
tumanlari bo'limlaridagi Yetakchi inspektor lavozimlarini munosib nomzodlar bilan to'ldirish maqsadida "Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali" test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan nomzod bilan suhbat o'tkazildi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress